1. Kurs ishining maqsadi va vazifalari II. Asosiy qism



Download 212 Kb.
bet1/7
Sana12.06.2022
Hajmi212 Kb.
#657879
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASALA ISHLASHDAN KURS ISHI (1)


Mundarija
I.Kirish 
1. Kurs ishining maqsadi va vazifalari…………………………………………..3
II. Asosiy qism
1. Gaz qonunlari …………………………………………………………………7
2. Gazni aralashmalardan tozalash……………………………………………...15
3. Gaz qonunlari va gazlar aralashmasiga oid mashq va masalalar yechish……..22
4.Gaz qonunlarini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati …………………………………………………………………………27
III. Xulosa…………………………………………………………………….34
IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………37 

KIRISH 
Zamonaviy darsga qo’yiladigan eng muhim talab innovatsion texnologiyalarni


dars jarayoniga olib kirib, har bir darsdagi mavzuni ilmiy asoslash, o’quvchilar
imkoniyatlarini hisobga olg an holda material hajmini belgilash hamda uning
murakkabligini aniqlash; avvalgi o’rganilgan materiallar bilan bog’lash;
o’quvchilarga beriladigan topshiriqlar va ularning mustaqil ishlari tizimini
aniqlash; darsning moddiytexnik jihozini belgilash va shimcha ko’rgazmali
qurollar bilan boyitish; qo’shimcha axborot vositalaridan (komp’yuter) 
foydalanish va darsda muammoli vaziyatni vujudga keltirishdan iboratdir. Barcha didaktik vazifalar (jadvallar, rasm, matnlar, ko’rg’azmali qurollar) darsning o’zida hal etilishi, uyga beriladigan vazifalar o’quvchilarning darsda olgan bilimlarining mantiqiy davomi bo’lishi kerak. O’tilgan har bir darsning tahlil qilib borilishi ham katta samara beradi. Bunda darsning tahlil qilinishida ko’zlangan maqsadga erishildimi, o’quvchilar qancha lik bilimoldilar, qanday kamchiliklarga yo’l qo’yildi. Bunday tahlil darsning kelgusida yanada sermazmun tashkil etishga yordam beradi. Ta’lim oluvchilarga bilim bеrishda zamonaviy ta’lim tехnologiyalarining ahamiyati to’g’risida so’z borganda birinchiprеzidеntimiz I.A.Karimovning “O’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etibtarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’limtarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqat markazida bo’lishi darkor” dеgan so’zlarini ta’kidlash o’rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham asosiy yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilgan.
O`zbekiston Respublikasi 1-prezidentining 2012-yil 28-maydagi “Malakali kadrlar tayyorlash hamda o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to`g`risidagi” qarori ta`lim mazmunini uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan o`rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta`lim muassasalaridagi o`quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan o`rta bo`g`in mutaxassislari malakasining raqobatbardosh bo`lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo`lib hisoblanadi. Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o`quv vositalaridir. O`zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma`naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta`lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma`lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o`zlashtirish zarurligi ko`p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o`qitishni jadallashtirish ko`zda tutilgan.Pedagogik texnologiyaga YUNESCO ning bergan ta`rifini keltiramiz: “Pedagogik texnologiya – bu butun o`qitish va bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`z oldiga ta`lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo`yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o`zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo`llash va belgilashning tizimli usulidir”. Bu ta`rifdagi 4 asosiy tushuncha ―tizimli usul bo`lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o`qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta`lim maqsadlari, uning mazmuni, o`qitish va ta`lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o`zaro bog`liqlikda loyihalash ko`pincha an`anaviy o`quv jarayonida yetishmaydigan narsadir. Jahon pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta`sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o`qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo`yicha o`zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta`lim har qanday ta`limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg`argan tajribani aniq o`quv fani doirasida o`zlashtirish bilan bog`liq. Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo ta`limining ahamiyati, uning xalq xo`jaligi taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o`rni bilan belgilanadi. Maktabda kimyo fanini o`qitish ta`limining umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya`ni o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyati, aqliy rivojlanishi, o`z-o`zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o`stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta`lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo`lgan bilimlarni egallashi lozim.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo ta`limining asosiy vazifalari:
- o`quvchilarni kimyoviy jarayonlar, kimyoviy modda, moddaning tuzilishi va xossalari, moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishning texnologiyasi, respublikamizda kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta`siri haqidagi bilimlar bilan tanishtirish;
- kimyodan masalalarni mustaqil ishlash, kimyoviy jarayonlarni kuzatish va ularni tushuntira bilish ko`nikmalarini shakllantirish;
- kimyo faniga oid o`quv-laboratoriya jihozlari, asboblaridan foydalanish; laboratoriya tajriba ishlarini bajarish, ularning natijalari asosida xulosalar chiqarish, o`quv-laboratoriya jihozlari, kimyoviy moddalar, asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish malakalarini mustahkamlash;
- o`quvchilarni kimyo yo`nalishidagi fan-texnika taraqqiyoti, kimyoviy jarayonlarning kundalik xayotda qo`llanilishi bilan tanishtirish;
- qadimda va o`tgan asrlarda yashab, ijod etgan buyuk mutafakkirlar va hozirgi davr Vatanimiz kimyogar olimlarining faoliyati bilan tanishtirish;
- ta`lim mazmunini tevarak-atrofdagi, mahalliy va tarixiy materiallar bilan bog`lash orqali o`quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- ta`lim mazmunini ijtimoiy hayot va texnika taraqqiyoti bilan bog`lash orqali o`quvchilarni ongli ravishda kasbga yo`naltirish, o`rta maxsus, (akademik litsey) yoki kasb-hunar (kollej) ta`lim muassasalarida o`qishni davom ettirishlari uchun zamin tayyorlashdan iborat.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida kimyo ta`limi oldiga qo`yilgan vazifalarning bajarilishini ta`minlash va nazorat qilish ushbu davlat ta`lim standarti orqali amalga oshiriladi. Kimyoviy tilni o`zlashtirish: kimyoviy element, kimyoviy birikma belgilarini to`g`ri farqlash, nomini ayta bilish, oddiy va murakkab moddalarning formulalari, tarkibi, valentligiga asosan to`g`ri yozish, anorganik moddalar: oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar tarkibini to`g`ri atash. Davr, qator, guruh, elektronlar, oksidlanish darajasi, kimyoviy bog`lanishlar, reaksiyalarning to`liq va qisqartirilgan tenglamalarini tuzish va o`qish. Metallar, uglevodorodlar, aromatik uglevodorodlar, spirtlar, efirlar, aldegidlar, ketonlar, karbon kislotalar formulalarini to`g`ri yozish va o`qish, har bir atamaning ma`nosini anglash uchun o`quvchida kimyoviy til rivojlantiriladi. Kimyoviy tajribalar: maktab kimyo xonasida mavjud barcha o`quv-laboratoriya jihozlarining nomlari uni ishlatish yo`llari, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning o`zaro ta`sirlashuvidan yangi moddalarni hosil bo`lishidagi reaksiyalarni amaliy tajribalarda isbotlanadi. Umumiy o`rta ta`limda o`quvchilarga nazariy bilimlar asosida hodisa va jarayonlar o`quv-laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish bilan o`rgatiladi. Bunda o`rab turgan tabiat tuzilishini anglashlarida muhim bosqich hisoblanadi.Hisoblashga doir masalalar yechish: kimyoviy reaksiyalar asosida va kimyoviy tenglamalar bo`yicha moddalarning nisbiy molekulyar massalari, gazlarning hajmini aniqlash, moddalarni massa ulushi, mol miqdorini hisoblash, kimyoviy ishlab chiqarishda mahsulotlarning nazariy olish mumkin bo`lganda massa miqdorini hisoblashni bilish, eritmalar tayyorlash hisoblarini bajarish, aralashmalar tarkibini aniqlash yo`llari o`zlashtiriladi. Har bir mavzular asosida umumlashtirilgan masala, mashq va testlar yechish. Bu esa asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o’qituvchining g’oyaviy e’tiqodi, kasb-mahoratiga, san’ati, iste’dodi va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog’liqdir. Talim-tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarini safarbar etish o’qituvchilarning birinchi navbatdagi vazifalaridan biridir.
Kimyo fani o’sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda o’quv fani sifatida keng imkoniyatlarga ega. U o’quvchi tafakkurini rivojlantirib, ularning aqlini peshlaydi, uni tartibga soladi, o’quvchilarda maqsadga yo’naltirganlik, mantiqiy fikrlash, topqirlik xislatlarini shakillantirib boradi. Shu bilan bir qatorda mulohazalarning to’g’ri, go’zal tuzilganligi, o’quvchilarni didli, go’zallikka ehtiyojli qilib tarbiyalab boradi.
Maktabda kimyo fanini o’qitish jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanish-o’qitish samaradorligini oshirishning omillaridan biri sifatida yaqqol ko’zga ko’rinmoqda. Chunki o’qitishning ilg’or, nostandart (interfaol) shakllari ta’lim-tarbiya masalalarini unumli yechishga, o’quvchilarning bilish faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan o’quv mashg’ulotlarini takomillashtirish yo’llaridan biri

Umumta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o'qituvchining o'zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo'lib, har bir m'avzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.1991-yil O'zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligiga erishgach ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'lini tanladi. Bu yo'l ta'lim tarbiya sohasi, kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo'ydi. Natijada ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. (1997-yil 29-avgust). Bu esa Respublikamizda ta'lim-tarbiya tizimining tubdan yangilash maqsad va vazifalarini ilgari suradi. Ayniqsa "Ta'lim to'g'risida"gi qonun zamonaviy didaktik ta'minotini ishlab chiqarishni dolzarb vazifa qilib qo'ydi.
O'zbekistonimizning kelgusi taraqaqqiyotiga o'zining munosib hissasini qo'sha oladigan, har tamonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, hozirgi kunning muhim maqsad va vazifalari esa ta'lim-tarbiya muassasalarida amalga oshadi. Kimyo fanining har bir bo'limi mavzusidagi materiallar mazmunini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o'qitish, o'quvchida fikrlash tafakkur qirralarini o'stirish, o'qituvchini mustaqil ishlashga tayyorlash ta'lim jarayonining bosh maqsadi bo'lib qoladi.


Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish