1. Kurs ishining maqsadi va vazifalari II. Asosiy qism


Gazlarning molekulyar massasini aniqlash



Download 212 Kb.
bet6/7
Sana12.06.2022
Hajmi212 Kb.
#657879
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MASALA ISHLASHDAN KURS ISHI (1)

Gazlarning molekulyar massasini aniqlash
Gaz moddaning molekulyar massasini aniqlash Avogadro qonuniga asoslanadi. 1 mol gaz normal sharoitda 22,4l hajmni egallaydi. Agar biz ma’lum hajmdagi gazning ma’lum harorat va ma’lum bosimda massasini bilsak, uning molekulyar massasini hisoblab chiqara olamiz.
1 l Cl gazi 3,16 g kelsa
22,4 l x g keladi x= 70,78 g= 71 g ,
bu Cl2 ni molekulyar massasini ko’rsatadi.
Gazning molekulyar massasi aniq bo’lgan boshqa gazga nisbatan zichligi ma’lum bo’lsa, uning molekulyar massasini quyidagi formula bo’yicha hisoblab topish mumkin. Bunda odatda gazning havo va vodorodga nisbatan zichliklari olinadi.
M gaz = M havo * havo
3.Gazning ma’lum sharoitdagi massasi, hajmi, bosimi va harorati ma’lum bo’lsa, Mendeleyev-Klayperon tenglamasidan foydalanib uning molekulyar massasi hisoblab chiqariladi.
M =
M- gazlarning molekulayar massasi;
P-gazning bosimi; V- gazning hajmi;
T-gazning harorati; m-gazning massasi.
R- universal gaz doimiysi (8,31 j/mol).
5-masala. 0,873 g gaz 83593,1 Pa bosimda va 39OC temperaturada 800 ml hajmni egallaydi. Shu gazning vodorodga nisbatan zichligini va nisbiy molekulyar massasini hisoblab toping?
Yechish: Avogadro qonuniga asosan, masalani turli xil usullar bilan yechish mumkin. Hozir biz Mendeleеv-Klapeyron tenglamasiga asosan yechamiz:
a.m.b
formuladan gazning vodorodga nisbatan zichligini topamiz:

Gazni aralashmadan tozalash
Kuyindi changi qoldiqlari , As₂O3, va SeO2, bug'lari bo'lgan kuydirish gazi qizigan elektr filtrlardan keyin 400 ° C temperatura atrofida yuvish bo'limiga keladi . Bu yerda yuvilayotgan temperatura 70 ° C bo'lgan sulfat kislotasi bilan uchrashib , u soviydi. Yuvish bo'limida birinchi yuvish minorasi odatda 65 % H₂SO4, bilan yuviladi. Doimo kam miqdorda SO3, va H₂O ga ega bo'lgan kuydirish gazining temperaturasi kamayganida yuvish minorasida mayda dispers oltingugurt kislotali tuman hosil bo'ladi . Bu holda gaz tarkibida bo'lgan As2O3, va SeO₂ oksidlarining bug'i tuman zarrachalarida va sulfat kislotasi tomchila rida kondensirlanadi . Temperaturaning pasayishi bilan As2O3, bug'simon holatidan qattiq holatga , ya'ni o'ta mayda qattiq zarrachalarga aylanib o'tadi . Ulardan bir qismi yuvayotgan sulfat kislotasida eriydi, As2O3 konsentratsiyasi esa 1 mass % ga yetadi . Keyinchalik kislotani sovitgandan so'ng kislota oʻtkazgichlarda , yig'gichlarning devorlarida va sovitgichlarning o'zlarida to'planib bir qism mishyak cho'kmaga tushadi. Selen dioksidi sulfat kislotasi tumani tomchilarida va yuvadigan kislotada yaxshi eriydi. Gaz sulfat kislotasi tumanidan , mishyakdan va selendan uzil - kesil ( batamom ) tozalash ho'l elektr filtrlarda amalga oshiriladi . Har bir bosqichda 70 ming V bo'lgan yuqori kuchlanishda ishlaydigan ikkita parallel ulangan elektr filtrlar bor. Tozalashga kelayotgan gaz cho'ktiruvchi va koronirlovchi elektrodlar o'rtasida teshib o'tishni yoki bu zilishni yo'qotish uchun namlangan bo'lishi kerak . Shuning uchun elektr filtrning birinchi bosqichidan so'ng gaz namlovchi minoraga, so'ngra esa ikkinchi bosqichga suv keladi . Oxirgi juft nam elektr filtrlardanchi qayotgan gaz deyarli zararli aralashmalardan ( suv bug'laridan tashqari ) tozalanib va keyin quritishga beriladi . Gazlarni yuvish uchun shuningdek Svenko uskunasi ishlatiladi ( 1.12 - rasm ) .

1.12 - rasm . Svenko apparati : 1- korpus ; 2- ko'rish lyuki ; 3- sachrat gichlar ; 4 tarelkalar ; 5 tomchilarni urib maydalagich ; 6 ko'rish va tarelkalarni olish uchun darchalar ( lyuklar ) .
Uskunaning pastki bo'sh qismi sachratgich (3) yordamida sulfat kislota bilan yuviladi ; uskunaning yuqori qismi shaxmat tartibida joylashgan gazlar o'tishi uchun barbotaj tipidagi (4) likopchalarda teshiklar bo'ladi. Har bir teshik ustida sulfat kislota tomchilarini urib tushiradigan bolg'achalar turadi. Pechlarda kuydirilgan gaz issiq elektr filtrlarni chetlab o'tib uskunaning pastki qismiga keladi. Bu yerda gazlar yuviladigan sulfat kislota yordamida kuyindi changlari dan tozalanadi. Yuvuvchi kislota sachratgichlar yordamida uskuna hajmi bo'yicha sachratiladi. Changdan tozalangan gaz Svenko us kunasining yuqori qismiga keladi. Barbotaj likopchalari teshiklari dan o'tgan gaz tomchi va ko'pik holidagi urib tushiradigan bolg'alar dan oqib tushuvchi yuvuvchi kislotalar bilan uchraydi, bu esa yuvuvchi suyuqlik bilan gaz o'rtasida uchrashadigan rivojlangan yuzani vujudga keltiradi . Bunday sharoitlar gazni zararli aralashmalardan jadallik bilan tozalashni ta'minlaydi. Birinchi yuvish minorasi ( 1.13 - rasm )- korroziyadan himoyalash uchun qo'rg'oshin tunukasi yoki poliizobutiliyendan ishlangan ichi bo'sh po'lat minoradan iborat . Yuvadigan kislota nasos bilan kol lektorga uzatiladi va purkagichlar orqali bir tekis minora kesimi bo'yi cha taqsimlanadi. Purkagichlar soni 12 tadan to 20 donagacha bo'ladi. Minorani pastki qismiga torayuvchi teshiklar orqali gaz keladi. Yuvadigan minorada pech gazi 350-400 dan to 80-90°C gacha soviydi. Ikkinchi yuvish minorasi poʻlat dan bajarilgan, uning korpusi kislo taga chidamli materiallardan terib chiqilgan. Ikkinchi minora, birin chisiga qaraganda yuvuvchi kislota bilan gaz uchrashishi sirtini oshirish uchun keramik halqalardan iborat nasadka bilan ta'minlangan.

Ichi havoli yuvish minorasi : 1- minora korpusi ; 2,3 -kislotani changlashtirgichlar; 4-kislotani olib ketish qutisi ; 5- shlamni chiqarib yuborish uchun nov ( tarnov ) ; 6-gaz kiritish uchun quti ; 7-qoplama .
Gaz oqimi gidravlik qarshiligini kamaytirish uchun nasadkani toʻgʻri qatorlar bilan joylashtiradilar: pastda o'lchamlari 150 × 150 ; 120 × 120 va 80x80 mm yirik halqalar, ustida o'lchamlari 50x50 mm bo'lgan kichikroq halqalar joylashtiriladi . Minorani yuvish turbinka yoki boshqa tipdagi yuvgich yordamida amalga oshiriladi. Sulfat kislota si bilan yuviladigan minoralarda minora kesimining 1 m² yuzasiga yuvish zichligi 15-18 m³ / soat ni tashkil qiladi. Gazlarni suv bug'laridan tozalash quritish minorasida olib boriladi . Quritish minorasi po'latdan bajariladi va kislotaga chidamli sement asosida kislotaga chidamli g'isht bilan qoplanadi. Yuvuvchi 93-94%li H₂SO4, ni taqsimlash uchun minoraning tepa qismida gorizontal taqsimlovchi plita bor. Quritish minorasidan chiqayotgan gaz bilan olib ketilayotgan kislota tomchilarini ushlash uchun tomchi ushlagich vazifasini bajaruvchi uchi bo'sh minorani o'rnatadilar. Unda ushlangan kislota quritish minorasining yig'gichiga oqib tushadi. Quritish minorasi ikkinchi yuvuvchi minora singari nasadkalar bilan to'ldirilgan. Markazdan qochirma tipidagi markazdan qochirma va vertikal cho'ktiriladigan nasoslardan minoralarni sulfat kislota bilan yuvish uchun foydalaniladi. Bosimni vujudga keltirish va gazni uzatish tizimida quritish kislotasi tomchi ushlagichidan so'ng unumdorligi 180 ming m³ / soat va taxminan 27,5 kPa bosimni vujudga keltiradigan bir bosqichli turbohaydagichlarni o'rnatadilar. Turbogazpuflagichgacha bo'lgan barcha uskunalar siyraklanish, kontakt bo'limi va undan keyingi uskunalar bosim ostida bo'ladi. Quritish minorasi oldidan havoni namlikdan qo'shimcha quritish maqsadida kolchedanni yoki oltingugurtni QQ pechlarda yondirganda pechlarda hosil boʻlgan gaz havo bilan 12-14 dan to 8-9 hajm % SO2, gacha siyraklashadi . Yuvish bo'limining minoralarida kuydirish gazlaridagi SeO2 , sulfat kislotasi bilan yutiladi va shu vaqt ichida SeO₂ to Se gacha quyidagi tenglama bo'yicha qaytariladi :
SeO₂ + 2SO₂ + 2H₂O = Se + 2H₂SO4
Yuvish kislotasidan metallik selen kuyindi changi bilan birga tindirgich, toʻplagich va sovitkichlarda qisman 5 mass. %Se atrofida kambag'al selen shlamlari koʻrinishida cho'kadi. Qisman boy selenli shlam oltingugurtli kislota tumanlari kondensatsiyasi tufayli ho'l elektr filtr elektrodlarida cho'kadilar. Kondensatdan selenni to'la ajratib olish uchun uni tindirgichga yuboradilar, bu yerda selenni cho'ktirilgan selen ga boy shlam hosil bo'ladi. Selenli shlamlarni qayta ishlash, filtrlash natijasida olingan cho'kmani soda eritmasi bilan neytrallashdan va uni suv bilan yuvish va filtrlashdan iborat bo'ladi. Aylanma barabanda quritilgan neytrallangan selenni qoplaydilar va keyingi ishlov uchun jo'natadilar. 1 t kolchedandan 10 dan to 50 g metallik selen olinadi.
Har bir kimyoviy texnologik jarayon uchun muvozanat holatiga nazariy jihatdan maksimal yaqinlanish sharoiti, so'ngra kinetika sharoiti aniqlanadi. Bu esa mu vozanat holatiga tez yaqinlashishni ta'minlaydi. Yuqorida aytilgandek SO2 ni SO3, oksidlanish jarayoni qaytar va issiqlik ajralish bilan o'tadi .
2SO₂ + O₂ 2SO3, + Q
Oltingugurt dioksidini oksidlash darajasi SO3, gacha oksidlangan SO₂ miqdorining oksidlanishga ketgan SO2, umumiy miqdoriga nisbati birlik usulida yoki protsentlarda ifodalanadi. Agar to'g'ri va teskari reaksiyalar tezligi teng bo'lsa, unda ushbu gazli tizim muvozanat holatida bo'ladi va doimiy temperaturada uning tarkibi vaqt bo'yicha oʻzgarmaydi. Reaksiya tezligi bu sharoitda 0 ga teng bo'lib qoladi. Bu holda aylanish darajasi muvozanatli deyiladi va quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
XM =
bu yerda : Pso₂ PS03 - SO₂ va SO3, ning muvozanat parsial bosimi .
Le - Shatelye prinsipiga muvofiq SO₂ ni SO3, ga aylanish muvoza nat darajasi temperaturani ortishi bilan pasayadi. Hosil bo'layotgan azot uch oksidini reaksiya zonasidan chetga chiqarish reaksiya muvozanati SO3, hosil qilish tomoniga siljitadi va oksidlanish reaksiyasi nazariy jihatdan oxiriga borishi mumkin. Shu prinsipga ko'ra sulfat kislota ishlab chiqarish tizimi ikki marta kontaklashishiga va ikki martali absorbsiyaga asoslangan. Bosimni ortishi bilan jarayon muvozanati SO3, hosil bo'lish tomonga siljiydi . Biroq bunday jarayonni sanoat miqyosida amalga oshirishda qator qiyinchiliklar yuzaga keladi . Shuning uchun hozircha ishlab chiqarishda ishlatilmaydi, ammo bir qator mamlakatlarda (Rossiya, Fransiya, Kanada) bu yo'nalishda ilmiy ishlar olib borilmoqda( loyihalar ishlab chiqilgan, sanoat miqyosida tajriba qurilmalari yaratilgan). Kontaktlashtirish darajasi muvozanati (SO3, chiqish muvozanati) faqat temperaturaga bog'liq muvozanat konstantasi- K miqdorini aniqlaydi. Vant – Goff tenglamasi boʻyicha :
KM 4905,5 / T - 4,6455 = ( a )
Turli temperaturalarda tenglama ( a ) bo'yicha hisoblangan KM qiymati quyida keltirilgan :
Cº KM Cº KM
390 566 575 13,7
425 241,4 600 9,37
500 49,8 650 4,68
KM qancha katta bo'lsa, SO2 ni SO3, gacha oksidlash darajasining muvozanati shuncha katta bo'ladi . Konstanta muvozanati qiymatidan ko'rinib turibdiki, SO2, ni SO3, gacha oksidlash jarayoni temperatura ortishi bilan muvozanatning aylanish darajasi ( XM ) KM kichrayishiga muvofiq kamayadi.
SO2 oksidlanish tezligi. Jarayonning muhim ko'rsatkichi bo'lib oxirgi mahsulotning hosil boʻlish tezligi hisoblanadi . SO2, bilan O₂ orasidagi reaksiya katalizator sirtida o'tadi. SO2 ni SO3 katalitik oksidlanish jarayoni quyidagi bosqichlardan tarkib topgan bo'ladi :
1 ) gaz massasidan ta'sirlashuvchi molekulalarning katalizator yuzasining sirtiga kirishi ;
2 ) bu molekulalarning katalizator g'ovaklariga diffuziyasi ;
3 ) ichki g'ovak yuzalaridagi reaksiya ;
4 ) reaksiyaga kirishib boʻlgan molekulalarning katalizator tashqi yuzasining sirtiga teskari diffuziyasi ;
5 ) ta'sirlashuvchi molekulalarni gaz oqimiga o'tkazish .
Reaksiya o'tishi uchun SO₂ va O2, molekulalari gaz oqimidan oldin katalizator yuzasining sirtiga, so'ngra katalizatorlar ichki g'ovaklariga kirishi kerak. Hosil bo'lgan SO2 katalizatorlar yuzining sirtidagi g'ovaklaridan qayta yo'lni bosib o'tib yana gaz oqimiga kelib qoʻshiladi .
Jarayonning umumiy tezligi eng sust bosqich tezligi bilan aniqlanadi. SO2 katalitik oksidlash jarayonida boshqaruvchi bosqich bo'lib molekulalar katalizator g'ovaklariga diffuziyalanadi. Katalizator g'ovaklari diffuziyaga qarshilik ko'rsatadi ya'ni u katalizator strukturasiga (oʻlcham va g'ovak hajmi, sirti ) bog'liq bo'ladi. Katalitik jarayon tezligi tezlik konstantasi bilan xarakterlanadi. Tezlik konstantasir temperatura va katalizator faolligiga bog'liq. Agar muvozanat konstantasi reaksiyasini hisoblash mumkin bo'lsa, u holda ushbu katalizator uchun konstanta tezligi faqat eksperimental yo'l bilan aniqlanadi. Har bir katalizator ma'lum konstanta tezligi bilan xarakterlanadi. Katalizator sintez qilinadigan dastlabki komponentlarga, uni tayyorlash usuliga, o'lcham va zarralarning shakliga bog'liq bo'ladi. SO₂ ni SO3, gacha oksidlash tezligiga temperaturaning ta'siri. Tezlik konstantasining temperaturaga bog'liqligi Arrenius tenglamasi bilan ifodalanadi :
d In k / dT E / ( RT ) ² .
Bu yerda : E-reaksiya aktivatsiyasi energiyasi , J / mol ; R - gaz doimiyligi ; T- absolut temperatura , S.
Tenglamadan ko'rinib turibdiki , konstanta tezligi energiya aktivatsiyasiga bog'liq bo'lar ekan.Vanadiyli katalizator uchun tajriba yo'li bilan ikkita energiya aktivatsiya miqdori aniqlangan . Bitta qiymat Y = 23000 kal / g V³ + ko'rinishidagi vanadiyga ega katalizatorga , boshqasi V4+ shaklidagi vanadiy bor katalizatorga ( E = 40000 kal / g) taalluqli . Energiya aktivatsiyasini pasaytirish va demak , SO₂ ni SO3, gacha oksidlanish tezligini orttirish uchun, masalan, vanadiyli kontakt massasidan iborat katalizatorni ishlatiladi .
SO2, reaksiyasining oksidlanishi ikkita konstanta - muvozanat konstantasi va tezlik konstantasi bilan xarakterlanadi, bular turlicha temperaturaga bog'liq bo'ladi. Oksidlanish tezligining maksimal miqdoriga mos keladigan temperatura optimal hisoblanadi.
Dastlabki gazning bir xil tarkibi uchun optimal temperatura reaksiya o'tib borishi bilan tinimsiz oʻzgarib boradi. Gaz aralashmasi muvozanatdan uzoq bo'lganda jarayon yuqori temperaturada olib boriladi. SO2, ni SO3 gacha aylantirib borishda SO2, ni maksimal oksidlanishini ta'minlash uchun kontaktlashish temperaturasi pasaytiriladi .
7 hajm % SO2, va 11 hajm O2 ga ega bo'lgan gazning oksidlanish rejimining optimal temperaturasi quyida ko'rsatilgan :
Oksidlanish darajasi x , % 61 70 80 90 95 96 97 98 99
Qatlamdagi temperatura Cº 600 572 537 492 455 455 436 418 389
2.3Gaz qonunlari va gazlar aralashmasiga oid mashq va masalalar yechish
6-masala : N2 va H2 dan iborat aralashmadagi azotning hajmiy ulushi 10.5 % bo`lsa, 25 gram shunday aralashmadagi vodorodning massasini toping.
Yechish: Bizga berilgan azot va vodorod, shundan azotning hajmiy ulushi 10.5 % ga teng ekan.

  1. Azotning hajmiy ulushidan foydalanib vodorodning hajmiy ulushini topib olamiz.

Ikkala gazni aralashmasini 100 % deb, undan azotnikini ayiramiz. Natijada vodorodning hajmiy ulushi hosil bo`ladi.
WH2= =0.895% Demak, 0.895 % H2 ning hajmiy ulushi

  1. Azot va vodorod qiymatidan foydalanib ikkala gazni miqdori ya`ni massasini topib olishimiz kerak. Bunda vodorodning massasini vodorodning hajmiy ulushiga ko`paytiramiz.

M(ar)= 2*0.895=1.79 gr
Endi azotning massasini azotning hajmiy ulushiga ko`paytiramiz.
M(ar)=0.105*28= 2,94
M(ar)= 1,79+2,94= 4,73 gr aralashma
Bu usul eng oson usul hisoblanadi. Bunda vodorodning hajmiy ulushi va massasinidan foydalanib H2 ni massasini topib olamiz.
M(Mr)= 2*0.895=1.79 gr

  1. 4.73 gr azot va vodorod aralashmasini tarkibida 1.79 gr vodorod borligini hisoblab topdik

  2. 4.73 gr (aralashma) 1.79 gr (H2) bo`lsa

25 gr (masala shartida berilgan) x=9.46 gr H2
X=
Demak ikkala aralashmaning hajmiy ulushidan foydalanib uning massasini topdik. Berilgan massadan esa aralashmada qancha vodorod borligini aniqladik.
Javob : 9.46 gr H2
2-usul. Umumiy massa hajmiy ulushlarga qarab topilib, undan so`ng molekulyar massadan foydalanib, gazlar aralashmasining umumiy massasi va tarkibidagi miqdorlarni hisoblab topsak bo`ladi.
Bu yerda gazlarning hajmlarini topib olamiz.

  1. VN2= 100*10.5% =10.5 l N2 hosil bo`Ldi/

  2. 100-10.5=89.5% 100*89.5% =89.5 l H2

Azot va vodorod hajmlari va molekulyar massalarini vodoroddan foydalanib ularni massalarini topishimiz mumkin. Quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Mx= *Mx
mN2= *28= 13.125 N2
mH2= *2=7.99 gr H2
Umumiy masa toppish uchun N2 va H2 massasini qo`shamiz.
13.125+7.99=21.115 gr umumiy massa
21.115gr 7.99 gr H2
25gr x= 9.46 gr H2 X= = 9.46
Javob : 9.46 gr H2
7-masala. 380 ml gazning massasi 27OC va 106657,84 Pa bosimda 0,455 gramga teng. 1 litr havoning massasi 1,293 g. Gazning molekulyar massasini toping?
Yechish: Gazning hajmini normal sharoitga keltiramiz:
ml
hosil bo’ladi. Endi shu gazning 1 litrini normal sharoitdagi massasini topamiz:
0,455 ____________________ 364m l
x =g ____________________ 1000 ml
g
Tekshirilayotgan gazning havoga nisbatan zichligi:

Nisbiy molekulyar massasi esa bo’ladi.
8-masala. 350 ml xloroform bug’i 91OC 95045,5 Pa bosimda 1,34 g keladi. Xloroformning nisbiy molekulyar massasini toping.
Yechish:
dan
Bu tеnglamaga masala shartida bеrilgan kattaliklarni qo’ysak:

9-masala: Normal sharoitda bir idishga kislorod to`ldirib o`lchanganda massasi 28.8 gr, metan(CH4) to`ldirib o`lchanganda 22.4 gr bo`lsa, ozon (O3) to`ldirib o`lchanganda necha gramm kelishi mumkin ?
Yechish: 3 ta bir xil idishlargab gazlar to`ldirilgan. Birinchi idishga kislorod (O2), ikkinchi idishga metan, uchinchi idishga ozon to`ldirilgan. Bu yerda idishlarning og`irligi va hajmlari ham bir xil bo`lsa, birinchi idishni og`irligi 28.8 gr, ikkinchi idishni esa 22.4 gram berilyapti. Uchinchi idishni og`irligi qancha degan savol qo`yilyapti.
Idishlarimiz hajmlari bir xil bo`lsa, nega ularni massalarida farqlar yuzaga kelyapti degan savolga quyidagicha javob beriladi: chunki ularning molyar massalari har xil.
Agar 1 moldan olsak kislorod (O2) 32 gr, 2-idish metan (CH4) 16 gr bo`ladi. Lekin O2 va CH4 egallagan hajmlari bir xil. Massalari farq qilyapti.
32-16=16
Demak masala shartida berilgan massalar farqini topib olamiz.
28.8-22.4=6.4
Idishdagi gazlarning moli necha moldan degan savol tug`iladi?
1 mol 16
0.4 mol = x 6.4 x= 6.4*1/16=0.4
Demak, O2 va CH4 da 0.4 mol mavjud bo`ladi.
Idishlarni molini gazlarni molyar massasini moliga ko`paytiramiz.
1 mol 32 gr O2
0.4 mol x=12.8
1-idish massasi 28.8 gr edi. Shundan O2 massasini ayirib yuboramiz.
28.8-12.8= 16 gramm
Bu 16 gr idish massasi hisoblanadi.
Ozonni massasini topib olamiz.
0.4*48=19.2
1 ta idish 16 gr edi. Unga O3 ning massasini qo`shamiz.
19.2+16=35.2 gr
Uchinchi idishni O3 ga to`ldirib o`lchanganda 35.2 gr kelishi mumkin.
Javob: 35.2 gr
10-masala: 20.16 litr (n.sh) N2, NO2 va CO gazlari aralashmasining massasi 28.8 gramm keladi. Kislorod va azot atomlari nisbati 1:1 bo`lsa, bu aralashmadagi azotning massasini toping?
Yechish: Avvallo, berilgan litrni molga aylantirib olamiz.
1) = 0.9 mol
2) Azot, azot (IV) oksid va is gazini umumiy massasi 28.8 gr edi.
3) Azot oldiga 1, NO2 x, CO ga esa y qo`yib olamiz. Oldin mol nisbatlarini topib olamiz.
4) O : N masala shartini berilgan atomlar soni 1: 1 edi
2x+y=2+x
Tenglamasini tuzib olamiz.
2x-x+y=2
x+y=2 x=2 ga teng.

  1. NO2 va CO 2 mol bo`lsa, N2 ni mol deb qo`shib olamiz.

6) 3 mol 28.8 gr
0.9 mol x= 8.64 gr
Javob : 8.64 gr azot bor.

11-masala: Kislorod va ozondan iborat 20 gr aralashma yetarli miqdordagi kaliy yodid eritmasi orqali o`tkazilganda necha gram yod ajralib chiqadi. Boshlang`ich aralashmadagi ozonning hajmiy ulushi 50 %.


Yechish: 1) Kislorod va ozon aralashmasi 20 gr ekan. Bunda kaliy yodid bilan faqat ozon reaksiyaga kirisha oladi.
2) Reaksiya tenglamasini yozamiz.
O3 + 2KI+H2O= 2KOH+ O2+ I2

  1. Ozonning hajmiy ulushi 0.5. Demak kislorodni hajmiy ulushi ham 0.5 bo`ladi.

  2. 0.5*32= 16 kislorod 0.5*48= 24 ozon

  3. 16+24=40 gr aralashma bo`ladi.

  4. 40 gr (aralashma) 254 gr yod

20 gr ozon x= 127 gr
Javob: 127 gr yod ajraladi.
2.4 Gaz qonunlarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati
Darsda faqat bo’r va latta ishlatiladigan vaqti o’tdi. O’quvchilarni samarali
o’qitish uchun komp’yuterlar, proyektorlar va AKT dasturlari bilan jihozlangan
auditoriyadan foydalanishlari kerak. AKT kundalik hayot talabi
jamiyatning globallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. Agar kimyo darsi
davomida gaz qonunlariga oid masala yechish mavzusini bosqichma bosqich
tushuntiradigan virtual taqdimot paydo bo’lsa, bunday taqdimotni o’quvchi hech
qachon esdan chiqara olmaydi va chuqur o’zlashtira oladi. Kimyo bu har xil
hodisa va voqealarni atrofdamizdagi olam bilan bog’lab ilmiy yondashib
diagrammalar va suratlar orqali ko’rib chiqish bo’lib hisoblanadi. To’g’risida
faqat kitobdan o’qib, aniq tushunchalariga ega bo’la olish oson narsa emas.
Mazmun tushunarli va qiziqarli bo’ladi faqat amaliy, hayot bilan bog’langan
bo’lsa, boshqa o’quv fanlarida ifodali va multimediyali taqdimotlar bir birini
yaxshi tushunishlikka yordam bersa, ulardan farqli ravishda, kimyo fanida esa 
foydalaniladi. AKTdan asosiy g’oyani ravshanlashtirishda o’quvchilar ushbu fan
haqida nazariyani egallashlaridan ko’ra yangi konsepsiya (g’oya) ni tushunishlari
lozim. Taqdimotni PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli konsep siyalarni o’rgatish mumkin. Ushbu taqdimotlarda Photoshop dasturida tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi mumkin. Bunday vositalarni ishlatish orqali o’quvchilar konsepsiya (g’oyani) yaxshi o’zlashtirishlari mumkin. Ushbu vositalar nafaqat o’qitish jarayonini qiziqarli qiladi, balki o’quvchilarga davomli ta’sir ko’rsatadi. 
O’qituvchilarning e’tiborini olish uchun fotokameraga olingan video, 
o’qituvchilarga o’rgatilgan. Animatsiya va kliplar quyida sanab o’tilgan dasturlarda tayyorlanga ushbu taqdimotlarda Photoshop dast urida tayyorlangan tasvirlar va Flash dasturida tayyorlangan animatsiyalar ishlatilishi mumkin.
Tasvirning sifatini Photoshop dasturida yaxshilash mumkin. Taqdimotni 
PowerPoint dasturida yaratish va ular yordamida turli konsepsiyalarni o’rgatish mumkin, dars jarayonida dars ishlanmalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Deyarli barcha kompyuterlarda office dasturlari o’rnatiladi. Shu dasturlardan elementar foydalanishni biladigan deyarli barcha o’qituvchilar darslarda o’zlari tayyorlagan elektron ishlanmalardan foydalanishlari mumkin. 
Innovatsion texnologiyalar o’qituvchilarning ta’lim berishida kasbiy rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi: 
1. Ko’p marotaba foydalanishga mo’ljallangan o’quv materiallarini yaratish (Vaqtni tejash);
2. Internet orqali o’qituvchilarning o’zaro almashinuvi;
3. O’quvchilarning o’quv materiallari xoxlagan paytda murojaat qilishi; 
4. Mazmunni tushunarli qiluvchi multimediyali materiallarni tayyorlash; 
5. O’quvchilarning davomatini va o’sishini qayd qilish;
6. Zo’riqishsiz o’quv tizimini ta’minlash.
O’qituvchilar uchun asosiy afzalliklari o’quvchilar ishini samarali boshqarish, 
saqlash va olib borish hamda vaqtni tejashdan iborat. Vaqtni tejash mashg’ulot larga yaxshi tayyorlanish imkoniyatini beradi. O’qituvchilar AKT resurslaridan foydalangan holda nafaqat o’z bilimlarini yangilaydi, balki nazariy bilimlarni ham ortirish imkoniyatiga ega. Masalan, kimyo darsi davomida prezentatsiyalar dan foydalanish mumkin.Har bir prezentatsiya bir necha slayddan tashkil topgan bo’lishi mumkin.
Prezentatsiya universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy
dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. 
Kimyo fani sohasida kompyuterdan foydalanish — mavzular bayoni tasvirlardagi animatsion harakatlar, tabiatdagi ko’z bilan ko’rish imkoni bo’lmagan kimyoviy jarayonlarni o’ziga xos tarzda namoyish etish juda katta amaliy ahamiyatga ega ekanligi ko’plab tadqiqotchi olimlar tomonidan isbotlab berilgan. O’quv mashg’uloti davomidagi faol faoliyat asosan talaba va o’qituvchi tomonidan tashkil etiladi. Buning uchun ular orasidagi o’zaro bog’liqlik, ko’p hollarda dars jarayonida qo’llaniladigan metodik qo’llanmalar vositasida tashkil etiladi. Ayniqsa, kimyo faniga endigina qadam qo’yayotgan o’quvchilarga didaktik o’yinlarni o’zida mujassam etgan noan’anaviy mashg’ulotlar, texnik vositalar bilan tashkil etilgan dars jarayonining o’ziyoq “ajoyib” tuyuladi. Darslarda o’quv texnik vositalardan foydalanish ayni paytda darslarni samarali, faol tarzda tashkil etishda, o’quvchining diqqat e’tiborini jalb etish kabi kutilgan natijalarni bermoqda. Barkamol avlodni tarbiyalashda innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida kimyo darslarini o’qitishda elektron darsliklar yaratish, ularni akademik litsey va kasb hunar kollejlarining ta’lim tizimiga qo’llash o’quvchilarni pedagogik mahoratini sakllantirishda yordam beradi.
Umumiy kimyoda kimyoviy elementlarning “Gaz qonunlari ” mavzusini uslubiy jihati mukammal bo’lishida zaruriy ko’rgazmalar va o’qitish vositalaridan samarali foydalanish juda muhim. Fandagi ba’zi yangi atamalarni izohlashning usulublarini ishlab chiqish talab etiladi. Mavzu bibliografik xarakterga ega bo’lib, darslikdagi ma’lumotlar chegaralanishi darsni “zerikarli” holatga olib kelishi mumkin. Kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’qituvchiga ayni fanning zaruriy tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarish, zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan nafaqat sanoat, qishloq xo’jaligi miqyosida, shuningdek kundalik turmushda, oilada foydalanishning umumiy yo’nalishlarini ko’rsatib berishdan iborat bo’lishi kerak.
Ularni qo'llash qulay, chunki u o'qituvchining vaqtini tejaydi (kengashda kerakli ma'lumotlarni yozib olishning hojati yo'q); asosiy (ta'riflar, atamalar) ga e'tibor berishga imkon beradi; vizual xotirani rivojlantirgan talabalar uchun qulay (yorqin rasmlar, tasvirlar yanada esda qolarli), mekansal fikrlash rivojlanadi. Taqdimotdan foydalangan holda dars yanada tuzilgan bo'lib, taqdimot uning asosiy qismi bo'lib, unda fikrlashning mantiqi dars oxirida va eng muhimi, butun ishning natijasiga to'g'ri keladi. Kimyo bo'yicha darsdan tashqari faoliyat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz ham amalga oshirilmaydi. Ulardan ba'zilari quyidagilardir: iqtidorli talabalarni masofaviy viktorinalar, tanlovlar, blits-turnirlarda ishtirok etish; talabalarning yakuniy attestatsiyasiga tayyorgarlik ko'rish; mavzu bo'yicha loyiha faoliyati va h. k.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, agar siz ish stolida (kompyuterda) hech qanday buyurtma bo'lmasa, siz ishlayotgan ofisdagi texnikaning to'liq arsenaliga ega bo'lsangiz, unda ma'lum bir materialni qidirishda darsda vaqt yo'qotishingiz shubhasiz. Shuning uchun har bir o'qituvchi tizimga o'z materiallarini olib kelish uchun muhimdir. Papkalarni, mavzularni tizimlashtirish kerak. Buning uchun ko'priklardan foydalanishingiz mumkin. Bu sizga eksperimentlarni namoyish etish imkonini beradi. Masalan, natriyning suv bilan o'zaro ta'siri, chunki bu xavfsizlik tajribasi faqat o'qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Kamera kimyoviy reaktsiyalar belgilarini katta hajmda ko'rishga yordam beradi. Mamlakatimizda va xorijda uzuluksiz ta’limning yanada takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, o’qitishni tashkil qilishda innovatsion yondashishni rivojlantiruvchi va barcha ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilish kuchi sifatida qaralmoqda. Hozirgi kungacha elektron qo’llanmalardan foydalanish metodikalari bo’yicha o’zbek tilida bajarilgan ishlar yetarli emas. Ba’zi ishlab chiqilgan elektron versiyalarda ham animatsiyalar kam, ko’p mavzular matn shaklida berilgan. Mavzudagi ob’ektlar ko’p hollarda rasmlar holida keltirilgan. Kimyo fanini o’qitishda o’quvchilarda tasavvurni rivojlantirish muhim hisoblanadi. Kimyoni o’qitish samaradorligini oshirishda kompyuter vositalaridan foydalanishga bag’ishlangan ishlar juda kam, bor manbalarda ham axborot texnologiyalarining o’quv jarayonidagi imkoniyatlari yetarlicha ochib berilmagan. Akademik litseylarning kompyuterda o’rgatuvchi dasturlar, qo’llanmalarga, kompyuterdan foydalanib o’qitishga bo’lgan ehtiyoj tadqiqot mavzusining naqadar dolzarb ekanligini belgilaydi. O’zbek tilida esa ushbu muammoga bag’ishlangan ilmiy ishlar deyarli yo’q hisob. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2004-yil № 548 dagi “Yuqori samarali multimedik o’qitish vositasi va davlat ta’lim standartiga muvofiq ta’lim muassasalarining o’quv adabiyotlari va qo’llanmalarning kompyuter elektron versiyalarini yaratish dasturi haqida”gi qaroriga binoan har bir ta’lim sohasida elektron o’quv qo’llanmalar yaratish zaruriyati tug’ildi. Elektron o’quv qo’llanma o’zaro gipermurojaatlar bilan bog’langan ma’lumot bazasi, vazifalari va nazorat blokida o’qitish jarayonini interfaolligi bilan birga shu o’quv qo’llanma bo’limlari orasidagi intelektual- mantiqiy aloqalar bo’lishi kerak.
AKT pedagogik tajribani umumlashtirish va tarqatish imkonini beradi. 2020- 2021 o'quv yilida davlat kimyo fanlari darslarida joriy etiladi. Talabalarning yordami bilan mashg'ulotlarni, auditoriyadan tashqari tadbirlarni, ularni o'rnatishni va keyin namoyishni tashkil qilish mumkin bo'ladi. Bu sizga foydalanilayotgan texnikaning haqiqiy ishini, o'quvchilarning faoliyatini faollashtirish usullarini ko'rish imkonini beradi. Muhokama qilish, tahlil qilish, ehtimol e'tiborga olish, o'zingiz uchun yangi narsalarni o'rganish. Shunday qilib, dastur axborot-kommunikatsiya texnologiyalari elementlari o'qituvchiga yordam berishda, yangi materiallar bilan boyitishda davom etmoqda. Ta'lim jarayoni boshqa texnologiyalar bilan birgalikda samarali va samarali. Bu tez orada uning mevasini beradi.
O’zbekiston Pespublikasi 1-prezidenti I.Karimov ta’kidlaganidek: “Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”. Bugungi kun talabi yosh avlodga beriladigan ta’lim tarbiya ijodiy kuchlarni rivojlantirishga, fan-texnika taraqqiyotining yangiliklari talablariga javob berishi zarurligini taqozo etmoqda. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarini bitirayotgan kichik mutaxassislar nafaqat amaldagi texnika va texnologiyalarni, balki kelajakda yaratiladigan yuqori texnologiyalarni qisqa muddatda o’zlashtirishga tayyor bo’lishlari lozim. Bunga mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin jadal taraqqiy ettirilgan avtomobilsozlik, tog’-kon, neft-gaz, kimyo va engil sanoat korxonalarining ishga tushirilayotganligi, eng ilg’or texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan kirib kelayotganligi muhim asoslarni yaratmoqda. Kimyoni o'rganish ettinchi sinfda boshlanadi, ya'ni o'smirning shaxsiyati (itellektual qobiliyatini rivojlanishi) paydo bo'lganda. Talabalarga esa imkoniyat berish va ularni jalb qilish kerak; ularni qo'llab-quvvatlash, o'zini himoya qilish va o'zini o'zi bosqarishga imkon berish talab etiladi. Bunda AKT elementlari o'qituvchiga ajralmas yordamga keladi. Bu haqiqiy laboratoriya uskunalari va kimyoviy reagentlar bilan ishlashdan voz kechish degani emas, balki mavjud vositalar, texnikalar, texnologiyalarning mavjud arsenaliga qo'shimcha ravishda slaydlar va annimatsiyalar nomoyishidir.
Mashg’ulotni katta qiziqish, xilma-xillik, rang-baranglik, yodda qolarlik darajasida olib borilishini ta’minlanishi.
Ma’lumki, bugungi kun o'quvchilari bu "kompyuter texnologiyalari davri yoshlari", ular har qanday ma’lumotni o’qituvchidan oldin egallashga erishishi mumkin. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchi yoki talabaga nisbatan AKT yo’nalishida bir qadam oldinda yurishi zamon talabiga mosdir
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash orqali amalga oshiriladi:
- tayyor raqamli ta'lim resurslaridan foydalangan holda multimediya darslarini o'tkazish (multimedia texnologiyalari axborotni taqdim etishning bir necha usullarini birlashtiradi:
matn, harakatsiz tasvirlar, harakatlanuvchi tasvirlar va ovoz interaktiv mahsulotga. Media vositalari sezilarli idrok barcha yo'llarini faollashtirish orqali o'quv materiallar boyitish imkonini beradi);
- "virtual laboratoriya" dan foydalanish (olingan natijalarni batafsil tahlil qilish bilan bir nechta murakkab kimyoviy eksperimentlarni o'tkazish texnologiyasi);
- elektron ta'lim testlarini qo'llash (o'quv testlarining tuzilishi o'quvchiga amalga oshirilgan o'quv harakatlariga muqobil muqobil to'plamlarni izchil taqdim etishni nazarda tutadi, bu oxir-oqibatda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ketmaketlikni yaratadi vazifalar, talaba o'zi uchun o'quv materialining muayyan darajasini shakllantiradi va ayni paytda uni o'qituvchiga namoyish etadi;
-test tayyorlash dasturlari yordamida test nazorati, shuningdek kimyo fanidan talabalar uchun onlayn test sinovi;
- o'z prezentatsiyalaringizni, videofilmlarni yaratish.
Xulosa
"Kimyo" fani murakkab, ammo qiziqarli fan: uning tajribalari unutilmas, muammolarni hal qilish, tenglamalar tuzish qiyin ko’rinadi. O’zbekiston Respublikasi 1-prezidenti I.A.Karimovning “O’zbekiston buyuk kelajak sari” asarida “O’zbekiston o’z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda faxrlanadi va bu yerda mashhur Mendeleyev davriy jadvalining deyarli barcha elementlari topilgan” deb yozilgan. Ta’lim sohasi rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin egallashi XXI asrni aql-zakovati, bilimdonlik asri bo’lishi uchun pedagogdan katta izlanish va mahorat talab etadi. Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida ta’lim tizimi oldida ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimizda o’qituvchilarga katta mas’uliyat yuklangan. Vatanimiz ravnaqi uchun ularning fidokorona va xayrli mehnatlari samarasiga bog’liq. Hozirgi zamon o’qituvchisi har tomonlama yetuk, o’z kasbining ustasi, zamon bilan hamqadam ish uslubiga ega, yangi o’qitish metodlaridan xabardor, o’z ustida doimo ishlab, bilim va malakalarini mustahkamlab boruvchi shaxs bo’lishi lozim. O’quv-tarbiyaviy jarayonni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash borasidagi ishlar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan. Ta’lim mazmunini takomillashtirishning yo’nalishlaridan biri o’quvchilar uchun mustaqil ta’lim olishning eng muhim vositalaridan hisoblangan o’quv-axborot manbalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish sanaladi. Zamonaviy ta’lim tizimining barpo etilishi, o’quv jarayoniga axborot texnologiyalari yutuqlarini joriy qilish bilan chambarchas bog’liq. Bu ayniqsa axborot va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan o’qitishning yangi shakl va vositalariga taalluqlidir. Bular qatoriga elektron ta’lim beruvchi vositalarni faol qo’llashni taqozo etadigan elektron o’qitishni kiritish mumkin. Shu bois bugun bo’lajak o’qituvchilarga faqatgina tayyor elektron qo’llanmalardan foydalanishni o’rgatish bilan cheklanmay, balki ularning yangi ko’rinishlarini yaratish usullari, yo’llari va vositalarini o’rgatish ham muhim tadbirlardan hisoblanadi. Axborot va innovatsion texnologiyalarni dars samaradorligiga ta’sirini о‘rganishga oid keyingi о‘tkazilgan ilmiy pedagogik tadqiqotlar, nafaqat о‘quvchilar tomonidan bilimlarni egallashning muhim omili ekanligi, balki о‘quvchilarni rivojlantirishda ham muhim vositaga aylanib borayotganligini kо‘rsatmoqda. Talabalarning rivojlanishida kimyoviy tajribalarni ular tomonidan mustaqil bajarilishi, masalalar yechish, kо‘nikma va malakalarini hosil qilinishi, Anorganik va organik moddalar sinflari orasidagi genetik bog‘lanishlar kabi umumlashtirishlarni talab darajada о‘qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Rivojlantiruvchi о‘qitishni amalga oshirish uchun о‘quvchilarning mustaqil ta’limini amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Lekin an’anaviy о‘qitish metodlari bilan talabalarning mustaqil ta’limini amalga oshirish qiyin muommoga aylanib qoldi. Keyingi yillarda innovatsion va axborot texnologiyasi asosida mustaqil ta’limni amalga oshirishga oid ilmiy metodik tadqiqotlar va ta’limni amalga oshirish tajribalari bu muommoni hal qilish mumkinligini kо‘rsatmoqda.
О‘zlashtirib kelish uchun berilgan mavzu bilimlarini talabalar tomonidan qanday о‘zlashtirganliklarini nazorat qilish talabalarning g‘oyani hal qilishlaridagi javoblariga ball qо‘yish orqali aniqlanadi. О‘zlashtirib kelish uchun berilgan mavzu bilimlarini talabalar tomonidan qanday о‘zlashtirganliklarini nazorat qilish talabalarning g‘oyani hal qilishlaridagi javoblariga ball qо‘yish orqali aniqlanadi.
Zamonaviy kimyo о‘qituvchisi quyidagilarni bilishi kerak:
a) kimyo о‘qitish jarayonida uning ta’lim berish va tarbiyalash hamda о‘quvchilarni rivojlantirish maqsadini;
b) ta’lim muassasalarining DTS, о‘quv rejasi, о‘quv dasturlari, darsliklari va о‘quv-metodik qо‘llanmalarini;
v) Kimyoning nazariy asoslari, jumladan, о‘qitish metodlari, о‘qitish natijalarini nazorat qilish, kimyo kabinetining о‘quv jihozlari, laboratoriyada ishlashning xavfsizlik qoidalari, kimyoviy eksperiment texnikasi va metodikasi, kimyoviy reaktivlarning xossalari va ularni saqlash qoidalari, о‘qitishning texnik vositalari va ulardan foydalanish usullarini;
g) pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini;
d) mashq, masala va test topshiriqlarini yechish malakasiga ega bо‘lishi.
О‘qitiladigan mavzularga oid respublikadagi kimyoviy tabiiy zaxiralar va ulardan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq ma’lumotlarni bayon etish orqali о‘quvchilarni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning fanga bо‘lgan qiziqishlarini orttirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish tuyg‘usini hosil qilish.




Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish