1-kurs Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi


Nomad madaniyatining tarixshunosligi



Download 0,68 Mb.
bet5/33
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#223497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Номад -2020 ЎУМ - Алимова Р

Nomad madaniyatining tarixshunosligi. Ko’chmanchilar madaniyatiga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, nomadlar madaniyati ko’plab olimlarni qiziqtirib kelgan. Jumladan, ular orasida turklar tarixi bilan shug’ullangan olimlar ham bo’lgan. Stanislav Jyulenning rajimalari bevosita turklarga tegishli bo’lgan. XX yuz yillik boshlarida, G’arbiy hqonlikka bag’ishlangan E.Shavanning asari yozildi. Undan keyin P.Pello, Anri Korde va Rene Grusselarning kitoblari nashrdan chiqdi. L.N.Gumilev frantsuz maktabi asarlarini tanqid qilib, “turklar frantsuzlar uchun shunchalik bir g’aribki, yaxshisi hoqonlik tarixiga o’rta asrlar xitoylar ko’zi bilan qarash maqbulroq”, deb yozgan edi.

L.N.Gumilev ko’chmanchishunoslik masalalarini echimiga rus maktabi deb nomlash mumkin bo’lgan ilmiy an’ana juda yaqin turadi, deb o’ylagan. N.Ya.Bichurin, V.V.Grigorev, N.A.Aristov, G.E.Grumm-Grjimaylo, K.A.Inostrantsev, S.I.Rudenko, M.I.Artamanov va boshqa bir qator olimlar ana shu maktab vakillari hisoblangan. L.N.Gumilevning fikriga ko’ra, rus maktabi olimlari ko’chmanchilar olamini o’rganishning o’ziga xos yo’nalishini yaratdilar.

Rossiyada Markaziy Osiyo tarixi va paleografiyasini tadqiq etishning asoschisi N.Ya.Bichurin (Iakinf) bo’lgan. Rus maktabi birinchi bo’lib ko’chmanchi madaniyat ildizlari haqidagi masalalni o’rtaga tashladi. Ularda ijtimoiy qurumning xususiyatlari, san’at asarlari uslubi, aksariy ishlardagi o’ziga xosliklarni keraklicha chuqur o’rganish shuni ko’rsatdiki, ko’chmanchi madaniyat mustaqil taraqqiyot yo’liga ega, u hech qachon bir chetki, chala yoki varvar madaniyati bo’lmagan.

Rudenkoning Oltoydagi2, S.V.Kiselevning Minusin chuqurligidagi3, A.P.Okladnikovning Uzoq Sharqdagi arxeologik qazishmalari shunday bir samaralar berdiki, biz ko’chmanchilar madaniyatni xitoylar, sug’dlar yoki yunonlardan o’zlashtirib oldi deya olmaymiz, balki endi o’troq va ko’chmanki xalqlar orasida o’zaro ta’sir masalasini o’rtaga tashlaymiz.

M.I.Artamanovning “Xazarlar tarixi” asari uslub nuqtai nazaridan katta bir muvaffaqiyat bo’ldi. Asarda birinchi marta Kaspiybo’yi va Qoradengizbo’yi xalqlari tarixi Xazar elining gurkirashi va holokatini belgilagan, tarixiy qonuniyat taqdiriga bo’yunsingan yaxlit mustaqil etnomadaniyat sifatida qaraldi.

Ko’chmanchishunoslik tarixida G.E.Grumm-Grjimayloning alohida o’rni bor. U o’tgan asrning boshlarida O’rxun toshbitik­lari o’qilishi natijasida turkologiyaga qiziqish ancha kuchaygan bir vaqtda faoliyat olib bordi. U ajoyib is’tedodi va fidokorligi tufayli 25 yil ichida “G’arbiy Mo’g’uliston va Uryanxay o’lkasi” (ya’ni O’rta Osiyo tarixi bog’liq ushbu mamalkatlar tarixi risolasi) asarini yaratdi.

P.Pritsak “ko’chmanchi imperiyalar” yaratilishining umumiy manzarasini hosil qilishga uringan yangi bir asar yaratdi. U bilan ba’zi masalalarda kelishib bo’lmaydi. Gumilevning fikriga ko’ra, dashtdagi ittifoqlar bir xil usulda emas, har xil yo’l bilan tashkil topgan. E.Pritsak bayon qilgan xonning saylanishi, vorislik bilan hokimiyatga kelish nisbatan kam uchraydi. Unda din va shamanlar mavqei juda bo’rttirib yuborilgan. U barcha jodugar va rohiblarni umumlashtirib “shaman” deb hisoblagan shekilli, oqibatda atama ma’nosi kengayib, foydalanishga yaroqsiz bo’lib qolgan.

E.Pritsak askariy demokratiya oyoqqa turishi jarayonini tavsifladi, biroq u ko’rsatib o’tgan harbiy bo’lak va qabilalarning o’zaro qo’shilib ketishi evropaning o’troq qabilalariga xos bo’lib, ko’chmanchilarda bu jarayon boshqacharoq kechgan.

Ko’chmanchilar turmush tarixi bilan shug’ullangan olimlardan biri A.M.Mendelshatm hisoblanadi. U 1951-1956 yillarda Tojikiston janubi va Turkmanistonda bir qator arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan. Uning tadqiqotlari uchta monografiyada o’z aksini topdi, bular: “Kochevniki na puti v Indiyu” (1966), “Pamyatniki epoxi bronzo’ v Yujnom Tadjikistane” (1968), «Pamyatniki kochevnikov kushanskogo vremeni v Severnoy Baktrii» (1975). A.M.Mendelshtam bronza davri chorvadorlari – bishkent nomi bilan mashhur bo’lgan madaniyatni o’rganishga alohida hissa qo’shgan. Uning xotirasi sharafiga Markaziy Osiyoni tadqiq qilish xalqaro instituti tomonidan 2007 yil 22-24 noyabr kunlari “Markaziy Osiyoning nomad madaniyati” nomli Xalqaro konferentsiya o’tkazildi. U birinchilardan bo’lib, mil.avv. II ming yillikka oid Baqtriyaning shimolidagi ko’chmanchi qabilalar madaniyatini o’rgangan.

Turklar tarixini o’rganar ekanmiz, juz’iy masalalarni hal etish lozim bo’ladi. Bu borada “el” atamasi ham muhimligini ta’kidmoq zarur. El G’G’il atamasi bilan turklar o’z saltanatini atashgan. Uning ma’nosi bo’yicha Gumilevning fikriga ko’ra, yagona fikr yo’q. S.E.Malov uning “davlat, xalq” ma’nolari borligini ham aytadi. Radlov, Melioranskiy, Bartold, Tomsen va Xirtlar ham shunday fikr bildiradilar.

Bernshtam bu atamani boshqacha tushunish fikrini ilgari surdi. Uningcha, “el-urug’chilik tuzumidagi tashkiliy jipslik an’anasini o’zlashtirib olgan turli qabilalar aslzodalarining birlashmasi, zodogonlar tuzumidir. El-davlat tashkiliy tomonining ifodasi. Turkicha “Al” tarixdan bizga o’zini “turk” deb atash bilan ma’lum bo’lgan xalqning timsoli4. Gumilev har ikki nuqtai nazarni tahlil etilganda noto’g’ri bo’lib chiqqanligini aytadi va uning tahlilini quyidagicha bildiradi.

Birinchi turk xoni Bumin elxon unvonini qabul qilgan. Uni bu jujanlarni bo’ysundirgandan keyingina qabul qilgan. Ammo bo’ysundirib olingan boshqa qabilalar guruhini ittifoq deyish noo’ringina emas, balki noto’g’ridir. “Elxon”ning ma’nosi aynan olinganda “xalqning hukmdori”dir. Bunday talqin Rashididdin ishlatgan fors tilida yangi o’zlashgan fe’l “il-kardan” – “bosib olmoq”, “bo’ysundirmoq” paydo bo’lganligi bilan ham tasdiqlanadi. Bu fe’l varvarizm hisoblanadi, biroq atamaning ma’nosini juda aniq bergan. Qabilalar uyushib kelishishini ifodalash uchun turk va mo’g’ul tillarida mushtarak ma’no ifoda etadigan boshqa bir atama: kurG’G’gur bor. Ana shunga muvofiq boshqa bir atama “gurxon”, ya’ni “qabilalar uyushmasi xoni” bor. Kidanlar xoni shunday unvonni qabul qilgan, chunki uning saltanati sakkiz teng huquqli qabilalar birlashmasidan tashkil topgan edi. “El” esa buning aksi, u kuch bilan boshqa qabilalarni uyushtirishni ifodalaydi. Shuning uchun ham “El” atamasining eng muvofiq muqobili lotin tilidagi “imperium” yoki ruscha “derjava” bo’ladi. O’z-o’zini boshqaradigan qabila “el” bo’la olmas edi.

Ikkinchi nuqtai nazarni u o’zi tayanishi kerak bo’lgan matnlar invor etadi. Masalan: “turk budunalin torush”, ya’ni “turk xalqi va eli qonunlanib...” ushbu o’rinda “el” o’z ichiga “budun”ni oladi, shekilli, ya’ni hukmron toifa bilan chegaralanib qolmaydi.5

Ikkinchi matn ham shunaqa: Kamka alig kas yan urman – kimga el qozonaman. Bu erga “davlat tashkiloti ifodasi”ni yoki “hukmron sinflar”ni qo’yib bo’lmaydi, shuning uchun Bernshtam tavsiya qilgan tarjima matnni mazmunsizlantiradi.

“El”ga Tolstov yana bir boshqa ma’no taklif qiladi: “antik tushunchadagi davlat bu so’zda faqat siyosiy ma’noda bo’lib, hududiy ma’nosi mutlaqo yo’q”6. Bunday tushunilgan holda ham elda bo’ysundirilgan qabilalar borligini hisobga olish kerak bo’ladi. Ushbuni aniqlab olgach, biz matnlardagi ma’lumotlarda hech qanday ziddiyatlarni ko’rmaymiz.

Shunday qilib, el o’rda va qabilalarning birgalikda mavjud bo’lish shakli bo’lib chiqadi. Aslida bu o’zaro bog’lanish tinch yo’l bilan ham vujudga kelsa bo’lar edi, biroq amalda bu har ikki tomon uchun ham og’ir bo’lib, el boshlanishidanoq beqaror bir shaklga aylandi.

L.Gumilev “Qadimgi turklar” asarida tun jabg’uxon o’z qarorgohini Choch vohasidan shimoldagi saodatli ko’m-ko’k joyga joylashtirdi. Bu er uning bepayon hududlarining o’rtasi edi. Mana shu erda u Sharq (Xitoy) va G’arb (Vizantiya) imperatorlarining elchilarini qabul qilar edi. Turkut hukmdori saroyini xon qabul qilgan budda rohiblari quyidagicha yozib qoldirgan. 626 yilda xon huzuriga besh nafar yo’ldoshi bilan hind tashviqotchisi Prabxakaramitra keladi va o’rdadagi ajoyib tartib va namunali intizom ustidan chiqadi. Bir necha yildan so’ng xon erlariga boshqa xitoylik Syuan Tszan keladi. U Beshbaliqqa taklif qilinadi.

Uning bergan ma’lumotlari juda e’tiborga moliq hisoblanadi. Jumladan, Hozirgi To’qmoq shahri yaqinadagi bir joyda ziyoratchi ov bilan ovunayotgan Tun jabg’uxon bilan uchrashadi. Zotli otlarning ko’pligi Syuan Tszanni hayratlantiradi. U xon kiyimini tavsiflaydi. Ya’ni, xonning egnida yashil atlas to’n, bo’rksiz (bosh kiyimsiz), ensiz ipak tasmacha bilan peshonasi tang’ilgan bo’lib, uzun, elkasiga tushadigan sochlarini to’zg’itmaslik vazifasini ham o’tardi. Xonni parchadan chopon kiygan ikki nafar suvori arkonlari o’rab olgan edi. Ularning sochlari o’rilgan. Boshqa jangchilar tuya va otlarga minib olishgan bo’lib, kiyimlari mo’ynadan yoki gazlamalardan tikilgan edi. Uzun, bayroqchasi bor nayzalar va to’g’ri yoylar bilan qurollangan edilar. Ular son-sanoqsiz bo’lib, qo’shinning keti ko’rinmas edi.7

L.Gumilev turkutlar madaniyatining xitoy madaniyatiga ta’sir qilayotganligini ta’kidlaydi. Yil sayin ko’chmanchilar odati modaga aylanishi mustahkamlanib, saroy a’yonlari turmushiga kirib borgungacha davom etagan. Bazmlarda chet el taomlari chet el musiqasi ostida tortiladigan bo’ldi. Turklarning yoqali, tugmasi chapga qadaladigan, belbog’ bilan beldan bog’lanadigan yashil yoki jigarrang choponi Tan davrida odatiy kiyimga aylandi. Xitoy shoiri Bo Tszyuy- (772-846) Xitoylarga turklarning o’tovi yoqib qolganligini, hatto Xitoy zodogonlari o’z qasrining hovlisiga o’tov o’rnatib, qishda o’shada yashay boshlaganlarini ta’kidlaydi. Shoir turklarning ramzi ekanligini ta’kidlash uchunmi o’tovni “moviy” deb ataydi.

Xulosa o’rnida aytish mumkin-ki, qadimgi ko’chmanchilar madaniyati uzoq o’tmishga borib taqaladi. Ular o’troq aholi bilan doimiy aloqada bo’lib kelishganligi tufayli o’troq madaniyatni ham qabul qilishgan. Ko’chmanchilarning ko’chib yurish sabablari podasining son jihatidan ortib borishi natijasida yangi yaylovlarni qidirib ko’chib yurishgan. Demak, dasht aholisining xo’jalik shakli ularni ko’chib yurishga asos bo’lgan. Shuning uchun ularning madaniyatiga efimer madaniyat sifatida qarash mumkin. Ko’chmanchilar uy qurgan emas, shuning uchun ularning madaniyatini xo’jalik ro’zg’or buyumlarida ko’rish mumkin. Ularning madaniyat qoldiqlari xo’jalik buyumlarida saqlanib qolgan.





Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish