1-kurs Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi


-mavzu. МARKAZIY OSIYODA QADIMIY KO‘CHMANCHI AHOLINING DINIY QARASHLARI: IBTIDOIY DINLAR, TANGRICHILIK VA ZARDUSHTIYLIK



Download 0,68 Mb.
bet11/33
Sana31.12.2021
Hajmi0,68 Mb.
#223497
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
Номад -2020 ЎУМ - Алимова Р

3-mavzu. МARKAZIY OSIYODA QADIMIY KO‘CHMANCHI AHOLINING DINIY QARASHLARI: IBTIDOIY DINLAR, TANGRICHILIK VA ZARDUSHTIYLIK

REJA

  1. Dashti Qipchoqda diniy munosabatlarning o‘rganilishi tarixi.

  2. Dashti Qipchoqda shamanlik, xristianlik va boshqa dinlar to‘g‘risidagi fikrlar.

  3. Dashti Qipchoqga islomning kirib kelishi va tarqalishi bo‘yicha bildirilgan fikrlar.


Tayanch so‘z va iboralar: ibtidoiy dinlar, tangrichilik, zardushtiylik arablar istilosi, xalifa, islom dini, islom ta’limoti, sahoba.
Dashti Qipchoqda diniy munosabatlarning o‘rganilishi tarixi. VII asrning o‘rtalarida arablarning mamlakatimizga tahdidi jiddiy tus oldi. Somoniylardan bo‘lmish Yazdigar III ni quvib kelgan arablar 651 yili Marvni egallaydilar. Shundan keyingi 60 yildan ortiq vaqt mobaynida ular mintaqaning boshqa yirik markazlarini ham bosib olishga harakat qildilar. Faqat VIII asrning boshlariga kelibgina arablar birin ketin Xorazm, Buxoro, Samarqand, Shosh va Farg‘ona kabi yerlarni bo‘ysundira oldilar. Shu tariqa o‘lkamiz milodiy 1-mingyillikda ilk bor tashqi tajovuzkor domiga tushib, endi Arab xalifaligiga qaram bo‘lib qoldi. Demak, siyosiy mustaqillik, o‘z yurtida davlatni boshqarish erki yo‘qoldi.

Islom ta’limoti asosida mafkuraviy jihatdan jamiyatda bir butunlikka erishilgandi.

X asr davomida siyosiy boshboshdoqlik avjga chiqib markaziy hokimiyat mavqeiga putur yetadi. Ahmadning o‘limidan keyin Somoniylar zarbining pasayishi mintaqaning Yettisuv va Qoshg‘ar qismida boshqa bir siyosiy sulola Qoraxoniylarning kuchayib borishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgandi. Natijada X asr oxirida hokimiyat ularning qo‘liga o‘tadi. Qoraxoniylar mintaqaning Yettisuv, Qoshg‘ar, Movarounnahr kabi qismlari ustidan hukmronlik qila boshlaydilar. Huroson, G‘azna kabi viloyatlar esa xuddi shu davrdan boshlab mintaqada yetishib chiqqan yana bir siyosiy sulola G‘aznaviylar tobeligiga o‘tgan edi.

Ummaviy qo‘shini Movarounnahrga kirganidan keyin turklar islom diniga duch keldilar. Itil bo‘yida yashagan turk davlatida, ya’ni Bulg‘or davlatida islom qabul qilindi. Itil bulg‘orlariga X asrning boshlarida ularga musulmonchilik kirib keldi. U vaqt Xazar xonlari yaxudo, uyg‘urlar moniy dinini sharqiy Yevropaga ketgan boshqa turklar xristianlikni qabul qilgan edi. Itil (Volga) Bulg‘or davlati birinchilardan bo‘lib, turk-islom davlati bo‘ldi. Juma xutbalarida “Ollohim Bulg‘or eltabariga (hukumdoriga) to‘g‘ri yo‘l ko‘rsat” deb iltimos qilishar edi. Hukmdor, otasi musulmon bo‘lmagani uchun uning ismini olishni istamadi, uning o‘rniga Abdulloh ismini qo‘lladi. Bulg‘or turklari garchi o‘sha vaqtlarda islomga to‘g‘ri kelmagan qadimiy urf-odatlarga rioya etishni davom qilsalar-da, islomiyat masalasida nihoyatda samimiy edilar, tunlar qisqa bo‘lgani uchun bomdod namozini o‘tkazib yubormaslik uchun ularning ba’zilari hech uxlamas edilar. Shu bilan birga ular musulmon bo‘lmagan qo‘shni turk o‘lkalariga jihod uyushtirib turganlar. Darhaqiqat, xristian diniga o‘tmoqchi bo‘lgan boshqird turklarining bu niyatiga bulg‘orlar g‘ov bo‘lgan edilar.

2) Boshqa tomondan Movarounnahrda musulmon turk nufuzi borgan sari ortar edi. Ba’zi shaharlarning, masalan Forob aholisining ko‘pchiligi allaqachon musulmon bo‘lgan edi. Bu yerlarda yashagan turklar mol va pullarning ko‘pini g‘azot va jihodga ajratar, butparast qavmlarning musulmon qilish uchun yuborilgan g‘oziylarni ta’minlab turar edilar. Ko‘chmanchi qarluq va o‘g‘uz bo‘ylari guruh-guruh bo‘lib islomni qabul qildilar. Musulmon nufuzi ko‘paygan turk shaharlarida islom madaniyati ilk buyuk mevalarini berdi. Bu yerlarda buyuk olimlar va allomalar yetishib chiqdi. Ular yuksak islom madaniyati namoyondasi sifatida, islomning tarqalishida buyuk rol o‘ynadilar.

Turkiston va Afg‘onistondagi turk yog‘bu tigin va tarsonlari arablarning to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldilar, lekin o‘zaro kelishmovchilik natijasida zaiflashdilar. Bundan unumli foydalangan ummaviy qo‘mondoni Qutayba Samarqand va Toshkentni ishg‘ol qildi. Bu shaharlarda 1-jome masjidlari qurilishi bilan turklar islom dinini o‘rgana boshlaydilar. Bu vaqtda ikkinchi ko‘kturk davlati tiklanib, quvvatlandi va ummaviylar qo‘shini olg‘a harakatdan to‘xtadi. Kul tigin bu yerlargacha yetib kelib g‘arbiy chegaralarning xavfsizligini ta’minladi. Ikkinchi ko‘kturk davlati 745 yilda uyg‘ur va basmil turklari tomonidan qulatildi. Natijada arablarning qarshisida faqat Turgash hoqoni, Sulush qoldi. Sulush o‘z qo‘mondonlaridan biri tomonidan o‘ldirilgandan so‘ng turk o‘lkalari sharqdan ilgarilagan Xitoy bilan g‘arbdan kelayotgan arab quvvatlari orasida qolib ketdi. Xuddi shu vaqtda ummaviy xonadoni hokimiyatidan ag‘darilib o‘rniga Abbosiylar keldi va arablarning Turkistondagi sayohati xiyla yumshadi. Bundan foydalangan Xitoyliklarning katta qo‘shini Toshkentgacha yetib keldi va ular Toshkent begi Bahodir Tudunni xiyla bilan xibsga oldilar.




Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish