Dashti Qipchoqga islomning kirib kelishi va tarqalishi bo‘yicha bildirilgan fikrlar. Islomning tarqalishiga Volga bulg‘orlari emas, balki ko‘proq Xorazm va Markaziy Osiyo turklarining ta’siri ostida bo‘lgan. Mahalliy turklar va qipchoqlar mo‘g‘illardan ilgari ikki tomondan Rossiya va G‘arbiy Yevropadan xristianlik ta’siriga duchor bo‘lishgan. Bu targ‘ibot mo‘g‘illar davrida ham davom etganligi haqida XIII asrda kumanlarning (qipchoqlarning) lug‘atida turk tiliga o‘girilgan Yevangiliya teksti va katolik madhiyalari keltirilgan bu shundan dalolatki o‘sha davrda missionerlarning tilini yaxshi bilishganligi haqida bildiradi. Yana Ibn Battuta Qrimda, Kerch va Kaf o‘rtasida xristian qipchoqlarni ko‘rgan. O‘sha davrdagi musulmon olami madaniy ustunlikning ta’sirida qipchoqlardan ham xristianlikga quchli e’tiqod qiladigan xalqlar islomni tez qabul qilganlar. Ibn Battuta saroyda xristianlikdan islomga zo‘raki o‘tkazilgannini ko‘rmagan ekan. Berkeni islomni qabul qilishida turli xil xabarlar tarqab ketgan. Abdug‘oziyni aytishicha u xon bo‘lganidan keyin Buxorodan kelgan ikki savdogar tufayli, musulmon bo‘lgan. Musulmon faqat xon emas balki uning ayollari, yaqinlari, a’yonlari ham musulmon bo‘lgan, har bir amirni o‘zinin imomi va Qur’on o‘rgatadigan maktablari bo‘lgan. Lekin shunga qaramay g‘ayridiniy urflarga amal qilinib kelinaverilgan. Xatto islom ruxsat bermaydigan urflar, ya’ni ariqdagi suvlardan yuvinishga qattiq rioya qilingan.
Toktay xonning vafotidan so‘ng 1312-yili O‘rdadagi hukumronlik O‘zbekxonning qo‘liga o‘tadi (1312-1340 y.). 1320-yilda u islomni qabul qiladi va tezlik bilan uning Volgadan to Uralgacha bo‘lgan Dashti Qipchoq yerlari xalqlari ham musulmonlikni qabul qildilar.
Xulosa qilib aytish mumkin-ki, Markaziy Osiyoning sharqiy qismiga islom asosan X asrda kirib kelgan. Islomni birinchilardan bo’lib qarluqlar, o’g’uslar, turgashlar qabul qilgan. Dashti Qipchoq hududiga islom X asrda kirib keldi va uni birinchilardan bo‘lib bulg‘orlar qabul qildilar. Lekin rasman Islom Toktay xonning o‘limidan so‘ng O‘zbek xon tomonidan 1320-yilda qabul qilindi. Dashti Qipchoq aholisi Volgadan to Uralgacha bo‘lgan hududlarda ham musulmonlikni qabul qilganlar. Mana shu tariqa Islom batamom bu hududda qaror topdi. Islomning shu hududda tarqalishiga X asrda XIV asrgacha bo‘lgan vaqt kerak bo‘ldi. Bu jarayon Movarounnahrga nisbatan ancha sust bo‘lgan. Bizga tarixdan ma’lumki, o‘troq xalqning madaniyati ko‘chmanchi xalqlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlar biron joyda yangi madaniyatni o‘zlashtirishga ulgurmasdan boshqa hududlarga ketishga majbur bo‘lgan va natijada ularning madaniyati o‘troq xalqga nisbatan sayoz bo‘lgan. Bundan tashqari islomgacha xristianlik keng tarqalgan edi. Qipchoq xalqlari Mo‘g‘ullarga nisbatan madaniyati kuchli bo‘lgan, biroq ko‘chmanchilarning hayot tarzi bir biriga o‘xshash bo‘lgan. Shu omil islomni tez tarqalishiga to‘sqinlik qilgan. Shunga qaramay islom bu hududda qaror topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |