MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Ko‘plab davlatlarda huquqiy tadqiqot uchun o‘rnatilgan mustaqil qoidalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy yondashuv asosida huquqiy tadqiqot olib borishning xususiyatlarini sanab bering.
2. Dunyo olimlarining o‘zaro muloqotda bo‘lishi va ilmiy ishlar natijalarini keng ommaga yetkazilishi odatda turli nashrlar orqali amalga oshiriladi. SCOPUS va WoS kabi xalqaro ma'lumotlar bazasidagi ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va yuborish shartlarini yoritib bering.
KAZUSLAR:
1. Yillar o‘tishi bilan ishlab-chiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashdi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan-yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshladilar.
Yuristning burch va majburiyatlari muayyan axloqiy qoidalar va xulq-atvor normalarida qanday o‘z aksini topdi. Yuristning kasb etikasi deganda nimani tushunasiz?
Hozirgi unda Mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi, ya’ni uning ikki tomoni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jadal tarzda davom etmoqda. Аytish mumkinki, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Аynan shu bois mamlakatimizda“Кuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” kontseptsiya ishlab chiqilib, bu g’oyani izchil amalga oshirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelinmoqda. Fuqarolik jamiyatidagi asosiy masala inson huquqlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini kafolatlash hisoblanadi. Bu vazifani esa davlat amalga oshiradi. Ushbu jarayon bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri – fuqarolik jamiyatiga mos hamda faol kishilarni ya`ni etika asosida o`z ishini tashkil qiladigan kishilarni tarbiyalab etishtirishni ham taqazo etmoqda.
Ushbu holat yuzasidan fikr bildirishdan avvalida “etika” haqida, “etika” tarixi haqida qisqacha quyidagilarni aytib o’tish mumkin. "Etika" so’zi qadimgi grek “etos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, joylashgan joy, birgalikda yashaydigan makon ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi IV asrda Aristotel yaxshi fazilatlilarni o’rganadigan fanni ifodalash uchun yangi ethica sifatini yaratdi. Shunday qilib, etika fan sifatida 20 asrdan ko’proq mavjud. Zamoaviy tushunchada etika bu inson, jamiyat harakat faoliyatining muhim tomonlaridan hisoblangan odob-ahloqni o’rganadigan filosofik fandir. Ya’ni etika fan sifatida ahloqni, uning mohiyatini, tabiyatini va tizimini, paydo bo’lishi va rivojlanishini, boshqa ijtimoiy munosabatlar orasida tutgan o’rnini o’rganadi, ma’lum axloqiy tizimni nazariy asoslab beradi.
Demak etika –axloq haqidagi filosofik ta’limot, odob-axloq qoidalari, normalari hisoblanadi.
“Yuristning kasb etikasi”ning ahamiyati shundan iboratki, u orqali umuminsoniy va milliy ahloqiy va estetik qadriyatlarni sohaga, ixtisoslikka qo’llagan holda berish imkoniyati yuzaga keladi. Ayni vaqtda demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga monand yoshlarimizni tarbiyalashimiz ham zarur. Yoshlarimiz sog’lom, baquvvat, siyosiy etuk, zukko, huquqiy savodxon, ahloqan pok, jasoratli, vatanparvar va keng mushohadali bo’lishi lozim. Ularda bunday fazilatlarni shakllantirishda yuristning kasb etikasining ham yordamchi vazifasini o’taydi, degan umiddamiz. Buning uchun birinchi navbatda yangicha mafkura – milliy mafkura bilan sug’orilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ham kerak. Birinchi Prezidentimiz so’zlagan ma’ruzalarida “Mamlakatimizda huquqshunoslarni tarbiyalash ishi hamon eskicha olib borilmoqda, o’qitish dasturlarining sifati, аyniqsa huquqning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha zamonaviy talablarga javob bermaydi. Ularda eskicha yondashuv va tamoyillar hali-hanuzgacha saqlanib qolmoqda. O’qituvchilarning o’zini qayta tayorlash va kasb mahoratini oshirish tizimi hamon past saviyada qolmoqda. Ular o’z mahoratlarini oshirish uatida deyarli ishlamaydi. Ixtisoslashgan yuridik adabiyotlarni, darslik va uslubiy qo’llanmalarni nashr etish ishi ham mutlaqo talab darajasida emas. Lo’nda qilib aytganda, ta’lim jarayoni ham yuridik amaliyotni ilmiy jihatdan ta’minlashi lozim bo’lgan huquqshunoslik fani zamon talablaridan orqada qolgan”, deb ta’kidlagan edilar. Mazkur fan ham ushbu ehtiyojga javob tariqasida dastlabki urinish bo’lib xizmat qiladi.
Yuristning kasb etikasiga bo’lgan ehtiyoji asosan uch omil, aniqrog’i - sabab bilan bog’liq:
Birinchidan, - tanlangan dunyoviy taraqqiyot yo’limiz, huquqiy davlatni va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish. Jamiyat a’zolarining axloqiy holatiga ma’naviy madaniyati darajasiga uzviy bog’liqdir. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati faqat yuksak axloqiy fazilatlar shakllangan, qaror topgan va amal qilayotgan ijtimoiy muhitda mavjud bo’ladi.
Axloqiy tushuncha va printsiplarning, ya’ni tamoillarning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyati shundaki, ular kishi ma’naviy faoliyatining ichki dunyosining turli ko’rinishlarini (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, oilaviy va h.k) idora qiladi. Shu bois yuqori darajadagi axloq normalari, qoidalari va pirintsiplari kishilar ongida shakllantirilmas ekan yuqori mehnat samaradorligiga ham, kishilar faolligiga ham, huquqiy davlat va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarishiga asoslangan jamiyatga erishib bo’lmaydi.
Ikkinchidan, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati axloqqa zid illatlar (ichkilik bozlik, o’g’rilik, giyohvandlik, foxishabozlik, turli ko’rinishdagi jinoyatchilik) bor joyda qaror topa olmaydi. Ma’muriy huquqbuzarlikga asoslangan, tenglik pirintsipi tenglashtirish siyosatiga bo’ysindiradigan, shaxsning jamiyatdan, xususan qoidadan begonalashtirilgan jamiyatda axloqqa zid illatlar ko’payishi uchun shart sharoitlar mavjud edi. Har bir sohada davlat manapoliyasi, xususan tadbirkorlik va ishbilarmonlik nafaqat taqib bilan taqiqlangan davrlarda yurist kasbiy axvoli buzilgan edi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni jazolash vositasi emas, balki kishilarga to’gri yo’l ko’rsatish vositasi bo’lishligini talab qiladi. Shu bois yuristning kasb etikasini o’rganish zamonaviy yurist kadrlar uchun asosiy ma’rifiy talablardan biridir.
Uchinchidan, - yuristning kasbiy etikasiga bo’lgan ehtiyoj sud-huquq tizimi xodimlari faoliyatida kuzatilayotgan eski tuzim illatlaridan tezroq qutilish, xodimlar faoliyatida axloq normalarining ustuvorligini ta’minlash, turli axloqiy og’ishlarning oldini olish ehtiyoji bilan bog’liq. Ayniqsa 2005-yil 7-aprelda O’zbekiston Respublikasi bosh Prokuraturasining 45-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining kasb odobnomasi” talablari asosida bo’lajak yurist kadrlarni tarbiyalash ushbu sohaning asosiy ehtiyojidir. Xodimlar tomonidan turli axloqqa zid xatti-harakatlarga (tamagirchilik, zo’ravonlik, inson huquqlarini mensimaslik, manmanlik, hatto ichkilikbozlik, xizmat vazifalarini suyiiste’mol qilish va h.k.) yo’l qo’ymaslikka, faoliyatda qonun ustuvorligiga erishish kasbiy axloq normalarini chuqur bilishlik emas, balki ularga kasbiy faoliyatda qatiy rioya qilishni ham taqazo qiladi.
Yuristning kasb etikasi sud-huquq tizimida faoliyat ko’rsatuvchi xodimlar faoliyati bilan bog’liq bo’lib huquqshunoslik sohasi xodimlarining kasbiy faoliyatida umuminsoniy va umumiy axloq normalariga qoida va talablariga og’ishmay rioya qilish, kasbiy burchga sadoqatli bo’lish bilan bog’liq.
Yuristning kasb etikasi boshqa kasbiy faoliyat sohalari (tibbiyot, jurnalistika, diplamatiya, tadbirkorlik va h.k.) talablaridan tashqari faqat shu soha vakillariga xos axloqiy talablarni(tergov materiallarini sudgacha sir tutish, xodimlarning bir birlarining ishlariga aralashmasligi, yuqori vakolatli xodimlarning(prokuratura xodimlarining) adolatni qaror toptiruvchi xodimga (sudyaga) o’z hukmini o’tkazishga urinmasligi h.k.) ham mavjudligi bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |