“Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti, мaqsadi va vazifalari
Reja:
Kirish
1. “Yuristning kasb etikasi” fanining predmeti.
2. “Yuristning kasb etikasi” faning maqsadi.
3.“Yuristning kasb etikasi” faning vazifalari.
Kirish
Ma’ruzamning avvalida “etika” haqida, “etika” fani va uning tarixi haqida qisqacha quyidagilarni aytib o’tish mumkin. "Etika" so’zi qadimgi grek “etos” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, joylashgan joy, birgalikda yashaydigan makon ma’nosini bildiradi. Eramizdan oldingi IV asrda Aristotel yaxsi fazilatlilarni o’rganadigan fanni ifodalah uchun yangi ethica sifatini yaratdi. Shunday qilib, etika fan sifatida 20 asrdan ko’proq mavjud. Zamoaviy tushunchada etika bu inson, jamiyat harakat faoliyatining muhim tomonlaridan hisoblangan odob-ahloqni o’rganadigan filosofik fandir. Ya’ni etika fan sifatida ahloqni, uning mohiyatini, tabiyatini va tizimini, paydo bo’lishi va rivojlanishini, boshqa ijtimoiy munosabatlar orasida tutgan o’rnini o’rganadi, ma’lum axloqiy tizimni nazariy asoslab beradi.
Demak etika –axloq haqidagi filosofik ta’limot, odob-axloq qoidalari, normalari hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik fuqarolik jamiyati qurilishi, ya’ni uning ikki tomoni huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurilishi jadal tarzda davom etmoqda. “Аytish mumkinki, - deydi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov, - huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati demokratiyaning o’zaro uzviy bog’liq bo’lgan ikki jihati, ikki qanotidir. Аynan shu bois biz “Кuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari” kontseptsiyasini ishlab chiqdik va bu g’oyani izchil amalga oshirish masalasiga birinchi darajali ahamiyat qaratib kelmoqdamiz”.1 Fuqarolik jamiyatidagi asosiy masala inson huquqlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini kafolatlash hisoblanadi. Bu vazifani esa davlat amalgam oshiradi. Ushbu jarayon bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri – fuqarolik jamiyatiga mos hamda faol kishilarni tarbiyalab etishtirishni ham taqazo etmoqda.
“Yuristning kasb etikasi” o’quv kursining ahamiyati shundan iboratki, u orqali umuminsoniy va milliy ahloqiy va estetik qadriyatlarni sohaga, ixtisoslikka qo’llagan holda berish imkoniyati yuzaga keladi. Ayni vaqtda demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga monand yoshlarimizni tarbiyalashimiz ham zarur. Yoshlarimiz sog’lom, baquvvat, siyosiy etuk, zukko, huquqiy savodxon, ahloqan pok, jasoratli, vatanparvar va keng mushohadali bo’lishi lozim. Ularda bunday fazilatlarni shakllantirishda yuristning kasb etikasi o’quv kursi ham yordamchi vazifasini o’taydi, degan umiddamiz. Buning uchun birinchi navbatda yangicha mafkura – milliy mafkura bilan sug’orilgan darslik va o’quv qo’llanmalar ham kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. А. Karimov 2001 yilda ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning oltinci sessiyasida so’zlagan ma’ruzalarida “Mamlakatimizda huquqshunoslarni tarbiyalash ishi hamon eskicha olib borilmoqda, o’qitish dasturlarining sifati, аyniqsa huquqning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha zamonaviy talablarga javob bermaydi. Ularda eskicha yondashuv va tamoyillar hali-hanuzgacha saqlanib qolmoqda. O’qituvchilarning o’zini qayta tayorlash va kasb mahoratini oshirish tizimi hamon past saviyada qolmoqda. Ular o’z mahoratlarini oshirish uatida deyarli ishlamaydi. Ixtisoslashgan yuridik adabiyotlarni, darslik va uslubiy qo’llanmalarni nashr etish ishi ham mutlaqo talab darajasida emas. Lo’nda qilib aytganda, ta’lim jarayoni ham yuridik amaliyotni ilmiy jihatdan ta’minlashi lozim bo’lgan huquqshunoslik fani zamon talablaridan orqada qolgan”2, deb ta’kidlagan edilar. Mazkur fan ham ushbu ehtiyojga javob tariqasida dastlabki urinish bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |