Bundan tashqari keltirib o`tishimiz lozimki, O’zbekistonda barpo etilayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati sud hokimyati faoliyati bilan uzviy bog’liq. Shakllantirilayotgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini odil sudlov institutisiz tasavvur qilish mumkin emas. Mamlakatimizda bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan sud-huquq islohatlarining amaliyotda sud hokimyati mustaqilligiga, erkinligiga erishish maqsadi ham odil sudlovni qaror toptirshdir. Yuristning kasb etikasi haqida gapirganda shu jihatni nazarda tutish lozim buladi. Birinchisi - jamiyatda umumiy axloq normalari, meyorlari va qoidalari mavjudligi bo’lgan, ikkinchisi – huquqshunoslikning kasbiy faoliyatning u yoki bu turi bilan bog’liq axloq normalarining mavjudligi bilan bog’liq.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kasbiy axloqi shu jihatdan turli shakllarga ega, shu ma’noda sud’yalar odob-ахloqi qoidalari, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi, advakatlarning kasb etikasi qoidalari, prokrotura organlari xodimlarining kasb odobnomasi yoxud davlat bojxona yoxud soliq qumitalari xodimlarining kasb odobi haqida gapirish mumkin. Tarkib va tuzilish jihatdan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining kasbiy axloq qoidalari har bir xizmatning ichki xususiyatlaridan kelib chiqadi va jamiyatda qaror topgan umumiy axloq qoidalariga bo’ysinadi, aniqrog’i ular bilan uyg’unlashadi. Kasbiy axloq va umumiy axloq qoidalari o’rtasida o’zaro ziddiyat istisno etiladi. Ayrim huquqiy sohalarda axloq - yoki axloq odobnomasi ushbu kasbga kirishni ixtiyor qilgan kishiga kasbiy qasamyod shaklidagi axloqiy talablarni ham qamrab oladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi “Prokuratura to’g’risida”gi qonunining 44-moddasi aynan kasbiy qasamyodga bag’ishlangan desa bo’ladi. Yoxud tibbiyot xodimlarining “Gippakrad qasamiyodi” deb yuritiluvchi kasbiy deontologiya normalarini kasbiy etika fanining tarkibiga kiritish mumkin. Ushbu fikrni rivojlantirsak “Jurnalist etikasi”, “Diplomat etikasi” yoxud “Deputat etikasi” kabi kasbiy etika normalari tizimi xususida gapirish mumkin bo’ladi. Kasbiy etika haqida gapirganda huquqning kishilik jamiyati axloqining posboni ekanligini unutmaslik, har qanday qonunning mazmuni axloq normalari ekanligini, qonun ushbu normalarni kishi va jamiyat hayotida tug’ri ishlatilishini ta’minlovchi vosita ekanligini unutmaslik lozim bo’ladi.
Bu jihat umuminsoniy siyosiy, huquqiy va axloqiy hujjatlarda ham o’z ifodasini topgan bo’lib, milliy qonunchilik xalqaro huquqiy normalar va qoidalar bilan o’zaro uyg’unlashib ketgandir. Milliy qonunchilik, insonparvarlik, inson tabiiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan umuminsoniy huquqiy normalarga bo’ysingan va ularning ustuvorligiga asoslanadi. Misol tariqasida BMT tomonidan 1948-yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umum jahon dekloratsiyasi”, “Fuqarolik va siyosiy huquqlar tug’risidagi” xalqaro Pakt va boshqa hujjatlarni keltirish mumkin. Qayd qilingan Paktning 10-moddasida ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga nisbatan insoniylarcha munosabatda bo’lish ularning sha’ni va qadr- qimmatini hurmat qilish talab qilinadi.
Bugungi kunda barcha davlatlarning Konstitutsiyaviy qonunchiligida sud hokimyatining tashkiliy jihatlaridan tashqari axloqiy mazmuni ham e’tiborga olingan, inson va uning hayoti, qadr - qimmati, manfaatlari oliy qadiryat deb tan olinadi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham inson, uning hayoti eng oliy qadiryat bo’lib, amaldagi milliy qonunchiligimiz yuksak insonparvarlik g’oyasi bilan sug’orilgan boy mazmunga asoslangandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 18-moddasi barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dinidan, ijtimoiy kelib chiqishidan va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar teng huquqliligini ta’minlaydi. Ushbu normada insonparvarlik pirintsipi aks etganligini kuzatamiz. Insonparvarlik printsipi bosh qonun asosida yaratilgan va yaratilayotgan barcha qonunlarimizda markaziy o’rinni egallaydi.
Yuristning kasb etikasi aynan shu printsipni sud va huquqni muxofaza qiluvchi idoralar xodimlari faoliyatida ustuvor kasbiy printsip ekanligini ta’minlovchi fan sohasidir. Jinoyat – protsessual qonunchiligimiz ham aynan buzilgan huquqlarni tiklash yoxud har qanday jinoiy xatti – harakatlarni jazosiz qoldirmaslikdan iborat. Demak, odil sudlovni amalga oshirishga bo’ysindirilgandir. Jinoyat qonunchiligi shaxs va jamiyatni ijtimoiy ahvoli, tajovuzlardan himoya qiladi, jinoiy xatti harakatlarning inson va jamiyat hayoti uchun qanchalik zararli yoki xavfliligidan kelib chiqib jazo tayinlaydi. Bu umumiy axloq kategoriyalari – yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik kategoriyalari asosida amalga oshiriladi. Buning uchun surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoxud sudya ushbu kategoriyalar mazmunini chuqur bilishi va ularni ko’rilayotgan ishga mazmunan tadbiq qilishi lozim bo’ladi. Bu o’z o’zidan kasbiy axloqni umumiy axloq normalari bilan uzviy bog’lash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bugungi kasbiy axloqning mazmuni yuksak axloqiy normalar bilan to’ldirilgan bo’lib, bu birdaniga yuzaga kelmagan. Jinoyat qonunchiligining tarixida inson qadr-qimmati kamsitilgan, insonni qiynoqqa solgan, uning hayoti qadrsizlangan, inkivizitsiya sudlari, totalitarizm huquqshunosligi davrlarini boshdan kechirgan. Bugungi kasbiy axloq qonuni jazo vositasi emas, balki ko’proq tarbiya vositasi bo’lishligini taminlashga qaratilgan.
Mantiqiy savollar:
1. Ko‘plab davlatlarda huquqiy tadqiqot uchun o‘rnatilgan mustaqil qoidalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy yondashuv asosida huquqiy tadqiqot olib borishning xususiyatlarini sanab bering.
Inson qanday faoliyat ko‘rsatmasin birinchi navbatda u tevarak-atrofdan axborot oladi. Axborot tafakkurda obraz va tasavvur shaklini oladi, fikrlash jarayonida hukmlar tuziladi, mulohaza yuritiladi. Shu yo‘l bilan hosil bo‘lgan bilim insonning har qanday harakati yoki faoliyatini intellektual zaminini tashkil qiladi. Hosil bo‘lgan bilim voqelikni inson ongida u yoki bu aniqlik darajada in’ikos etadi. Bu yerda «voqelik» tushunchasi keng ma’noda olingan bo‘lib, moddiy, madaniy va ma’naviy olamlardagi xolatlar, jarayonlar va jabxalarni ifodalaydi. Shunday qilib, bilish inson faoliyatini tarkibiy qismi bo‘lib, tushunchalar, g‘oyalar va nazariyalar ishlab chiqish orqali voqelikni ongda in’ikos etish jarayonini bildiradi. Soha va faoliyatni xususiyatiga qarab, bilish mifologik, diniy, badiiy, falsafiy, maxsus ilmiy va boshqa turlarga bo‘linadi. Tabiiyki, murakkab faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus bilim kerak. Shunga muvofiq bilish jarayoni ham murakkablashadi. Bunday bilish o‘rganilayotgan va uzlashtirilayotgan ob’ektning har tomonlama va chuqur in’ikosini (tasvirini, modelini) beradi. Ilmiy bilishni muntazam asosda tashkil qilish tadqiqot faoliyatini namoyon etadi. Demak, ilmiy bilish olib borilayotgan tadqiqotning mazmuni va mohiyatini anglatadi. Tadqiqot va ilmiy bilish tushunchalarini umumlashtirib ilmiy tadqiqot tushunchasini hosil qilamiz. Ilmiy tadqiqot-bu inson va jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan,sohalar bo‘yicha ixtisoslashgan yangi bilim va texnologiyalarni ishlab chiqish faoliyatidir hamda yangicha tafakkur qilish orqali o`z qobig’idan chiqa olishdir. Shuningdek, ilmiy tadqiqot metodologiyasi boshqa fanlar, jumladan, iqtisodiyot fani metodologiyasi bilan falsafiy metodologiyaning o’zaro munosabatini tushuntiradi, ilmiy fakt, eksprement, nazariyalar va boshqa falsafiy metodlarning ilmiy tadqiqot metodlari sifatida ahamiyatini ko’rsatib, ilmiy bilimda falsafaning o’rnini aniqlab beradi.
Shu o’rinda ilmiy tadqiqotlar va ulardan ko’zlangan asosiy maqsadga to’xtalar ekanmiz, ilmiy tadqiqotlar bilishning ilmiy tamoyillari yordamida konkret obyektni oʼrganish maqsadida olib boriladi. Ushbu sohada ilmiy yoʼnalish, ilmiy muammo va ilmiy mavzu kabi tushunchalar mavjud.
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan oldin uning metodlarini, shakllarini, vositalarini toʼgʼri tanlab olish va metodikani ilmiy asoslash lozim. Ilmiy tadqiqotlar muammoni yuzaga chiqarish, mavzuni tanlash va maʼlum boʼlgan maʼlumotlarni obʼektiv tahlili uchun axborotni izlashdan boshlanadi.
Shu o’rinda huquqiy tadqiqot va uning o’ziga xos jihatlariga to’xtalib o’tsak.
Huquqiy tadqiqot yuridik ta’limning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Huquq sohasidagi pedagog va talabalar kasbiy majburiyatlarining bir qismi sifatida huquqiy tadqiqotlarni amalga oshirishlari kerak. Huquqiy tadqiqot va huquqiy ta’lim uzviy bog‘liq. Pedagoglarning huquqiy tadqiqotlari o‘quvchilarini boshqarish, kursni ishlab chiqish va uni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. O‘qituvchi kursni loyihalashdan oldin mavzu haqida umumiy tasavvurga, shuningdek, kursga kiritilgan mavzular haqida batafsil bilimga ega bo‘lishi kerak. Tadqiqot natijasida yuzaga keladigan bunday bilimlar uni o‘z g‘oyalarini o‘quv rejasida tizimli va tushunarli tarzda shakllantirishga yordam beradi. Bu huquq sohasida yangi yondashuvlar yoki maxsus qoida va huquqiy tamoyillar haqida yangi g‘oyalarga turtki bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |