1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi?



Download 54,45 Kb.
bet1/4
Sana26.02.2020
Hajmi54,45 Kb.
#40883
  1   2   3   4
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi

1. Kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish kabi ehtiyojlari qanday ehtiyoj turiga kiradi?

a. moddiy ehtiyojlar

b. ikkilamchi ehtiyoj

c. ma’naviy ehtiyojlar

d. birlamchi ehtiyoj

2 “Ko‘rinmas qo‘l” kontseptsiyasining asoschisi

a. Smit A.

b. hammasi noto‘gri

c. Rikardo D.

d. Kene F.

3. Talab va taklif qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?

a. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar

b. umumiy iqtisodiy qonunlar

c. maxsus iqtisodiy qonunlar

d. tabiat qonunlari

4. Jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda o‘zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib, bizni o‘rab turgan olam to‘g‘risidagi fikrlarimizni kengaytirish “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qanday vazifasiga kiradi?

a. bilish vazifasi

b. amaliy vazifasi

c. uslubiy vazifasi

d. g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi

5. Klassik iqtisodiy maktab asoschisi kim?

a. Keyns J.M.



b. Petti V.

c. Marks K.

d. Marshall A.

6. Jamiyat boyligining manbai puldan, oltindan iborat, boylik savdoda paydo bo‘ladi deb ta’kidlagan oqim nomi?

a. liberalizm

b. merkantilizm oqimi

c. fiziokratlar

d. marjinalizm

7. K.Menger, F.Vizer, Bem-Baverk kabi Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari qaysi iqtisodiy ta’limot vakillari bo‘lib hisoblanishadi?

a. liberalizm

b. marjinalizm ta’limoti

c. merkantilizm

d. fiziokratlar

8. «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) nomli asari orqali birinchi bo‘lib iqtisodiyot nazariyasi faniga nom bergan iqtisodchi olim kim?

a. Adam Smit

b. Tomas Mann



c. Antuan Monkreten

d. Fransua Kene

9. Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni iqtisodiy qonunlarning qanday turiga kiradi?

a. umumiy iqtisodiy qonunlar

b. maxsus qonunlar

c. xususiy qonunlar

d. tabiat qonunlari

10. Kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar qanday iqtisodiy qonunlar deb ataladi?

a. maxsus qonunlar

b. yuridik qonunlar

c. davriy qonunlar



d. umumiy iqtisodiy qonunlar

11. “Avstriya” maktabi asoschilari kimlar?



a. Bem-Baverk Y.

b. hammasi to‘g‘ri

c. Smit A.

d. Rikardo D.

12. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati usuli – bu:

a. deduktsiya

b. mantiqiylik

c. induktsiya usuli

d. sintez

13. Doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha nima deb ataladi?

a. deduktsiya

b. induktsiya

c. abstraktsiya



d. iqtisodiy kategoriya

14. Tahlil paytida ikkinchi darajali narsalarni fikrdan chetlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e’tiborni qaratish usuli – bu:



a. ilmiy abstraktsiya usuli

b. induktsiya

c. mantiqiylik

d. deduktsiya

15. ... – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi.

a. umumiy iqtisodiy qonunlar



b. iqtisodiy qonunlar

c. maxsus, o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar

d. xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar

16. Insonning shaxsiy manfaati, qiziqishlari va turmush tarziga moslab qondirilishi mumkin bo‘lgan ehtiyojlar qanday ehtiyojlar deyiladi.

a. birlamchi ehtiyoj

b. birgalikda qondiriluvchi ehtiyojlar

c. guruhiy ehtiyoj

d. yakka tarzda qondiriluvchi

17. Fikrning umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati usuli – bu:

Выберите один ответ:

a. deduktsiya usuli

b. konkretlashtirish

c. abstraktlashtirish

d. analiz

18. “Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” nomli kitobning muallifi kim?

Выберите один ответ:



a. Keyns J.M.

b. Porter

c. Smit A.

d. Marshall A.

19. Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?

Выберите один ответ:



a. kapital, yer, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati

b. tabiiy va inson resurslari

c. mehnat vositalari va ishchi kuchi

d. ishlab chiqarishning moddiy omillari

20. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?

a. taqsimlash



b. iste’mol jarayoni

c. talab


d. ehtiyoj

21. A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi?

a. merkantilizm

b. fiziokratizm

c. marjinalizm

d. klassik

22. Unumli iste’mol qanday sohada vujudga keladi?



a. ishlab chiqarish sohasida

b. ishlab chiqarish sohasidan tashqarida

c. to‘g‘ri javob yo‘q

d. xizmat ko‘rsatish sohasida 

23.Unumli iste’mol qanday jarayonni anglatadi?



a. ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish

b. iste’mol va jamg‘arma hajmi o‘rtasidagi bog‘liqlik

c. alohida shaxsning o‘z ixtiyorida bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishi

d. kishilarning iste’mol buyumlaridan va xizmatlardan shaxsiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida foydalanishi 

24. O‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarish usuli – bu:

a. analiz

b. umumlashtirish

c. statistik



d. sintez usuli 

25. Intsitutsionalizm qaysi so‘zdan olingan, ma’nosi nima

a. barcha javoblar to‘g‘ri

b. lotincha erkin savdoga qo‘l qo‘ymaslik



c. lotincha urf-odat “muassasa”, “ko‘rsatma” 

d. inglizcha erkin savdo

26. Ilk klassik iqtisodiy maktab qaysi davlatda vujudga kelgan?

a. Ispaniya



b. Angliya 

c. AQSH


d. Niderlandiya

27. Mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligiga bo‘lgan ehtiyoj qanday ehtiyoj turiga kiradi?



a. umumjamiyat ehtiyojlari 

b. yakka ehtiyoj

c. hududiy ehtiyoj

d. guruhiy ehtiyoj

28. Ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi, foydalanilishi jarayoni nima deb ataladi?

a. iste’mol jarayoni 

b. talab


c. ehtiyoj

d. taqsimlash

29. Tadbirkorlik – ...

a. mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat;

b. mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlash jarayonlariga modernizasiyalash asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat;

c. mahsulotlarni ayirboshlash va iste’mol jarayonlariga iqtisodiyotni diversifikasiya qilish asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat;

d. mahsulotlarni taqsimlash va iste’mol jarayonlariga modernizasiyalash va diversifikasiyalash asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyat.

30. Tadbirkorlik faoliyati – ...

a. obyekti va subyektidan qati nazar manfaatdorlik va zarurat maqsadida amalga oshiriluvchi pul-kredit sohasidagi faoliyat;

b. obyekti va ko‘rinishidan qati nazar daromad olish maqsadida amalga oshiriluvchi bozor faoliyati;

c. subyekti va xususiyatidandan qati nazar foyda olish maqsadida amalga oshiriluvchi mulkchilik sohasidagi faoliyat;



d. shakli, turi va sohasidan qati nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyat.

31. Tadbirkorlikning quyidagi shakllari rivojlanadi:



a. davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari;

b. milliy, ko‘p tarmoqli, ayrim shaxslarga tegishli, umumiy va boshqa shakllari;

c. jamiyat, ko‘p ukladli, innovasion, ko‘p tarmoqli va boshqa shakllari;

d. xalqaro, turli sohalarga tegishli, investitsion, mulkiy va boshqa shakllari.

32. Davlat korxonalarini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

a. pul-kredit tashkilotlari; davlat taqsimot tashkilotlari; umumiy ishlab chiqarish kompaniyalari;



b. budjet korxonalari; davlat ishlab chiqarish korxonalari; aralash kompaniyalar;

c. soliq-budjet tashkilotlari; xususiy xizmat ko‘rsatish korxonalari; resurslarni taqsimlash sohasidagi kompaniyalar;

d. ishlab chiqarish va iste’mol sohasidagi korxonalar; ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlari; tovarlarni ayirboshlash va iste’mol qilish sohasidagi kompaniyalar.

33. Aralash kompaniyalar – ...



a. davlat va xususiy omonatchilarning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shaklidagi korxonalar;

b. umumiy va xususiy tadbirkorlarning obligasiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan ochiq aksiyadorlik jamiyatlari va majburiyatlari cheklanmagan shirkatlar shaklidagi korxonalar;

c. kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning qimmatli qog‘ozlarini birlashtirish asosida tashkil etilgan yopiq aksiyadorlik jamiyatlari va imkoniyatlari cheklanmagan shirkatlar shaklidagi korxonalar;

d. tadbirkorlar va xususiy iste’molchilarning aksiyalari va obligasiyalarini umumlashtirish asosida tashkil etilgan korxonalar va majburiyatlari cheklanmagan shirkatlar shaklidagi korxonalar.

34. Kooperativ tadbirkorlik – ...

a. xususiy mulkka asoslanib, korxona a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi xususiy tadbirkorlikning alohida shakli;



b. jamoa mulkiga asoslanib, kooperasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli;

c. davlat mulkiga asoslanib, korporasiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi davlat tadbirkorligining alohida shakli;

d. aralash mulkka asoslanib, kompaniya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok etishini taqozo etuvchi aralash kompaniyalar tadbirkorligining alohida shakli.

35. Aksiyadorlik jamiyati – ...

a. balansi obligasiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning obligasiyalaridan tarkib topuvchi korxona;

b. budjeti aksiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning aksiyalaridan tarkib topuvchi korxona;



c. kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablag‘laridan tarkib topuvchi korxona;

d. tarkibi aksiyalar va obligasiyalar shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning aksiyalari va obligasiyalaridan tarkib topuvchi korxona.

36. Dividend nima?

a. mulk egasiga to‘lanadigan daromad;

b. obligasiya egasiga to‘lanadigan daromad;

c. korxona egasiga to‘lanadigan daromad;



d. aksiya egasiga to‘lanadigan daromad.

37. Aksiyalarning nazorat paketi – ...



a. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi aksiyalar soni;

b. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi obligasiyalar soni;

c. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi mol-mulk miqdori;

d. aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlash imkonini beruvchi asosiy kapitallar miqdori.

38. Obligasiya – ...

a. ishlab chiqarishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli;



b. sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli;

c. resurslarni taqsimlashga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli;

d. tovar va xizmatlarni iste’mol qilishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog‘oz shakli.

39. Asosiy kapital – ...

a. tovar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining nafliligini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;

b. resurslarni taqsimlash jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining iste’mol qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;



c. ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi;

d. tovar va xizmatlarning iste’moli jarayonida bir nechta doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining foydali jihatlarini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomida ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.

40. Aylanma kapital – ...

a. bir necha doiraviy aylanishlar davomida bo‘lib-bo‘lib iste’mol qilinadi, o‘zining foydaliligini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotmaydi;

b. bir necha doiraviy aylanishlar davomida qisman iste’mol qilinadi, o‘zining iste’mol qiymatini ishlab chiqarish natijalariga bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotmaydi;

c. bir doiraviy aylanish davomida ma’lum bir qismi iste’mol qilinadi, o‘zining nafliligini ishlab chiqarish natijalariga qisman o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi;



d. bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.

41. Amortizatsiya – ...



a. asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;

b. aylanma kapital eskirib borishiga qarab, uning iste’mol qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, aylanma kapitalni keyinchalik ayirboshlash maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;

c. asosiy va aylanma kapitallar eskirib borishiga qarab, ularning qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy va aylanma kapitallarni keyinchalik o‘zlashtirish maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat;

d. aylanma kapital eskirib borishiga qarab, uning foydali jihatlarini to‘liq ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, aylanma kapitalni keyinchalik tasarruf qilish maqsadlarida mahsulotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish jarayonidan iborat.

42. Amortizatsiya normasi nima?

a. amortizatsiya ajratmalari har oydagi summasining shu aylanma kapital foydali jihatlariga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;



b. amortizatsiya ajratmalari yillik summasining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi;

c. amortizatsiya ajratmalari joriy yildagi summasining asosiy va aylanma kapitallari nafliligiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi;

d. amortizatsiya ajratmalari bazis yildagi summasining shu asosiy va aylanma kapitallar iste’mol qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi.

43. Korxona ishlab chiqarish xarajatlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:



a. bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari

b. bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari va to‘g‘ri soliqlar

c. umumiy ishlab chiqarish xarajatlari va egri soliqlar

d. xususiy ishlab chiqarish xarajatlari va qo‘shimcha qiymat solig‘i

44. Korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to‘lov asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?

a. o‘zgaruvchan xarajatlar

b. ichki xarajatlar

c. doimiy xarajatlar



d. tashqi xarajatlar

45. Kapital xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbati – bu …

a. mehnat sig‘imi

b. mehnat unumdorligi

c. kapital samaradorlik

d. kapital sig‘imi

46. Muomala xarajatlari quyidagi ikki guruhga bo‘linadi:

a. yalpi muomala xarajatlari va egri soliqlar

b. umumiy muomala xarajatlari va umumiy soliqlar

c. xususiy muomala xarajatlari va to‘g‘ri soliqlar

d. qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari

47. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?

a. xom-ashyo xarajatlari

b. material xarajatlari

c. yonilg‘i xarajatlari

d. amortizatsiya ajratmasi

48. Muomala xarajatlari tushunchasi – ...

a. tovarlarni taqsimlash jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni iste’molchilardan iste’molchilarga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi

b. tovarlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni iste’molchilardan ishlab chiqaruvchilarga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi



c. tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi

d. tovarlarni iste’mol qilish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni xaridolardan ishlab chiqaruvchilarga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi

49. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablag‘lar qanday nomlanadi?

a. foyda


b. pul daromadlari

c. unumdorlik

d. samaradorlik

50. Mehnat unumdorligi qanday aniqlanadi?



a. mahsulot miqdorini uni ishlab chiqarishga ketgan ish vaqtiga nisbati bilan

b. mahsulot miqdorini qilingan sarf-xarajatlarga nisbati bilan

c. mahsulot miqdorini asosiy kapitalga taqqoslash yo‘li bilan

d. mahsulot miqdorini aylanma kapitalga taqqoslash yo‘li bilan

51. O‘rtacha xarajatlar nima?

a. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari

b. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan doimiy xarajatlar

c. bir birlik mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan o‘zgaruvchan xarajatlar

d. doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisi

52. O‘rtacha foyda:

a. bir ishchining daromadi



b. bir birlik mahsulotdan olinadigan foyda

c. foydaning umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati

d. chegaralangan mahsulotning sotuvidan olinadigan daromad

53. Doimiy xarajatlar nima?

a. asosiy fondlar

b. firmalarning o‘zgarmas passiv va aktivlari

c. firmalarning doimiy aktivlari

d. ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar

54. Doimiy xarajatlarning tarkibiy elementlarini belgilang.

a. ishlab chiqarishning hamma xarajatlari

b. ish haqi va xom-ashyo xarajatlari

c. amortizatsiya va ishchilarning ish haqi

d. amortizatsiya, ijara haqi, yuqori darajadagi menejerlar oyligi

55. Ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga ta’sir qiladigan xarajatlar qanday xarajatlar deyiladi?

a. tashqi xarajatlar

b. doimiy xarajatlar

c. ichki xarajatlar

d. o‘zgaruvchi xarajatlar

56. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar yig‘indisi qanday xarajatlarni tashkil qiladi?



a. umumiy xarajatlarni

b. xususiy xarajatlarni

c. obyektiv xarajatlarni

d. subyektiv xarajatlarni

57. O‘zgaruvchan xarajatlar nima?

a. ishlab chiqarish hajmiga qarab o‘zgaradigan xarajatlar

b. hamisha o‘zgaradigan xarajatlar

c. doimiy kapitalning aylanma fondlarga nisbati

d. o‘zgaruvchan kapital va amortizatsiya

58. O‘zgaruvchan xarajatlarning tarkibiy elementini belgilang

a. ijara va sug‘urta xarajatlari



b. ishchilarning ish haqi va xom-ashyo xarajatlari

c. amortizatsiya va ish haqi

d. faqat ish haqi

59. Quyidagilardan qaysi biri qisqa davrdagi doimiy xarajat hisoblanadi?

a. xom-ashyo xarajatlari

b. material xarajatlari

c. yonilg‘i xarajatlari

d. amortizatsiya ajratmasi

60. Tovarlarni o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qanday xarajatlar deb ataladi?

a. Sof muomala xarajatlari

b. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari

c. Tashqi xarajatlar

d. Qo‘shimcha muomala xarajatlari

61. Tovarni sotish bilan bog‘liq bo‘lib, sotuvchilarning maoshi, marketing (iste’molchilar talabini o‘rganish), reklama va shu kabi xarajatlar qanday xarajatlar deb ataladi?



a. Sof muomala xarajatlari

b. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari

c. Tashqi xarajatlar

d. Qo‘shimcha muomala xarajatlari

62. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi qanday nomlanadi?

a. foyda normasi

b. me’yordagi foyda

c. buxgalteriya foydasi

d. sof foyda

63. Ish haqining shakllari

a. real va nominal

b. asosiy va qo‘shimcha

c. ishbay va vaqtbay

d. barcha javoblar to‘g‘ri

64. Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish qanday tizim yordamida amalga oshiriladi?

a. davlat ijtimoiy tizimi



b. davlat tarif tizimi

c. davlat ish haqi tizimi

d. davlat moliya tizimi

65. Ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasidan yuqori ishlab chiqargan mahsulotiga oshirilgan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?



a. ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi

b. ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi

c. to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi

d. vaqtbay-mukofotli haq to‘lash tizimi

66. Ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qati nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanuvchi ish haqi tizimi qanday nomlanadi?

a. ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi

b. ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi

c. to‘g‘ri ishbay haq to‘lash tizimi

d. vaqtbay-progressiv haq to‘lash tizimi

67. Mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida nima hisobga olinadi?

a. sarflangan ish vaqti



b. bajarilgan ish hajmi

c. ishchining mehnat staji

d. bajarilgan ish hajmi va ish vaqti hisobga olinadi

68. Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida nima hisobga olinadi?



a. sarflangan ish vaqti

b. bajarilgan ish hajmi


Download 54,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish