Bog'liq YER OSTIDA TANLAB ERITMAGA O\'TKAZISH USULINI QO\'LLASHNING GEOLOGIK VA GIDROGEOLOGIK SHAROITLARI
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayoni bo'yicha olib boriladigan tajribalar. Bizga ma'lumki, gidrogen konlari yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini qo'llash uchun juda qulay hisoblanadi. Ularni orasidagi geologik o'xshashliklarga qaramasdan har biri yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayonining texnik ko'rsatkichlari va iqtisodiy ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatadi. Ular bir birlaridan masshtabining kengligi hamda u yerda joylashgan rudalar tarkibidagi uran va boshqa minerallarning ko'pligi yoki kamligini hamda bundan tashqari uning yordamida rudalarning qanday chuqurlikda joylashgani hamda rudalarning tarkibini o'rganish imkoniyatini beradi. Ular orasidagi bu farqlar nafaqat har xil hududdagi konlar orasida ba'zi hollarda esa hatto bir- biriga yaqin joylashgan yoki bir kondagi minerallar orasida ham uchrab turadi.
Shu tufayli yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulidan foydalanilmoqchi bo'lgan gidrogen konlaridagi kuzatuv jarayonining har bir pog'onasida qat'iy ravishda e'tiborli va kuzatuvchan bo'lish lozim. Ular ham tog'li hududlardagi kabi vazifalarni bajaradi, ya'ni hududning texnologik xususiyatlarini hamda rudalarning tarkibini o'rganib chiqadi. Lekin ular orasidagi yagona farq shundaki, yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulidan foydalanganda barcha tajribalar o'sha yerning o'zidayoq tog’ jismlari ajratmasdan turib olib borish imkonini beradi.
Olib borilayotgan tajribalar ish jarayonining uzluksiz qismi hisoblanadi hamda yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayonida ham uzluksiz ravishda qo'llanilib boradi. Tajribalardan ko'zlangan asosiy maqsadlarga qu'yidagilar kiradi.
1) Asosiy gidrogeologik usullar hamda ularning parametrlari, ya'ni filtratsiya jarayonning koeffitsienti yoki suv o'tkazuvchanlik darajasi, mo'rtlashuv effekti. Ular qatoriga suv o'tkazadigan ruda aralashmalar hamda tarkibida ruda minerallari bor bo'lgan hamda bo'lmagan moddalar ham kiradi:
2) Filtratsiya jarayonining bir tekisda kechmasligi ham ruda aralashmalarining chegaralariga hamda ishlab chiqarishda ishlatiladigan eritmalarga o‘z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi;
3) Qatlamning ishqorlash tezligi ta'sir etilgan kimyoviy unsur konsentratsiyasiga bog'liq va filtratsiya koeffitsientiga bog'liq;
4) Ruda tarkibidan qazib olinadigan uran koeffitsienti;
5) Rudani eritishda qo'llaniladigan kislotaning ruda hajmiga qarab sarf etilganligi;
6) Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayonida tog’ jinslaridagi filtratsiyadan so'ng yuz beradigan o'zgarishlar.
Bu borada yuzaga kelgan hamda javoblari xali topilmagan savollarga tajribalar o'tkazish jarayonida javoblar topish mumkin va bu javoblarning barchasi ilmiy asoslangan bo'ladi. Biroq javoblar olib borilayotgan faoliyatlarga qarab o'zgarishi ham mumkin. Biroq olib borilayotgan faoliyatning qaysi pog'onada ekanligi yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayoning geotexnologik jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bu jarayon tabiiy holatda davom etadi.
Biroq geologik kuzatuv ishlarining qay darajada ekanligi ahamiyatsiz, chunki geotexnologiya jarayonning bir tekisda kechishi ruda qatlamlarining tabiiy muhitda vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Bularning hammasi geotexnologik harakatlarining kelgusida rudalarni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulidan foydalangan holda qazib olish imkoni beradi. Laboratoriyalarda yaratiladigan sharoitlar qanchalik harakat qilmaylik baribir tabiiy sharoitlarga 100% o'xshash sharoitni yaratishning imkonini bermaydi.
Biroq geologik kuzatuvlar qaysi pog'onada bo'lishidan qat'iy nazar yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish jarayoniga umuman ta'sir etmasligining geotexnologik jarayon hamda ruda konlari va qoldiqlari bilan bog'liq bo'lib tabiat hodisalari ham tajriba jarayoniga katta ta'sir ko'rsatadi. Bular shuni anglatadiki, yer ostida tanlab eritishda geotexnologik sharoitlarni konlardagi tabiiy sharoitlarga imkon qadar yaqinlashtirishga uriniladi. Biroq laboratoriyalardagi konlardagi sharoitlarni hisobga olishning imkoni ham ilojisi ham yo’q. Shuning uchun konlardagi sharoitlarni laboratoriya hududlarida yaratishga qanchalik urinmaylik bularning bari befoyda. Geotexnologik izlanishlar shuni ko'rsatadiki laboratoriyalarda olib borilgan tajribalardan olingan natijalar faqatgina belgilab qo'yilgan ruda konlariga to'g'ri keladi, xolos. Ba'zi gidrogen konlarda olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, yuqorida ko'rsatib o'tilgan qoidalarga amal qilmaslik noto'g'ri qarorlar va qo'shimcha xarajatlarga olib keladi. Masalan: 4.1 a rasmda biz ruda chegarasining karbonat kvarsiga ega bo'lmagan tuproq qatlamini va uning filtratsiya koeffitsienti kesimini (Kf = 0,5 m/sut) holatida ko'rishimiz mumkin. Kf= 2^3 m/sut hamda ular tajribadagi boshqa moddalar aralashmasini shu formula orqali amalga oshirishimiz mumkin. Laboratoriyalarda olib borilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, rudalar tarkibidan 1 kg metallni ajratib olish uchun ko‘p miqdorda kislota talab qilinmaydi. Biroq uchta so'rib oluvchi va sakkizta yuboruvchi texnologik skvajinaqa ega bo'lgan 30 X 15m kenglikdagi konlarda olib borilganda teskari natijalarga erishildi. Bunga sabab eritma kislotalarining ruda chegaralarida to'dalanib qolishi edi.
Ikkinchi holatda 4.1 rasmda ruda chegarasining yupqa tuproq qatlami va ruda qatlamining 1% karbonat bilan boyitilgan (SO2) hamda ikki tomonlama gil bilan qoplangan kesimi berilgan. Ruda chegaralaridan yuqori qismida gil qatlamining yuqori qismida hamda ularning qoq markazidagi korbanat sementi, dolomit va tuproqli qatlamlarida uchrab turadi. Ikki oydan so'ng 30 X 15 m bo'lgan uchta so'rib oluvchi va sakkizta yuboruvchiga mo'ljallangan texnologik skvajinalar(texnologik skvajina)da 40-50 mg/l miqdorigacha bo'lgan suyuqlikdagi uranni olish mumkin. Biroq bu ko'rsatkich 2,5 oydan so'ng 3-5 mg/l ga tushib ketdi. Bunga sabab kislotaning karbonat hamda, boshqa qatlamlarigacha yetib borganligi edi. Agar ishlatiladigan kislota miqdori olinadigan 1 kg metall hamda jinslar miqdoriga mo'ljallanganda maqsadga muvofiq bo'lardi. Ularning tarkibidan namunaga olingandan so'ng fraksiya jarayoni uchun ham namuna olish va uranning to'rt yoki olti valentli ekanini aniqlab olish lozim.
Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuli uchun mo'ljallangan oxirgi amallar ruda tarkibidagi uran minerallaridan tashqari qolgan minerallar tarkibi va tuzilishini o'rganishga yordam beradi. Rudalarning suvli-fizikaviy xossalari ularning umumiy yengillligi perpendikulyar tuzilishi hamda har bir tog’ jinsining litologik jihatlarini o'rganadi. Minerallarning o'tkazuvchanligi ikki xil shaklda o'tgan chiziq yordamida aniqlanadi. Bular iks(krest) yoki bir tekis ko'rinishdagi monolit shakllar.Bu usulning ahamiyati shundaki, uning yordamida oreol atrofiga kislota qay darajada suzib tushishini aniqlashimiz mumkin. Filtratsiya jarayoni tekislikdagi suvda ham ishlab chiqarish jarayonidagi suyuqliklarda ham uchrab turilishi lozim.