1.2.-rasm. Tizimli plata kompyuter qismlarini o`zaro bog`laydi.
Dastlabki MPBlar bir yadroli qilib ishlab chiqilgan. Yadro – bu ko`rsatmalarni o`qishni va ishga tushirishni bajaruvchi protsessor bo`lagi. Bugungi kunga kelib, protsessorlarning ish quvvatini oshirish maqsadida chip ishlab chiqaruvchilar tomonidan MPBlar tarkibiga bir necha yadrolarni joylashtirishmoqda. Ko`p yadroli MPBlar – ikki yoki undan ko`p bo`lgan alohida yadrolardan tashkil topgan yagona component sifatida qaraladi.
1.2.2. Bitlar va baytlar.
Xotira haqida gapirishdan oldin, keling, axborot (ma’lumot va dasturlar) kompyuterda qanday saqlanishi bilan tanishib chiqamiz.
Kompyuter aslida switchlar seriyasidan ko`ra ko`proq narsa emas. Har bitta switch ikki xil qiymatga ega: yoqilgan yoki o`chirilgan (on/off). Kompyuterda axborotning saqlanishi oddiy bo`lib, switchlarning o`chirilgan yoki yoqilgan holatlari bo`yicha kombinatsion ketma-ketligiga bog`liq. Agar switch yoqilgan bo`lsa uning qiymati 1, agar o`chirilgan bo`lsa qiymati 0 ga teng bo`ladi. Bu qiymatlar ketmaketligi ikkilik sanoq tizimini tashkil etadi va ular bitlar deb ataladi.
Kompyuterda yoziladigan eng kichik bo`lak – bayt deb ataladi. Bir bayt 8 bitdan iborat. Mayda raqamlar, masalan 3 raqami kompyuterda bir bayt bo`lib yoziladi. Lekin kompyuterda faqat bitta bayt bilan ma’lumot yozilmaydi, balki, bir vaqtda bir nechta baytlar bilan ishlaydi.
Raqamlar va belgilar kabi turli xildagi ma’lumot turlari baytlar seriyasi ko`rinishida shifrlanadi. Dasturchi sifatida ma’lumotlarni shifrlash yoki deshifrlash ustida bosh qotirishingiz shart emas, buni shifrlash sxemasi asosida kompyuter tizimi bajaradi. Shifrlash tizimi kompyuterning raqamlar, harflar va belgilarning qanday qilib kompyuterda shifrlanish qoidalari tizimidir. Ko`pchilik sxemalar har bir belgini oldindan aniqlangan bitlarga o`giradi. Misol uchun, eng ommalashgan ASCII shifrlash sxemasida “C” belgisi kompyuterga “01000011” ko`rinishida taqdim qilinadi.
Kompyuterda yozilgan fayllar hajmi quyida keltirilgani kabi baytlarda va ko`paytirilgan baytlarda o`lchanadi:
1 kilobayt (KB) – 1024 bayt;
1 megabayt (MB) – 1048000 (1 million, 48 ming) bayt;
1 gigabayt (GB) – 1073741824 (1 milliard, 73 million, 741 ming, 824) bayt;
1 terabayt (TB) – 1,09951E+12 (1 trillion, 99 milliard, 510 million) bayt.
Odatda bir word sahifasi 20 KB atrofidagi hajmni egallaydi. Shundan kelib chiqib, 1 MB hajmni hujjatning 50 sahifasi, 1 GB hajmni esa hujjatning 50,000 sahifasi egallashini bilish mumkin. Odatda yuqori darajali, 2 soat davomiylikka ega bo`lgan videofayl 8 GB joyni egallasa, shunday videofayllarning 20 tasi 160 GB joyni talab etadi.
1.2.3. Xotira
Dastur xotirada yaxshi yozilishi va xotiradagi ma’lumotlar bilan yaxshi ishlashi uchun kompyuter xotirasida baytlar tartiblangan ketma-ketliklarda joylashtiriladi. Xotirani kompyuterning dasturni ishga tushirishi uchun ishchi maydon sifatida qarash mumkin. Dastur va uning fayllari dastur MPB tomonidan ishga tushirilishidan avval xotiraga ko`chirilishi lozim. 1.3-rasmda keltirilganidek, har bitta bayt xotirada o`zining unikal (yagona, alohida) manziliga ega. Manzillar ma’lumotlarni yozish va qaytarish uchun baytlarni bog`lashda ishlatiladi. Shu o`rinda baytlar xotirada ixtiyoriy tartib raqamni egallashi mumkin, o`z navbatida xotira ham turli tartibli xotira (Random Access Memory, RAM) ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |