1.5-rasm. USB xotira qurilmasi
1.2.5. Kiritish va chiqarish qurilmalari
Kiritish va chiqarish qurilmalari foydalanuvchini kompyuter bilan bog`laydi. Ko`p ishlatiladigan kiritish qurilmalari – klaviatura va sichqoncha. Ko`p ishlatiladigan chiqarish qurilmalari – monitor va printer.
Klaviatura. Klaviatura kompyuterga ma’lumotlarni kiritish uchun qo`llaniladi. Ixchamlashtirilgan klaviatura (Compact keyboard) deganda raqamlar klaviaturasi mavjud bo`lmagan klaviatura tushuniladi
1.6-rasm. Kompyuter klaviaturasidagi tugmalar kompyuterga ma’lumot kiritish uchun ishlatiladi.
Funksional (vazifali) tugmalar klaviaturaning yuqori qismida joylashgan bo`lib, ularning nomlanishi “F” harfi bilan boshlanadi. Ularning vazifalaridan dasturiy ta’minotda ishlayotganda foydalaniladi.
O`zgartirish tugmalari maxsus tugmalar (Shift, Alt, Ctrl) bo`lib, boshqa tugmalar bilan birgalikda bosilganda zaruriy o`zgartirishlarni amalga oshirish mumkin bo`ladi.
Raqamlar klaviaturasi (numerical keypad). Klaviaturaning o`ng tomonidan joylashgan bo`lib, uning kalkulyator stilida joylashtirilganligi raqamlarni tezkor kiritish imkonini beradi.
Yo`naltirish tugmalari asosiy va raqamlar klaviaturalari oralig`ida joylashgan bo`lib, ko`pchilik dasturlarda sichqoncha ko`rsatkichini o`ngga, chapga, yuqoriga va pastga surish uchun ishlatiladi.
Insert, Delete, Page Up, va Page Down tugmalari matnlarni qayta ishlash dasturlari va boshqa dasturlarda matn va ob’yektlarni kiritish, matn va ob’yektlarni o`chirish va hujjat sahifalarining joylashuv pozitsiyani yuqoriga ko`tarish yoki quyiga tushirish uchun ishlatiladi.
Sichqoncha. Sichqoncha – chizish qurilmasi sifatida kiritish qurilmalari tarkibidan joy olgan. Uning ko`rsatkichini zaruriy nuqtalarga surish orqali grafik muhitlarda turli grafik shakllar chizish yoki tugmalarni bosish orqali tegishli shakllarni hosil qilish mumkin.
Monitor. Monitor matnli va grafik ma’lumotlarni ko`rsatadi. Ko`rsatish o`lchami va pikselli nuqtalar soni uning sifatini belgilaydi.
Ko`rsatish o`lchami qurilma ekranining gorizontal va vertikal tomonlari bo`ylab joylashgan piksellar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Pixellar (Picture elements - tasvir elementlari) ekranda ko`rsatilgan tasvirning juda kichik nuqtalaridir. Masalan, 17 dyum o`lchamdagi monitorlar uchun eniga 1024 piksel va bo`yiga 768 piksel o`lchami mos tushadi. Ekran o`lchamini qo`lda ham o`zgartirish mumkin, bunday hollarda tasvir eniga yoki bo`yiga qarab cho`zilishi, asl hajmini ko`rsata olmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |