1.2“O’zbekiston temir yo’llari” AJning korxonalarida asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash.
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar soni, ularning unumdorligi, quvvati, ishlab chiqarish maydonining o’lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko’rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi
Korxona asosiy fondlari pul shaklida baholanadi va korxona balansida uning mulki sifatida ko`rsatiladi. Asosiy vositalardan foydalanish darajasiga qarab ishlab chiqarishda ishlatiladigan, zaxirada, konsеrvatsiyada turadigan va ijaraga berilgan asosiy fondlarga bo`linadi. Asosiy vositalar to`rtta turda baholanadi: boshlang`ich, joriy, qoldiq va tugatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |