2.2.“O’zbekiston temir yo’llari” AJning korxonalarida asosiy vositalarni kapital ta’mirlashni tashkil etish.
2.3. Quyuv-mexanika zavodining asosiy faoliyati va “O’zbekiston temir yo’llari” AJning samaradorligini oshirishdagi o’rni
Kirish
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri bo'lib, uning iqtisodiyoti bozor munosabatlariga yo'naltirilgan. Ayna paytda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari sanoat, transport, qishloq xo'jaligi, savdo va pulli xizmatlar sohasi rivojlanmoqda.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ishlab chiqarishni o'stirish jarayonlarida davlatning har tomonlama hisobga olingan moliyaviy siyosati eng muhim rol o'ynaydi. Sanoat va qishloq xo'jalik tarmoqlarining barqaror ishlashiga rivojlangan transport tizimi yordamida erishilmoqda va unda yetakchi o'rinni temir yo'l transporti egallagan. Ijtimoiy yo'naltirilgan O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq “O'zbekiston temir yo'llari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy maqsadi barqaror, xavfsiz va samarali rivojlanish texnikaviy salohiyatini oshirish uchun sharoit yaratish edi. O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga faol kirib borishi, siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash xalq xo'jaligi transport ta'minoti yuqori darajada bo'lishini nazarda tutadi. Buning uchun eng avval, temir yo'llarni rivojlantirish zarur. Shu bois iqtisodiy sohada islohatlarni yanada chuqurlashtirish makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy taxlil va audit, sug'urta ishi, temir yo'l transporti moliyasi haqida ma'lum bilimga ega bo'lishimizni talab etadi.. Barcha korxonalarda asosiy fondlardan foydalanish muhim omil hisoblanadi chunki har bir korxona o’zining asosiy vositalari (fondlari) to’g’ri foydalanmas ekan bu uning samaradorligiga juda katta ta’sir ko’rsatadi.Shuningdek temir yo’l transporti korxonalarida asosiy fondlarning o’rni beqiyos.
«Haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart» Tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, investorlar uchun keng sharoitlar yaratish, ayniqsa, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha oldindagi muhim vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu – Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirdi prezident matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bugun, 28 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan nutqidan.“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini hayotga tatbiq etishimiz zarur“, – dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev «Raqamli iqtisodiyotga o‘tish» konsepsiyasini ishlab chiqishda axborot xavfsizligiga alohida etibor berish kerak ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-martdagi «2015 — 2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirishni ta'minlash, diversifikatsiyalash, modernizatsiya qilish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida» PF-4707-sonli Farmoni va «2015-2019-yillar uchun muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviylashtirish dasturi to'g'risida» 2015 yil 6-martdagi PQ-2313-son Qarori bilan temir yo'llar tarmog'ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, sohaning ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, respublika korxonalari va aholisining yuklar tashish va yo'lovchilar tashuvidagi ehtiyojlarini qondirish sohasidagi asosiy yo'nalishlar, yondashuvlar va mexanizmlar belgilab berildi.
Har bir xo’jalikda biz asosiy vositalardan foydalanib kelmoqdamiz.Аsosiy fondlаr – uzoq vаqt dаvomidа o`zgаrmаs nаturаl ko`rinishdа аmаl qilаdigаn moddiy-buyum boyliklаr jаmlаnmаsidir.Ulаr o`zining qiymаtini eskirish dаrаjаsi bo`yichа mаhsulot, ish vа xizmаtlаr nаrxigа kiritilаdigаn аmortizаtsiya аjrаtmаlаri ko`rinishidа qoplаydi.Temir yo`l trаnsportining аsosiy fondlаri iqtisodiyot tаrmoqlаri vositаlаri tаrkibigа kirаdi, u bilаn birgа rivojlаnаdilаr vа uning rivojlаnishi vа tаkomillаshuvining mаhsuloti hisoblаnаdidi. Temir yo`l trаnsportining аsosiy fondlаri iqtisodiyotdа ITT bilаn, ishlаb chiqаrish vositаlаridа vа аyniqsа mehnat qurollаridа texnik tаrаqqiyot bilаn uzviy bog`lаngаn. Temir yo`l trаnsportining аsosiy fondlаri holаtigа trаnsport mаshinаsozligi, metаllurgiya, kimyo sаnoаti vа boshqа tаrmoqlаr kаttа tа`sir ko`rsаtаdi, chunki temir yo`l trаnsporti bu tаrmoqlаrdа ishlаb chiqаrilаdigаn texnikani eng yirik iste`molchisi hisoblаnаdi. O`z nаvbаtidа temir yo`l trаnsportining rivojlаnishi bаrchа iqtisodiyot
tаrmoqlаridа ITT tezlаshuvigа tа`sirini ko`rsаtаdi. Temir yo`l trаnsportining аsosiy fondlаri o`tkаzish vа tаshish qobiliyatining kerаkli zaxirasini yarаtish, o`sib boruvchi tаshishni tezkor o`zlаshtirish, iqtisodiyot tаrmoqlаrining tаshish uchun xаrаjаtlаrini kаmаyishi, mehnat unumdorligini o`sishi vа Temir yo`l trаnsporti xodimlаrining mehnat shаroitlаrini sog`lomlаshtirish, zаmonаviy eng yangi texnika vа texnologiyalаrini joriy etish, tаnnаrxini kаmаytirish vа ish rentаbelligini oshirishni tа`minlаshi lozim.
Temir yo’l tarnsporti korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida korxonalarda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda malakaviy bitiruv ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
asosiy fondlarning mohiyati va uning korxona faoliyatidagi o’rnini
aniqlash;
korxonalarda asosiy fondlarni eskirishi, ularni baholash va ta’mirlash ,kapital tamirini takomillashtirish,usullarini aniqlash;
korxonalarda asosiy fondlar samaradorligini oshirishning mezonlari va
ko’rsatkichlari tasniflash;
asosiy fondlarni kapital tamirini takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |