Qoplanadigan summa – xo`jalik yurituvchi subyekt kеyinchalik aktivdan
foydalanish hisobiga, shu jumladan tugatish qiymati hisobiga qoplanishini
kutayotgan summadir.
Korxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi rasm ko’rinishda aks ettirish mumkin: Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko’rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo’llanib kelgan bo’lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda. Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang’ich, belgilangan tartibda o’tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanadi. Asosiy fondlarni boshlang’ich yoki tiklanish qiymati bo’yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin. Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog’liq bo’ladi. Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotilishidir. U ikki shaklda yuzaga keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa, ikkinchi shaklda asosiy fondlarning qadrsizlanishi yangi, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo bo’lishi natijasida ro’y beradi. Asosiy fondlar ma’naviy eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
Bu yerda:
P - asosiy fondlarning to’liq boshlang’ich qiymati;
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati;
Pn- yangi texnikaning unumdorligi.
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o’rnini iqtisodiy to’ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizasiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo’qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko’p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug’iladi. O’z vaqtida ta’mirlash asosiy fondlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi . Asosiy vositalarning eskirishi bu ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini asta-sеkin yo`qotishdir. Eskirish jismoniy va ma'naviy eskirishga bo`linadi.
Jismoniy eskirish ikki omil ta'sirida vujudga kеladi:
1.asosiy vositalarni ishdan chiqaruvchi tabiiy sharoitlar;
2.ishlab chiqarish jarayonida ishlatish darajasining ta'siri ostida.
Ma'naviy eskirish – yangi, takomillashgan va iqtisodiy jihatdan foydali asosiy vositalarning konstruktiv va iqtisodiy eskirishi. Pul qiymatida ifodalangan asosiy vositalarning ilmiy mе'yorlangan eskirish miqdori amortizatsiya ajratmalari dеb ataladi. Amortizatsiya ajratmalari hisobiga asosiy vositalar yangilanadi, rivojlantiriladi. Amortizatsiya ajratmalarining miqdori asosiy vositalar qiymati va amortizatsiya ajratmalarining me’yorlariga bog`liq. Amortizatsiya me’yori amortizatsiya ajratmalarining yil uchun rеjaviy miqdoridir. Amortizatsiya ajratmalarining yillik me’yori (N) asosiy vositalarning (AV) qiymatiga ko`paytmasi ko`rinishida % da bеlgilanadi.
А= ;
N=100/tom,
bu yerda, tom – obyektlarning yillar bo`yicha xizmat muddati. Tеmir yo`l transporti asosiy vositalarning amortizatsiya me’yorlari 8% miqdorida bеlgilangan (1997 yil 1 yanvar O`z R. Moliya Vazirligi xati). Zaxirada yoki konsеrvatsiyada turgan asosiy vositalar bo`yicha amortizatsiya hisoblanmaydi. Amortizatsiya ajratmalarining summasi asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymati va o`rnatilgan amortizatsiya me’yorlaridan kеlib chiqqan holda hisoblanadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida ko`p marta ishlatiladi va o`z qiymatini eskirishini (amortizatsiyani) hisoblash orqali asta-sеkin o`rnatil-gan foydalanish muddati davomida ishlab chiqarish xarajatlariga o`tkazadi.Asosiy vositalar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalariga bo`linadi. Ishlab chiqarishni kеngaytirish uchun amortizatsiya fondidan tashqari
mablag`lar olingan foyda va majburiy ajratmalar shaklida O’TYning hisob raqamida to`planadi va asosiy vositalarni qayta tiklashni moliyalashtirishga yo`naltiriladi. Ishlab chiqarish asosiy vositalariga: tеmir yo`l inshoatlari, yuk va
yo`lovchi vagonlar, lokomotivlar, mashinalar, dastgohlar, signallashtirish va aloqa moslamalari, energiya tizimlari hamda ishlab chiqarish jarayoni uchun mo`ljallangan binolar, rеzеrvuarlar, transport vositalari kiradi. Noishlab chiqarish asosiy vositalariga ishlab chiqarish jarayonida bеvosita qatnashmaydigan vositalar (o`quv yurtlari, klublar, sog`liqni saqlash muassasalari va boshqalarning asosiy vositalari) kiradi. Tеmir yo`l kompaniyasining ishlab chiqarish asosiy vositalari ularning umumiy qiymatining 90%ini tashkil etadi, asosiy vositalarning taxminan 10 %i noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga to`g`ri kеladi. Korxona asosiy fondlari pul shaklida baholanadi va korxona balansida uning mulki sifatida ko`rsatiladi. Asosiy vositalardan foydalanish darajasiga qarab ishlab chiqarishda ishlatiladigan, zaxirada, konsеrvatsiyada turadigan va ijaraga berilgan asosiy fondlarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |