Dispersion yelimlar. Vinilatsetat polimerlari hamda ularning hosilalari, kauchuk latekslari asosli yelimlash dispersiyalari eng ko‘p tarqalgan. Polivinilatsegat dispersiyasi (polivinilatsetat emulsiyasi) vinilatsetatning suvda polivinil spirti ishtirokida polimerlanish mahsulidir. Polivinilatsetat dispersiyaning (ГОСТ 18992–93) past qovushoq (Н), o‘rtacha qovushoq (С) va yuqori qovushoq (В) xillari ishlab chiqariladi. Uni plastifikatsiyalanmagan va plastifikatsiyalangan dibutilftalat (ДБ) yoki dibutilsebatsianat (ДС) dan tayyorlanadi. Polivinilatsetat dispersiya shipli birikmalarni yelimlab yopishtirishda, qog‘oz asosli plyonkalar va dekorativ qog‘oz qatlamli plastiklar, matolardan iborat pardozlash qatlamlarini yopishtirishda, penoplastlarni yog‘och detallarga yopishtirishda ishlatiladi. ГИРК-141 yelimi (ТУ 6-05-251–92) S-135 markali dispersiya asosida tayyorlanadi (ТУ 6-10-1079–90). U vinilatsetatning dibutilmaleot bilan qo‘shma polimerlanishidan hosil bo‘ladi. Bu yelim panellarni ПВХ plyonkasi bilan pardozlashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |