10-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH
1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish.
1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi
Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.
Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda .
2. Ekportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish.
Respublikamiz eksporti va importining tovar va geografik tarkibini takomillashtirish orqali raqobatbardoshlikni oshirish bir qator vazifalarning amalga oshirilishini taqozo etadi.
11.2.2-rasm.
Xorijiy davlatlarda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan, yoki ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin bo’lgan mahsulotlarga bo’lgan talabni o’rganish, bunday tovarlar bozorlariga kirib borish va raqobat qilish strategiyasini ishlab chiqish eksport qilinayotgan tovarlar sonini va mamlakatlar geografiyasini kengaytirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Jahon bozorlarida korxonalarimiz mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi:
- eksport qiluvchi korxonalarga mahsulot tayyorlash va sotish xarajatlarini kamaytirishda ko’maklashish;
- ularni tashqi bozor kon’yunkturasidagi o’zgarishlar, istiqbolli bozorlar, raqobatchilar to’g’risida olib borilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirish;
- transport-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish;
- yangi transport yo’laklarini ochish orqali transport xarajatlarini kamaytirish va h.k.
Bu borada har bir tarmoq uchun ishlab chiqilishi ko’zda tutilayotgan 2010-2012 yilga mo’ljallangan tayyor mahsulotni yangi tashqi bozorlarga chiqarish bo’yicha maxsus dasturlarda eksport hajmini oshirish, eksport qilinadigan yuklarni tashish tizimini takomillashtirish, eksportchi korxonalarni marketing, moliya va tashkiliy-huquqiy qo’llab-quvvatlash masalalari o’z aksini topadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, eksport hajmini oshirish, uning tarkibini takomillashtirish, umuman tashqi savdo aylanmasini divesifikatsiya qilish iqtisodiyotimiz tarkibiy tuzilishida sifat o’zgarishlariga erishish, uning raqobatbardoshligini oshirish orqali iqtisodiy yuksalish va aholi turmush farovonligini yanada ko’tarish maqsadlariga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |