3. Ruxsatlarni nazoratlash
Tizim resurslarini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ixtiyoriy xavfsizlik muammosi uchun biz ruxsatlarni nazoratlash terminini “soyabon” sifatida foydalansak bo‘ladi.
Ruxsatlarni nazoratlash sohasi quyidagi qism sohalardan iborat:
–Identifikatsiya
–Autentifikatsiya
–Avtorizatsiya.
Identifikatsiya- shaxsni kimdir deb davo qilish jarayoni.Masalan, siz telefonda o‘zingizni tanitishingizni identifikatsiyadan o‘tish deb aytish mumkin. Bunda siz o‘zingizni, masalan, “Men Bahodirman” deb tanitasiz.Bu o‘rinda “Bohodir” sizning identifikatoringiz bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, identifikatsiya – subyekt identifikatorini tizimga yoki talab qilgan subyektga taqdim etish jarayoni hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |