1-keys. Mavzu. Pedagogik tadkikotlar metodologiyasi fanini o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalari



Download 384,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana13.12.2022
Hajmi384,84 Kb.
#884835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
55887 PTM Keyslar banki (1)



1-KEYS.Mavzu. Pedagogik tadkikotlar metodologiyasi fanini
 o‘qitishda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalari 
2018 yilning may oyida “Umumiy pedagogika” kafedrasida “Zamonaviy 
pedagogik atamalar” mavzusiga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Seminar-
treningda hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan “metodika”, 
“texnologiya”, “interfaol metod”, “strategiya”, “grafik organayzerlar” kabi atamalar 
tahliliga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-treningda pedagogik texnologiyalar 
sohasiga doir qator izlanishlar olib borgan mutaxassis olimlar taklif etildi.
Moderator birinchi bo‘lib so‘z navbatini “metodika” va “texnologiya” 
tushunchalari mohiyatini aniqlashtirib berish uchun pedagogika fanlari doktori, 
professor D.Sayfullaevga berdi. Olim o‘z nutqida “Metodika – qat’iy ketma-ketlikka 
(algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq rioya qilish 
bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi”ni, 
“texnologiya – bu rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi”ni 
ifoda etadi, degan umumiy fikrni berdi. Shundan so‘ng, “Kasbiy pedagogika” 
kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Alieva D.Sayfullaevga shunday savol bilan murojaat 
etdi: “Domla, kechirasiz, sizningcha, metodika va texnologiyaning bir-biridan farqi 
nimada?”. I.Jo‘raev qisqa qilib “metodika o‘rgatadi, texnologiya o‘ynatadi” degan 
javobni berdi. M.Alieva javobni tushunmasdan hayron bo‘lib, indamay qo‘ydi. Olim 
unga “Nega siz javobdan qoniqmadingizmi?” savol nazari bilan qaradi, M.Alieva 
esa indamadi. Kafedra o‘qituvchisi G.Qo‘ldosheva M.Alievaga “Nimaga 
tushunmaysiz, domla aytmoqchilarki, o‘qitish metodikasi talabalarni faollashtira 
olmaydi, texnologiya esa ta’lim oluvchini faollashtirib, o‘yin asosida 
mashg‘ulotlarni qiziqarli o‘tishini ta’minlaydi” deb tushuntirgan bo‘ldi.
D.Sayfullaev o‘z chiqishini yakunlagach, moderator so‘zni pedagogika fanlari 
doktori, professor N.Abdullaevaga berdi va “zamonaviy pedagogik texnologiyalar” 
haqida ma’lumot berishni so‘radi. N.Abdullaeva bugungi kunda ko‘plab zamonaviy 
pedagogik texnologiyalar mavjudligi, ularga aqliy hujum, B-B-B, kaskad, pinbord, 
klaster, zigzag, tarmoqlar, o‘yinli texnologiyalar kabilar borligini aytib, ularga 
qisqa-qisqa izoh berdi. N.Abdullaeva so‘zini yakunlagach, dotsent A.Ikromov unga 


quyidagi savol bilan murojaat etdi: “Ustoz, meni bir savol ko‘p vaqtdan beri 
qiziqtiradi: “Texnologiya bilan interaktiv metod” tushunchasi bir narsami? Har doim 
ularni aralashtirib qo‘llayveramiz, shu to‘g‘rimi?”. N.Abdullaeva savolga 
quyidagicha javob berdi: “Siz menimcha, savolni men yuqorida bir nechta 
texnologiyani sanab o‘tganimdan kelib chiqib beryapsiz. Ularni “texnologiya” deb 
aytish ham, “interfaol metodlar” deb nomlash ham mumkin” degan javobni berdi. 
Javobni eshitgach, A.Ikromov “unda birini qo‘llayversak bo‘lmaydimi?” degan 
savol nazari bilan qaradi. Unga javoban olima “Istaganigizni ishlatavering” deb 
javob berdi. Shu bilan N.Abdullaeva ham chiqishini yakunladi.
Uchinchi bo‘lib so‘z navbati L.Vasiljonovaga berildi. U “Nutq so‘zlashdan 
avval men sizlarni qiziqtirgan savollarni eshitmoqchiman” degan fikr bildirdi. 
Shunda qolganlar indamasdan turganda, A.Ikromov “man savol bersam, maylimi?” 
deb ruxsat so‘radi. Bering, degan ishora qilingach, u “Men hali professor 
N.Abdullaevaga ham shunga o‘xshash savolni bergandim, sizning ham fikringizni 
bilmoqchiman: Metod bilan texnologiyani bir-biridan nima farqi bor? Sizni 
pedagogik texnologiyaga doir kitobingizda keys-stadi, o‘quv loyihasi haqida 
ma’lumot berilganda, ularga nisbatan ham metod, ham texnologiya so‘zlari 
qo‘llanilavergan. O‘zi bu tushunchalarni qanday qo‘llash o‘rinli bo‘ladi?”. 
L.Vasiljonova: “Menimcha, siz N.Abdullaevaning fikrlariga yaxshi e’tibor 
qaratmabsiz, ular bu tushunchalarning ikalasini ham qo‘llayverish mumkin, deb 
aytdilar. Men sizga osonroq tushuntirib beraman. Mana e’tibor qarating: men 
ishxonada Vasiljonova Latofat Abdurashidovnaman, farzandim uchun onaman
turmush o‘rtog‘im uchun ayoliman, baribir o‘sha Latofatman” degan javobni berdi. 
Hamma miyig‘ida kulib, bir-biriga qarab qo‘ydi.
A.Ikromov yana savol berishga ruxsat so‘radi. Uzr so‘ragan holda, 
L.Vasiljonovaga “Siz kitobingizda grafik organayzerlarni “ta’lim vositalari” deb 
bergansiz. Men bu fikrga qo‘shilmadim. Chunki,biz didaktik vositalar deganda 
kitob, chizma, rasm, jadval, nutq, laboratoriya jihozlari, o‘quv qurollarini 
tushunamiz. Grafik organayzerlarni vosita deb aytish to‘g‘rimi?” L.Vasiljonova 
savolga quyidagicha javob berdi: “Grafik organayzerlar tuzilishiga ko‘ra chizma, 


jadval ko‘rinishiga ega bo‘lganligi uchun ularni “vosita” deb talqin qilganmiz”. 
So‘ng A.Ikromovga savol bilan murojaat qildi: “Siz grafik organayzerlarni qanday 
xarakterga ega deb hisoblaysiz?” A.Ikromov “Grafik organayzerlarni vosita emas, 
metod deb qo‘llash o‘rinli bo‘ladi” degan javobni berdi. Unga javoban 
L.Vasiljonova “Siz istasangiz shunday qo‘llashingiz mumkin” deb aytdi. 
L.Vasiljonova chiqishini tugallaganidan so‘ng, moderator umumiy tarzda 
seminar-treningga yakun yasadi. Kafedra-o‘qituvchilarining ko‘pchiligi seminar-
trening davomida zamonaviy sharoitda keng qo‘llanilayotgan tushunchalar haqida 
aniq ma’lumot olishmaganini o‘zaro bir-birlariga sekin-sekin shivirlab qo‘yishdi. 

Download 384,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish