1. Kazusga Javob



Download 113,31 Kb.
bet7/27
Sana23.05.2022
Hajmi113,31 Kb.
#607339
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
Yuristning Yozma Nutqidan Kazus

Birinchidan, uzzukkun faoliyat yuritadigan ayrim ko‘ngilochar maskanlarga jamoat tartibini saqlash bilan bog‘liq maksimal darajada talablar o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish vaqtini chegaralab qo‘yish tadbirkorlar huquqlari cheklanishiga va ular orasida turli rezonans holatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi, shuningdek, turistlar uchun qulay sharoitlar yaratishga to‘sqinlik qilishi va mamlakatimiz turizm reytingiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Ikkinchidan, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlik sub'yektlariga muayyan ko‘rsatmalar yoki farmoyishlar berish bilan bog‘liq normalarni Qonun bilan belgilash talab etiladi.
Uchinchidan, bordi-yu tungi vaqtlarda ishlovchi restoranlar, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlarga qat'iy va maksimal darajada talablar o‘rnatilsa, tadbirkorlik sub'yektlari o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlash va cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish borasidagi huquqini cheklovchi normalarni vujudga keltiradi. Bu o‘z navbatida, huquqiy demokratik davlat tamoyillariga ham nomutanosib. Bunday vaziyatda yetti o‘lchab bir kesgan ma'qul, muhimi, six ham, kabob ham kuymasin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda respublika bo‘yicha 184ta umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar tungi vaqtda faoliyat yuritmoqda (shundan 52tasi Toshkent shahrida, 48tasi Samarqand shahrida). Ularda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlash yuzasidan umumiy talablar belgilanmagan. Birgina Toshkentning o‘zida tungi klublar yaqinida qotillik yoki tan jarohati yetkazish bilan yakunlangan 7ta jinoyat sodir etilishi xavfsizlik choralari ko‘rilmagani natijasidir.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov uchini chiqargan hujjatda ana shu jihatlar o‘z ifodasini topgan deb, umid qilamiz. Yo‘qsa, tungi klubdagi har bir holat uchun jamoatchilikning qahriga duch kelaveramiz.
Darvoqe, yanglishmasak, shu yilning fevral oylarida Ichki ishlar vazirligi tomonidan bu bo‘yicha hujjat tayyorlagan va normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylashtirilgan. Loyiha yuzasidan aksariyat fikr bildiruvchilar tungi klublarda huquq-tartibot va jamoat xavfsizligini ta'minlashni ilgari surgan edi. Hukumat shularni hisobga olgan holda maqbul yechimni izlayotgan bo‘lsa kerak, deb yaxshi gumonda bo‘lamiz.
Tungi klublar mavzusi qizg‘in muhokama qilingan kunlarda tomonlar ikki qutbga bo‘lingan edi. Mas'ul amaldorlardan biri cheklash yoki yopish bilan hech narsaga erishib bo‘lmasligini aytib, fikrini Gandining («uyimga toza havo kirishi uchun derazalarni ochsam, shabada bilan birga chang, g‘ubor va dovullar ham yopirilib kirib keladi...») umrboqiy o‘giti misolida dalillagan edi.
Xo‘sh, tungi vaqtlarda ishlovchi restoranlar, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha amaldagi qonunchilik doirasida qanday amaliyotni joriy qilsa bo‘ladi?
Mavzuning mohiyatidan kelib chiqib, keling, so‘zimizni tungi klublarda xavfsizlikni ta'minlash borasidagi mulohazalarimiz bilan davom ettirsak.
Bilasiz, «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi ekspertlar tomonidan mamlakatimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning mutlaqo yangi tizimi sifatida e'tirof etilmoqda.
Nazarimizda, mazkur tizimni umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar obektlar faoliyatiga ham tatbiq qilish mumkin. Aytayliktungi klublarga tasvirni uzoq muddat saqlash quvvatiga ega bo‘lgan videokuzatuv kameralari o‘rnatilsa, u yerga boruvchi odamlarning hushyorligini oshiradi.
Agar kuzatgan bo‘lsangiz, aksariyat tungi klublarning yon-atrofi qorong‘i. Bu bezori va jinoyatga moyil kimsalar uchun ayni muddao. Shu ma'noda, tungi vaqtda faoliyat yurituvchi obektlarning yon-atrofi, avtoparki va ularga tegishli boshqa hududlarni yetarli darajada yoritish vositalari bilan ta'minlash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘ngilochar maskanlar aholi turar-joy binolariga yaqin yoki tutash joylashgan. Yurtimiz aholisi va mehmonlariga hordiq chiqarishi uchun qulaylik yaratish hisobiga boshqa odamlarning osoyishini buzish yaramaydi. Shu maqsadda tungi vaqtlarda ishlovchi restoranlar, kafe va boshqa ko‘ngilochar maskanlarto‘liq tovush o‘tkazmaydigan moslamalar bilan jihozlansa, ayni muddao bo‘lar edi. Shuningdek, texnik va tabiiy jihatlar inobatga olinib, tungi klublar yong‘in o‘chirish vositalari hamda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur vositalar bilan ta'minlansa, foydadan xoli bo‘lmaydi.

Download 113,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish