2.Kazusga Javob:
Ижтимоий тармоқларда 13 сентябрь куни давлат рақам белгиси 722 бўлган Range Rover йўлтанламаслари билан боғлиқ фото, видео ва овозли хабарлар пайдо бўлди. Тарқатилган медиа материалларда асосан Тошкентдаги тўй-маросимларда хизмат кўрсатувчи, ҳашаматнинг ноанъанавий рамзи бўлмиш ушбу қимматбаҳо автомобилларнинг давлат рақам белгилари йўл ҳаракати хавфсизлиги идораларида мажбурий равишда бошқасига алмаштирилганини кўриш мумкин. Бу орқали тўй учун қилинаётган харажатларни қисқартириш назарда тутилмоқда.
Мазкур ҳолатни ижобий/салбий пунктларга бўлган ҳолда таҳлил қилинг. Мазкур чекловлар қандай натижа бериши мумкин?
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlari 14 sentyabr kuni to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
Unga ko‘ra oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dafn etish marosimi bundan mustasno. Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanishi mumkin.
To‘y-hashamlarni o‘tkazuvchi shaxslar tadbirlarni o‘tkazishdan kamida bir hafta oldinyashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini xabardor qilishi shart.
Shuningdek, nikohni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kelin-kuyovning to‘yxonaga kelishi va ketishi bilan bog‘liq oilaviy tadbirlarda 3 tadan ko‘p bo‘lgan yengil автомашинаdan yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Toshkentda to‘rt qizi bor odam o‘zini osishi kerak, to‘y qilish uchun. Oddiy odam, oilali, byudjyetdan oylik oladigan odam o‘zini osishi kerak! To‘rtta qizini erga berish uchun o‘zini ossa to‘g‘ri bo‘ladi. Nimaga?! Hech qanday imkoniyati yo‘q, baribir bechora qarz oladi, o‘ziga qaramaydi, do‘xtirga bormaydi, faqat shu to‘yga yig‘adi. Kimga kerak bu to‘y? Bo‘ldi, biz oldin tashviqot qilib ko‘rdik, bo‘lmadi bu tashviqot. Xiyonat qilyapmiz xalqimizga, to‘ylarni agar joyiga qo‘ysak, korrupsiya bo‘lmaydi, adolat paydo bo‘ladi. Hamma bir xil to‘y qiladi. Agar birorta rahbar, prokurormi, hokimmi, soliqchimi, chegarachimi, shu me'yordan chiqsa, o‘sha kuni ko‘rasizlar, qamayman hammani» - dedi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
Bu gaplar ko‘pchilikni mulohazaga undagani, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga yo‘l ochgani tabiiy. Odamlarning yashashini qiyinlashtiradigan har qanday urflarning yo‘qolishini quvvatlagan holda, bir jihatga e'tibor qaratmoqchiman.
Ba'zilar bu so‘zlarda ham erkinlikni cheklashga doir harakatlarni ko‘rishdi. Misol uchun, puli bor, imkoniyati bor odamga katta to‘y qilish va ko‘pchilikni mehmonga chaqirishni nega cheklash kerak? Pul topgan odam o‘sha pullarni istaganicha sarflash huquqiga ega emasmi?
Yo‘q. E'tibor bergan bo‘lsangiz, prezident ma'ruzasida vazir, prokuror, soliqchi yoki chegarachi deb aynan korrupsiya xavfi bo‘lgan davlat idoralarini tilga oldi. Ma'ruzaning juda muhim nuqtasi, ya'ni, keyinchalik, huquqiy tizimni yaratishda poydevor bo‘ladigan jihati aynan mana shu yerda yashiringan. Ya'ni bu yerda ikkita alohida mavzu bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |