O‘zbekistonda bu yo‘nalishda ijobiy qadamlar qo‘yildi.
Birinchidan, tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlandi. "Reklama to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, mamlakatda tamaki va alkogol mahsulotlar reklamasi to‘liq taqiqlangan. Shuningdek tamaki mahsulotlari yoki spirtli ichimliklar nomi, tasviri hamda tovar belgisidan foydalanilgan tadbirlarga homiylik qilish ham taqiqlandi.
Ikkinchidan, 2011 yilda "Alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilishni cheklash to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Qonunda alkogol va tamaki mahsulotlari 20 yoshga yetmagan shaxslarga, shuningdek ta'lim, sport va diniy muassasalardan 500 metrdan yaqin joylashgan savdo obektlarida sotilmasligi qayd etilgan. Shuningdek sigaretlarni donalab sotish taqiqlandi.
Uchinchidan, O‘zbekistonda jamoatchilik joylarida chekishga nisbatan jarimalar joriy qilindi. 2015 yilning 29 dekabrida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tuzatish kiritilgan hujjatni imzoladi. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-1-moddasiga muvofiq, ish joylari, sog‘liqni saqlash va ta'lim muassasalari, yong‘in xavfi bo‘lgan joylar, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqa jamoatchilik joylarida tamaki mahsulotlarini iste'mol qilish eng kam ish haqining 1/3 summasi barobarida jarimaga tortiladi.
To‘rtinchidan, 2016 yilning 7 noyabrida sog‘liqni saqlash vaziri alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molidan ogohlantiruvchi hamda tamaki mahsulotlari uchun maxsus ajratilgan joylar va inshootlar haqida xabardor qiluvchi yozuvlar tushirilgan tablichkalarni tayyorlash va joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi qoidani tasdiqladi. Hujjatda ta'kidlanishicha, yozuv taxtalarini tayyorlash va joylashtirish korxona, muassasa va tashkilot rahbariyati, bino yoki obektdan foydalanayotgan ish beruvchi yoki yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan tashkil qilinadi.
Qabul qilingan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakatda hamon ba'zi muammolar kuzatilmoqda.
23-modda. Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasi
Tamaki, tamaki mahsulotlari va har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklar reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan:
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar namunalarini tekin tarqatish;
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan
foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish;
tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol
maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish;
savdo obyektlarining old tomonida, kirish (transportda kirish) joylarida, vitrinalarida, tashqariga olib
chiqiladigan predmetlarida hamda boshqa joylarida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning
tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi.
(23-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-259-sonli Qonuni tahririda —
O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 317-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |