1. Kazusga Javob


Гулмиранинг номидан қонун нормаларини келтирган ҳолда раддия матнини ёзинг



Download 113,31 Kb.
bet13/27
Sana23.05.2022
Hajmi113,31 Kb.
#607339
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
Bog'liq
Yuristning Yozma Nutqidan Kazus

Гулмиранинг номидан қонун нормаларини келтирган ҳолда раддия матнини ёзинг.
Ushbu kazusdagi muammoli holatdan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki Gulmira quyidagi mazmunda raddiya keltirishi kerak:
Mehnat kodeksining 126-moddasi: Dam olish vaqti -xodim mehnat vazifalarini bajarishdan holi bo‘lgan va bundan u o’z ixtiyoriga ko’ra foydalanishi mumkin bo’lgan vaqtdir. Gulmira mehnat ta’tiliga chiqqan. Kollej bilan Gulmira o’rtasida vaqtincha yani tatil tugaguniga qadar munosabat yoq. Fermer bilan Gulmira o’rtasidagi munosabat qonuniy. Ta’til Gulmiraning huquqi. Buni Konstitutsiyamizning 38-moddasida ko’rishimiz mumkin. Kollej Gulmirani ta’tilda ishlatmagan. Uning o’zi fermer bilan kelishib ishlagan. Bu o’rinda inson huquqlari faolining kollej direktorini ma’muriy mehnatga jalb etganligi bilan ayblashi noqonuniy.
15. Ko‘pchilik mamlakat rivojlanishi uchun eksportni ko‘paytirib, importni cheklash kerak, deya hisoblaydi. Sodda qilib aytganda, kamroq sotib olib, ko‘proq sotish foydali, deb bilamiz. Bu tujjor nigohi bilan qaraganda to‘g‘ri o‘lchov. Ammo ishlab chiqaruvchi bunday qarashdan voz kechishi kerak. Buni to‘g‘ri tushunmaganimiz sababli, afsuski, mahalliy korxonalarni qo‘l­lab-quvvatlash maqsadida importni «bo‘g‘ish» holatlari uchrab turibdi.

Jumladan, turli vazirlik va idoralar tomonidan importni har tomonlama cheklash uchun tarif va notarif choralar qo‘llanmoqda. Go‘yoki, biz shu yo‘l bilan, ya'ni raqobatni kamaytirib, mahalliy korxonalarga o‘zini o‘zi o‘nglab olishi va raqobatbardosh bo‘lishiga zamin yaratyapmiz. Aslida bu yo‘l bilan ularning raqobatbardoshligi kamayishiga xizmat qilgan bo‘lamiz.

Importni cheklash zarar...(mi?)

Xo‘sh, import cheklansa, qanday vaziyat vujudga keladi? Mamlakatda import qancha cheklansa, eksportni ko‘paytirish uchun shuncha ko‘p resurs sarflanadi. Boshqacha aytganda, import tarifini oshirish yoki turli cheklovlar (standartlashtirish, sertifikatlashtirishga doir va boshqa qo‘shimcha tartib-taomillar)ni joriy qilish orqali eksportga shuncha miqdorda soliq joriy etilgan bo‘ladi.

Oddiy misol: tashqaridan mahsulot kiritilmaydigan bozorda xorij valyutasiga bo‘lgan talab kamayadi. Bu milliy valyutaning qadri oshishiga sabab bo‘ladi. Deylik, bironta korxona o‘z mahsulotini 1 AQSh dollari evaziga sotayotgan bo‘lsa, importning cheklanishi va uning natijasida kurs tushishi, deylik, 9 400 so‘mdan 8 000 so‘mga arzonlashishi sabab o‘sha mahsulot 1,75 dollar qiymatga ega bo‘ladi. Bir qarashda bu — xorij valyutasining arzonlashishi, milliy mahsulotning qimmatlashishi kabi ko‘rinadi. Aslida bu xalq uchun ham, ishlab chiqaruvchiga ham zarar. Chunki importi cheklangan mahsulot ichki bozorda qimmatlashadi. Bu ishlab chiqaruvchining tashqi bozordan o‘rin olish ishtiyoqini pasaytiradi. Ayni paytda bu imkonsiz bo‘lib, tashqi bozorda o‘sha mahsulot mamlakat ichkarisidagiga nisbatan arzon va sifatli bo‘lishi mumkin.

Mahsulot qancha qimmat bo‘lsa, uni tashqi bozorda sotish shunchalik qiyinlashadi. Oqibatda xalq qimmat narxda raqobatbardosh bo‘lmagan mahsulot sotib olishga majbur bo‘ladi. Aksincha importning o‘sishini tabiiy jarayon deb qabul qilsak, bozorda arzon mahsulot ko‘payadi va xarid miqdori ham sezilarli ravishda o‘sadi. Qolaversa, import hajmi eksportdan qancha ko‘p bo‘lsa, valyutaga bo‘lgan talab oshadi va mamlakatga valyuta (kapital) oqimi shuncha ko‘payadi. Bunday vaziyatda xorijiy valyutalar kursi muvozanatini bozorning o‘zi belgilaydi. Importga qilingan xarajat esa eksport hajmining o‘sishi bilan qoplanadi.

O‘z navbatida, xorijdagi mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari, sayyohlar oqimining o‘sishi, xorijiy investisiyaning ko‘payishi ham mamlakatda import hajmining ortishiga sabab bo‘ladi va tabiiy ravishda import-eksport hajmi o‘rtasidagi salbiy farq kattalashadi. Bunday vaziyatda, salbiy farqni kamaytirish uchun mamlakatga kelayotgan sayyohlarni kamaytirish yoki xorijiy investisiya kirishiga to‘sqinlik qilish noo‘rin, albatta. Zero, biz kabi rivojlanayotgan davlat uchun xorijiy investisiya kirib kelishi muhimroqdir.

Nima qilish kerak?

Import hajmini oshirishdan qo‘rqmay, eksport salohiyatini yaxshilash kerak ekan, buning uchun qanday yo‘l tutish lozim, degan savol tug‘iladi. Buning uchun, avvalo, importni cheklashga qaratilgan har qanday harakatlarni to‘xtatish lozim. Shuningdek, milliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish kerak. Bunda ularga energiya manbalari va mavjud xomashyolardan samarali va erkin foydalanishga shart-sharoitlar yaratish lozim. Zarur infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, temir yo‘llar va avtomobil yo‘llarining, elektr ta'minoti sifatlarini oshirish kerak. Qolaversa, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun maqbul, imtiyozli kommunal va transport tariflarini belgilash lozim.

Har bir sohaning rivojlanishi, avvalo, kadrlar salohiyati bilan belgilanadi. Shu sabab yurtimizda fan, milliy innovasion tizim va texnologiyalarni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotganishlarni yanada jadallashtirish shart. Buning uchun kichik va o‘rta innovasion biznesni yaratish hamda rivojlantirishdagi ayrim ma'muriy to‘siqlarni qisqartirib, tadqiqotlar va ishlanmalar uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish kerak. Eng muhimi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi texnologik qoloqlikni kamaytirish uchun institutlar, universitetlar va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash talab etiladi.

Xorij tajribasi qanday?

Rivojlangan davlatlarning to‘lov balansini tahlil qilsak, qiziq ziddiyatga duch kelamiz. Masalan, dunyodagi ayrim davlatlarda tashqi savdo balansidagi yuqori profisit — ushbu mamlakat mahsulotlarining jahon bozorida mashhurligini va importga bo‘lgan talab pastligini bildiradi. Bunga Germaniya va Xitoy misol bo‘la oladi. Ular kabi rivojlangan davlatlarda eksport import hajmidan ko‘p, lekin ularda xorijiy investisiyaga bo‘lgan talab kam. Aksincha ular boshqa davlatlarga ko‘proq investisiya kiritadi. Ana shu sabab tufayli ularda import hajmi tabiiy ravishda kamaygan.

Xulosa o‘rnida...

Tashqi savdo balansidagi defisit O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlat uchun qo‘rqinchli hisoblanmaydi. Importning ko‘payishi bizning mahsulotlarimiz raqobatdosh bo‘lishiga imkon beradi. Mamlakatimiz rivoji uchun savdo balansidagi defisitni qisqartirish yo‘lida kurashish emas, balki xorijiy sarmoyaning kirib kelishini yanada ko‘paytirish lozim. Zero, xorijiy sarmoyalar bu yangi infratuzilma, yangi texnologiya, yangi mashina va uskunalar deganidir.



16.
17. Хитойда журналистлар мамлакат раҳбари Си Цзинпиннинг таълимотини билиш бўйича оммавий имтиҳондан ўтказилди. Уларнинг фаолиятига баҳо бериш мана шу имтиҳон натижаларига кўра аниқланиши маълум қилинди. Сизнингча, ОАВ ходимларининг фикрлаш даражасини мана шундай бир хил қолипга тушириш жамиятга қандай зарар келтиради?

Download 113,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish