1. Kazusga Javob


Фикрлар хилма-хиллигининг йўқотилиши юристлар учун қандай таъсир кўрсатади?



Download 113,31 Kb.
bet14/27
Sana23.05.2022
Hajmi113,31 Kb.
#607339
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Yuristning Yozma Nutqidan Kazus

Фикрлар хилма-хиллигининг йўқотилиши юристлар учун қандай таъсир кўрсатади?
Inson va jamiyat hayotida g’oyalar va mafkuralar xilma-xilligiga amal qilish - tabiiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojdir.
Jamiyatda g’oya va mafkuralar xilma-xilligining sababi, insonlarning turli xil fikr yuritishlari, jamiyat a’zolari har birining tabiat-jamiyat hodisalari, olam va odam to’g’risidagi fikrlari turlichaligi bilan xarakterlanadi. SHuningdek, har bir insonning, jamoaning, ijtimoiy qatlam, xalq va millatning, ijtimoiy guruhlarning o’ziga xos fikrlari va shu asosdagi g’oyalari mavjud bo’ladi. Ularning maqsad-muddaolari orzu istaklari, manfaatlari ham turlichadir. Demak, ularning maqsad va manfaatlarini aks ettiradigan, ularga ma’naviy-ruhiy kuch bag’ishlaydigan g’oyalari va ularni amalga oshirish yo’llari ham xilma-xil bo’lishi tabiiydir.
Jamiyatda fikrlar xilma-xil bo’lgani va bir-biridan farq qilganidek g’oyalar ham turli tuman bo’lib, mohiyatiga, o’z o’z oldiga qo’ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlarning manfaatiga xizmat qilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. g’oya bilan g’oyaning bir-biriga o’xshamasligi va ular o’rtasida farq bo’lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak.
Ma’lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o’zida mujassamlashtirgan qarashlar, g’oyalar tizimidir. Bu tizim o’zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o’z mohiyati va vazifasi jihatidan nihoyatda rang-barang bo’lishi tabiiydir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo’nalishlar va darajalarga ega bo’lganidek, mafkura ham xilma-xil bo’lishi mumkin.
Er yuzidagi barcha insonlar o’z fikr-mulohazalariga ega bo’lib amaliy faoliyat yuritadilar. SHu sababli yunon faylasufi Aristotel ikkita inson aynan bir xilda fikrlamaydi, ularning olam haqidagi tushunchalari, fikrlari xilma-xildir deganda, haq edi. Darhaqiqat, dunyodagi xalqlar, millatlar, mamlakatlar va davlatlar ham bir-biridan farq qiladi. Ularning diniy e’tiqodlari, madaniyatlari, turmush tarzi, psixologiyasi, an’analari, maqsadlari va taraqqiyot yo’llari ham rang-barangdir. Tabiiyki, ularning orzu-istaklari, hayotiy ideallari, muddaolarini aks ettiradigan g’oyalar va ularni amalga oshirishda ma’naviy-ruhiy kuch bag’ishlovchi mafkurasi ham xilma-xil bo’lishi tabiiydir. Darhaqiqat, dunyodagi har bir davlatning, xalq va millatning, jamiyatning maqsad va manfaatlarini ifodalaydigan o’ziga xos g’oyasi va mafkurasi mavjud.
Buyuk donishmand bobomiz Bahouddin Naqshband “Diling - Ollohda, qo’ling - mehnatda bo’lsin” deya yaratuvchilikka da’vat etganlarida, har qanday ishni aql va e’tiqod bilan bajarishni nazarda tutganlar. Ushbu shiorda inson ko’nglida Ollohga e’tiqod qo’yib, o’zi xalol mehnati bilan tirikchilik o’tkazish va ilm-hunar o’rgatib Vatanni obod qilishga da’vat etiladi.
Bunyodkor g’oyalar bilan qurollangan kishilar farovon hayot, erkin jamiyat qurish uchun kurash olib borganligi tarixdan ma’lum. Bunday jarayon ijobiy g’oyalarning tug’ilishiga, ular esa o’z navbatida elatlar, xalqlar, millatlar manfaatlarini ifodalovchi hayot tarzining shakllanishi uchun asos bo’lgan. SHuningdek, milliy davlatlarning yuzaga kelishida bu g’oyalar etakchi va yo’naltiruvchi ahamiyat kasb etgan. Buni biz o’zbek davlatchiligi g’oyalarining shakllanishi va takomili misolida ham kuzatishimiz mumkin.
Ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasida g’oyaviy kurash zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”da ham bayon etilgan. Unda harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlari, jonivorlarni, hayvonlarni azoblash, odamlarga adolatsizlik, yolg’onchilik, ahdga vafosizlik, hiyonat qilish g’oyalari qoralanib, o’troq, osoyishta, hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadigan g’oyalar ulug’lanadi. Zardushtiylik dinida er, suv, musaffo havo, ona - tabiat e’zozlanadi, quruq er ochib uni bog’u-rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi, aksincha bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshoatlarini buzganlar katta gunohga qoladi. Zardushtning bunyodkor g’oyalari insonlarni tinch-totuv yashashga, halol mehnat qilib Vatanni obod qilishga da’vat etadi.
“Avesto”da vatanparvarlik g’oyasi ulug’lanib odamlarni barkamol bo’lishga da’vat etilgan. “Menga barkamol va dinogoh, vatansevar va anjumanoro, ahil, ezgu andishali, zulmatdan, tanglikdan quqaruvchi farzandlar bag’ishla. Toki ular manzil, shahar o’lka va uning nom hamda ovozasini ko’tarsinlar”1, deyiladi. SHuningdek, asarda ona zaminni e’zozlash, uni obod qilish g’oyalari targ’ib qilinadi. Jumladan, “Avesto”da yozilishicha Zaminni hammadan ko’proq baxtiyor qilgan shaxs, hammadan ko’p bug’doy, giyoh va mevali daraxtlar ekkan zotdir! U quruq erlarga suv chiqargan va suvli erlarni shudgor qilgan zotdir! - deyiladi.
Masalan, XX asrda dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan yaponcha taraqqiyot modelini olaylik. YApon milliy mafkurasi “milliy davlatchilik tizimi” (kokutay), “fuqarolik burchi”, “yapon ruhi”, “tadbirkorlik”, “umummilliylik”, “fidoyilik”, “vatanparvarlik”, “paternalizm”, “jamoaga sadoqat”, “modernizatsiya” kabi g’oya va tushunchalariga asoslanib, mamlakat erishgan yuksak natijalarga poydevor bo’ldi.
SHunday bunyodkor g’oyalardan biri Janubiy Koreya mamlakati rivojiga katta hissa qo’shgan fidoyi inson Yong Ki-Kimning yuksak g’oyalarga asoslangan vatanparvarlik faoliyati va bunyodkorlik ishlari diqqatga sazovor. O’tgan asrning 30 yillarida “12 oila - qishloqda” degan harakatni boshlab giyoh ham ko’karmagan tashlandiq tepalikni sotib olib obod qilishga kirishdi. Keyinchalik fermerlar tayyorlaydigan “Kanaan” (imkoniyatlar maktabi) ni ochadi. U hamisha faqat tashlandiq, giyoh o’sishi qiyin bo’lgan erlarni olib, obod qilib odamlarni o’z tashabbusi, g’oyasi bilan orqasidan ergashtirib mamlakat rivoji va obodonligiga o’z hissasini qo’shdi. Bugungi kunda “Kanaan” ta’lim dargohining bosh maqsadi - tinglovchilarda insoniy e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, ularga insoniy fazilatlar - komillik, o’zaro tenglik, birodarlik, vatanparvarlik hislarini singdirishdir. Vatan va millat ravnaqi yo’lida fidokorona mehnat qilish, tug’ilib o’sgan Vatanni jondan ortiq sevmoqlik shart ekanligi g’oyasi har bir tinglovchiga singdiriladi. Bitta fidoiy, vatanparvar insonning yuksak g’oyalarga asoslangan ishlari bugungi kunda keng tarqalib Janubiy quriyaning obod bo’lishiga katta hissa bo’lib qo’shilmoqda.
Ozodlik, mustaqillik, tinchlik, adolat, tenglik, hamkorlik, do’stlik, birodarlik, hurfikrlik, ma’rifatlilik, bag’rikenglik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, xayrixoxlik, barqarorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, halollik, poklik v.h. bunyodkorlik g’oyalarining ko’rinishlari bo’lsa, kelajakka ishonch, adolat, haqiqatni tan olish, jur’atli bo’lish, sobitqadamlilik, mehr-muruvvat, saxovatlilik, baynalminallik, millatlararo do’stlik va birodarlik, fidoyilik, yurtga sadoqatlilik, taraqqiyparvarlik, yurt obodligi, iymon-e’tiqodlilik, vijdon erkinligi, safarbar etish, uyushtirish, farovonlik, tashabbuskorlik, ezgulik, yaratuvchilik, fikr erkinligi va g’oyalar xilma - xilligini tan olish, bag’rikenglik, bunyodkor g’oyalarga xos xususiyatlardir. 
18.
19. Телеграммда ташкил этилган интернет дўконда мақталган маҳсулотга буюртма берган Оқила маҳсулотнинг сифатидан қониқмади. Сотувчи билан онлайн ёзишмаларда асабийлашиб, бироз меъёрдан чиқди. Сотувчи Оқила билан ёзишмаларни ўзига нисбатан маънавий зарар етказганликда айблаб, судга даъво аризаси киритмоқчи. Бироқ Оқиланинг онаси электрон хат ёзиш орқали сотувчини инсофга келтириш мумкинлига ишонтирди. Сизнингча, Оқила сетикетнинг қайси қоидаларига амал қилгани маъқул?
Ma’naviy zarar tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, Ma’naviy zarar bu – fuqaroning sha’ni qadr-qimmatiga dog‘ tushirilishi yoki ishbilarmonlik obrosiga putur yetkazilishi. Ma’naviy zarar bo‘yicha javobgarlik shartnomaga asoslanmagan ya’ni huquqbuzarlik bilan bog’liq bo‘lgan javobgarlikdan iborat.Huquqbuzarlik sodir etish natijasida jismoniy og‘riq, azob-uqubat, ruhiy qiynoq va iztiroblar shaxsga nisbatan yetkazilgan ma’naviy zarar hisoblanadi.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish