Emaklash. Kerakli masofaga, o‘rindiq va halqaning tagiga emaklash, 1m. uzunlikdagi zinaga kattalarning yordamida chiqish va undan tushish.
Yurish. Tayanchsiz to‘g‘ri yo‘nalishda yerda yotgan taxtacha ustidan, yo‘lkachadan, qiya (10-15 sm yuqoriga ko‘tarilgan) taxtachadan yurish, 10sm balandlikdagi sath ustiga chiqish va undan tushish. Pol, yerdagi yoki 5-10sm balandlikda joylashgan arqon, xoda yoki taxtacha ustidan yura olish.
Yugurish. To‘g‘ri yo‘nalishda yugurish. Sensomotorikaning rivojlanishi. Uncha katta bo‘lmagan
tepalikdan koptokni dumalatish, uni oldinga, yuqoriga irg‘itish. Qalamni yoki mo‘y qalamni ushlab turish, ular bilan (aji-buji) chiziqlar chizish.
Mayda motorika. 3 va undan ortiq qismlardan iborat minoralar qurish, qopcha va qutichaga mayda predmet va o‘yinchoqlarni solish va ularning ichidan olish.
Madaniy-gigiyenik malakalar. O‘z-o‘ziga xizmat qilish,
qo‘llarini yuvish, cho‘milishga ijobiy munosabatda bo‘lish, piyoladan choy ichish, mustaqil yuz-qo‘llarini yuvish va artish.
Yil oxirida bola. Emaklaydi, yuradi, muvozanat saqlaydi, yuguradi, bolada yirik, sensomotorika va mayda motorika, o‘z-o‘ziga xizmat qilish malakasi shakllanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy rivojlantirish bo‘yicha kun tartibini tuzishda ovqatlanish, chiniqtirish, jismoniy mashq va o‘yinlarni tashkil etishda differentsial yondashishga amal qilinadi. Bunda bolalarning o‘ziga xos yosh xususiyatlari hisobga olinadi. Tarbiyachi jismoniy rivojlantirishda maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya dasturi talablariga asoslanadi. Shu bilan birga tarbiyachi, shifokor, hamshira bilan kelishilgan holda oilada bolalarni jismoniy tomondan to‘g‘ri tarbiyalash targ‘ib qilinadi. Tarbiyachi ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlari, o‘yinlar, salomatlik kunini tashkil qilish usullarini mukammal bilishi shart. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarda guruh tarbiyachisi va musiqa rahbari bilan hamkorligi muhim a hamiyat kasb yetadi.
Bolalarning jismoniy tayyorgarligini tekshirish, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda tozalik, gigiena talablariga va xavfsizlik qoidalariga jiddiy rioya qilinadi. Mashg‘ulotlar ochiq havoda, shu bilan birga maxsus jihozlangan sport zalida o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o‘tkaziladigan jismoniy mashg‘ulotlar bolalarning o‘sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi.
Dasturda maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning vazifalari quyidagicha belgilanadi:
salomatlikni mustahkamlash va chiniqtirish;
jismoniy jihatdan baquvvat qilish;
shaxsning axloqiy tomondan ijodiy sifatlarini tarbiyalash;
bolalarda maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish;
harakatlarning muhim hayotiy turlarini shakllantirish, yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o‘rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo‘l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish;
o‘yin harakatlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib tik tutish malakasini oshirish;
bola qomatini to‘g‘ri shakllantirishga ta’sir ko‘rsatish va yassi oyoqlilik kasalligining oldini olishga yordam berish;
jismoniy mashq va o‘yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish;
faol harakatga qiziqishni tarbiyalash.
Jismoniy tarbiya dasturida har bir guruh uchun kundalik harakat tartibi ko‘rsatilgan. Bolalar jismoniy tarbiyaning
asosiy mazmunini muntazam ravishda bajarishlari uchun turli usuldagi mashqlar mavjud. Bular asosiy harakatlar (yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish, ilib olish, emaklash, sirpanish); oyoq va tana uchun umumrivojlantiruvchi mashqlar (turli buyumlar yordamida va ularsiz) raqs mashqlari, saflanish va qayta saflanish, harakatli o‘yinlar, turli sport o‘yinlarining muhim xususiyatlarini egallash, sport mashqlari, rolikli konkida sayr qilish, velosipedda yurish, suzish va boshqalardan tashkil topadi. Bolalarni xalqimizning eng buyuk an’analari ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. O‘zbek xalqi boshqa xalqlar kabi o‘zining qadimiy an’anaviy o‘yinlariga ega. Ular asrlar mobaynida shakllanib va sayqal topib bugungi kungacha yetib keldi. Dasturga zamonaviy harakatli o‘yinlar qatoriga ana shunday o‘zbek xalq milliy o‘yinlari ham kiritildi. Shu bilan birga dasturda harakat sifatlarini rivojlantiruvchi, qomatni to‘g‘ri shakllantiruvchi va yassi oyoqlilik kasalining oldini oluvchi maxsus mashqlar ham tavsiya etiladi.
Jismoniy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to‘g‘ri rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli xildagi mashg‘ulotlarni jismoniy mashq va harakatli o‘yinlar bilan qo‘shib olib borilishi, bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam beradi. Mashg‘ulotlarga tavsiya etilayotgan dastur materiali o‘tkaziladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari mustaqil mashqlar va o‘yinlar uchun asos bo‘ladi. Ta’lim vazifasining asosi, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirish vazifalari jismoniy sifatlarni o‘stirish, bolalar organizmining ish qobiliyatini takomillashtirish, uning
ishga layoqatliligini oshirish orqali amalga oshiriladi. Mashg‘ulotlar to‘g‘ri tashkil etilsa, qiziqarli, ibratli
jihatlari oshirilsa, bolalar o‘z vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina jismoniy mashqlarning samaradorligi ortadi. Mashg‘ulotda eng muhimi mashq va o‘yinlarning to‘g‘ri taqsimlanishidir. Bunda mashg‘ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko‘zda tutgan maqsadni hisobga olib, bola tanasining ma’lum qismlariga har tomonlama ta’sir o‘tkazish zarur
3. Saf mashqlari - bu shug‗ullanuvchilarning ma‘lum bir safda birgalikda yoki yakka harakatlaridan iborat. Saf mashqlari yordamida mashg‗ulotni tashkil etish marom va sur‘at hissiyotini tarbiyalash masalalari muvaffaqiyatli hal qilinadi, jamoa bo‗lib mehnat qilish malakalari shakllantiriladi.
Bu mashqlar kishi qaddi-qomatini to‗g‗ri shakllantirish vositasi hamdir. Saf mashqlari aniq ijro etilishiga bo‗lgan talabchanlik, intizomlilik va uyushqoqlikni tarbiyalaydi.
Saf - shug‗ullanuvchilaming birgalikda harakatlanishi uchun belgilangan
qoidaga ko‗ra joylanishidir.
Mashg‗ulotda safni o‗qituvchi va talabalar gumh xalfasi, o‗quv
bo‗linmalarining boshliqlari va navbatchilar odatda yoki belgilangan signal bilan beriladigan bevosita buyruq va topshiriqlar orqali boshqaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |