1§. Jamiyatni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish muammolari


Mobil (olinuvchi) qattiq diskovodlar



Download 1,08 Mb.
bet51/98
Sana30.04.2022
Hajmi1,08 Mb.
#599443
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98
Bog'liq
Aa.tex maruza (2-3 kurs)

Mobil (olinuvchi) qattiq diskovodlar  Bunday diskovodlar Zip – diskovodlar deb atalib, kompyuterning ichida emas, balki maxsus korpus ichiga joylashgan alohida qurilmalardir yoki boshqacha qilib aytganda qo’lga olib qo’tarib yuriluvchi qattiq disklardir. Standart hajmlari – 100Mb (Zip100) va 250 Mb.(Zip250). Ular kompyuterdagi ma’lumotlardan nusxa olishga, so’ngra bu ma’lumotlarni boshqa kompyuterning xotirasiga yozishga xizmat qiladi. Buning uchun ularning kabeli kompyuterning parallel portlaridan biriga ulanadi.
 Bunday diskovodlarning narxlari 80 000 so’mdan 110 000 so’mgacha boradi. Masalan, Zip Drive 100 Mb Int/ext diskovodining narxi 84 000 so’m.
8.4. Magnitooptik diskovodlar
 Bunday diskovodlar - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyumlik magnitooptik disklardan o’qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi ma’lumotlarni xuddi shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Magnit disklardagi ma’lumotlarni o’qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi.
 Hozirgi paytda quyidagi disklar bilan ishlovchi diskovodlar keng tarqalgan:

  • 3,5" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 128Mb dan 1,3 Gb gacha);

  • 5,25" lik o’qish va yozishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 650Mb dan 5,2 Gb gacha);

  • 5,25" lik faqat o’qishga mo’ljallangan disklar (sig’imlari 600Mb dan 5,2 Gb gacha);

8.5. Strimerlar
 Strimerlar (Streamings) - kompyuterdagi ma’lumotlarni magnit lentali kassetalarga yozishga hamda shunday kassetalardagi ma’lumotlarni o’qib, kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Strimerlar oddiy magnitofon hamda videomagnitofonlarnikiga o’xshash kassetalar bilan ishlashga mo’ljallangan strimerlarga bo’linadi.
 Hozirgi paytda quyidagi turdagi kassetalar bilan ishlovchi strimerlar ishlatilmoqda:

  • DM Extra (sig’imlari 3Gb dan 10Gb gacha);

  • QIC Extra (sig’imlari 400Mb dan 2,2Gb gacha);

  • 3,5" lik QIC Extra (sig’imlari 120Mb dan 700Mb gacha);

  • 5,25" lik QIC Extra (sig’imlari 600Mb dan 13Gb gacha);

  • 5,25" lik DLT Extra (sig’imlari 30Gb dan 70Gb gacha);

Muammoli masalalar va topshiriqlar:
1. Qanday zamonaviy kompakt disk diskovodlarini bilasiz? Ularning vazifalari va asosiy parametrlari qanday? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va sharhlang;
2. Qanday zamonaviy DVD diskovodlarini bilasiz? Ularning vazifalari va asosiy parametrlari qanday? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va sharhlang;
3. Qanday zamonaviy mobil (olinuvchi) diskovodlarini bilasiz? Ularning vazifalari va asosiy parametrlari qanday? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va sharhlang;
4. Qanday zamonaviy magnitooptik diskovodlarini bilasiz? Ularning vazifalari va asosiy parametrlari qanday? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va sharhlang;
5. Qanday zamonaviy strimerlarni bilasiz? Ularning vazifalari va asosiy parametrlari qanday? Ulardan qaysi sohalarda foydalanish mumkin? Misollar keltiring va sharhlang;
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari:

  1. Kompakt disk diskovodlarining turlari va vazifalari qanday?
    2. CD-R va CD-RW disklarining farqi nimada? Ularning sig’imlari qanday?
    3. DVD diskovodlarining turlari va vazifalari qanday?
    4. DVD disklarining qanday turlarini bilasiz? Ularning sig’imlari qanday?
    5. Mobil (olinuvchi) diskovodlarining vazifalari va turlari qanday? Disklarining sig’imlari qanday?
    6. Magnitooptik diskovodlarining vazifalari va turlari qanday? Disklarining sig’imlari qanday?
    7. Strimerlarning vazifalari va turlari qanday? Kassetalarining sig’imlari qanday?



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish