7§. Zamonaviy printerlar va skanerlar
Zamonaviy printerlar va ularning turlari;
Zamonaviy skanerlar va ularning turlari;
Printerlar va skanerlarning samaradorligini baholovchi asosiy ko’rsatgichlar.
Tayanch iboralar:
Printerlar; Matritsali; Bo’yoqli; Lazerli; Impuls-pufakchali; Termoprinterlar; Skanerlar; Qo’l skanerlari; Varaqli; Planshetli; Barabanli; Formalar skaneri; SHtrix-skanerlar; Asosiy parametrlari.
7.1. Printerlar
Printerlar (printers) - kompyuterdagi ma’lumotlarni qog’ozga bosib chiqarishga xizmat qiluvchi qurilmalardir. Tor va keng o’lchamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor o’lchamli printerlar ma’lumotlarni faqat A4 formatli (210 297 mm.) qog’ozga bosib chiqarsa, keng o’lchamli printerlar ma’lumotlarni A3 formatli (297 400 mm.) hamda A4 formatli qog’ozlarga bosib chiqarishga mo’ljallangan. Bulardan tashqari, printerlarning ayrimlari faqat matnli ma’lumotlarnigina bosmaga chiqarsa, ayrimlari grafik ma’lumotlarni, rasmlarni, chizmalarni turli ranglarda bosmaga chiqarish imkoniyatiga ega.
Hozirgi paytda, zamonaviy printerlar asosan Agfa, Apple, Canon, Compaq, Digital, Epson, Fijitsu, HP(Hewlett Packard), IBM, Kodak, Microtek, Olivetti, Panasonic, Samsung, Seiko, TI, Toshiba va kabi jahonning etakchi firmalari tamonidan ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa, Epson, Canon, Xerox va HP firmasining mahsulotlari keng tarqalgan.
Tasvirlarni qog’ozga bosib chiqarish usuliga ko’ra printerlar matritsali, bo’yoqli, lazerli, impuls-pufakchali, nur-diodli va termoprinterlar kabi turlarga bo’linadi. Bulardan eng ko’p tarqalganlari matritsali, bo’yoqli va lazerli printerlardir.
Matritsali printerlar (Matrix printers) da tasvirlar matritsa ko’rinishida joylashgan metall sterjenlarning bo’yovchi tasma orqali qog’ozga urilishidan hosil bo’ladi. Sterjenlari soni 9, 12, 24, va 48 (ya’ni 9 pin, 12 pin, 24 pin, 48 pin) bo’lgan printerlar ishlab chiqilmoqda. Bosmaga chiqarish tezligi 60-10 sekund/varaq.
Bo’yoqli printerlar (Ink-jet printers) da tasvirlar maxsus bo’yoq mikrozarrachalarining naychalar orqali qog’ozga purkash (sepish) yo’li bilan hosil qilinadi. Zamonaviy printerlarda mikrozarrachalarning zichligi 1 dyum (25,4 mm.) masofada 600 nuqtagacha (600 dpi) boradi. Bosmaga chiqarish tezligi 100 – 15 sekund/varaq.
Lazerli printerlar (Laser printers) da tasvirlar lazer yordamida elektrlangan barabanning maxsus bo’yoq zarrachalarini o’ziga tortib olib, so’ngra bu zarrachalarni qog’ozga bosish orqali hosil qilinadi (ya’ni kserokopiya usulida hosil qilinadi). Bo’yoq zarrachalarining zichligi 1 dyum masofada 300 dan 600 gacha boradi (300 – 600 dpi). Bosmaga chiqarish tezligi 15 – 5 sekund/varaq.
Katta hajmdagi matnli ma’lumotlarni (masalan, telefon kanali orqali uzatilgan ma’lumotlarni) zudlik bilan bosmaga chiqarish maqsadida maxsus matritsali va lazerli (masalan, HP LfserJet 4Si, HP LaserJet 4V ) printerlar ham ishlab chiqilgan. Bunday printerlarning bosmaga chiqarish tezligi minutiga bir necha ming satrga etadi. Narxlari esa 3000$ - 20 000$ gacha boradi;
Lazerli printerlarning eng muhim xususiyatlaridan biri uning tezkor xotiraga ega ekanligidir. Bu xotira bosmaga chiqarilayotgan tasvirlarni, shriftlarni eslab qolishga xizmat qiladi va sig’imi 0,5 – 1 Mb gacha boradi. Zarur paytda qo’shimcha xotira o’rnatib, sig’imini 6 Mb gacha oshirish mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |