1. Ish jоyi yoritilishini tеkshirish


TOK TA’SIRI OSTIDA SHIKASTLANGANLARGA TO VRACH



Download 183,25 Kb.
bet21/29
Sana12.12.2022
Hajmi183,25 Kb.
#884152
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
1. Ish jоyi yoritilishini tеkshirish-fayllar.org

TOK TA’SIRI OSTIDA SHIKASTLANGANLARGA TO VRACH

KELGUNCHA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH

USULARINI O’RGANISH
1. Ish maqsadi
Talabalarga elektr toki ta’siri ostida shikastlaganlarga to vrach kelguncha birinchi tibbiy
yordam berish va virtual laboratoriya ishini bajarish usullarini o’rgatish.
2. Vazifa
1.1.

Elektr toki ta’siri ostida shikastlangaanlarni, texnika xavfsizligiga rioya qilgan


holda qutqarish bo’yicha asosiy nazariyani o’rganish.
Elektr toki ta’siri ostidagi baxtsiz xodisalarda yordam berish ikki bosqichda amalga
oshiriladi:
-
insonni tok ta’siridan ozod qilish;

-
jabrlanganga to vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam ko’rsatish.


Biz bilamizki, shikastlanishning xotimasi tokni inson tanasidan o’tish vaqtini ko’pligiga
bog’liq, shuning uchun jabrlanuvchini tok ta’siri ostidan texnika xavsizligiga (TX) rioya qilgan
holda, tezda ozod qilib olish kerak.

Insonni tok ta’siri ostidan ozod qilishda (TX) texnika xavfsizligi
Insonni tok ta’siri ostidan ozod qilishda unga qo’l tegizish hayot uchun juda
xavfliligini e’tiborga olib, kerakli ehtiyotlik choralarini qo’llash kerakligini doim
yodda tutish zarur. Insonni tok ta’siridan qutqarishni bir necha usullari mavjud.
Metall yoki xo’l predmetlardan foydalanish mumkin emas.
a) Jabrlanuvchini tok ta’siri ostidan ozod qilishda, izolyatsiya qo’lqoplaridan foydalanish.

b) Jabrlanuvchini tok ta’siri ostidan ozod qilishda, boltadan foydalanish.


v) Jabrlanuvchini tok ta’siri ostidan ozod qilishda, no metall predmetlardan, masalan
yog’ochdan foydalanish
Klinik o’lim 7-8 minut davom etadi, shu sababli tok urganda jabrlanuvchiga juda ham tez
tibbiy yordam ko’rsatish zarur.
1.2.

Tok ta’sirida jabrlangan insonga vrach kelguncha birinchi tibbiy yordam


ko’rsatish usullarini o’rganish.
Jabrlanuvchini elektr toki ta’siridan ozod qilgandan so’ng, vrach kelguncha birinchi
tibbiy yordam ko’rsatish tadbirlari uni qanday holatda ekanligiga bog’liq.

Elektr toki urishdagi barcha vaziyatlarda, inson qanday holatda ekanligidan qat’iy nazar,


albatta vrachni chaqirish shart.
Agar jabrlanuvchi o’zida bo’lsa, lekin undan oldin behush bo’lgan yoki behush bo’lsa
ham, pulsi va nafas olishi barqaror bo’lgan taqdirda, uni nafas olishini qiyinlashtiradigan
kiyimini bo’shatib, toza havo olish imkonini yaratib, kiyimlardan o’rin to’shab yotqizish kerak,
undan so’ng ortiqcha odamlarni uzoqlashtirib, tanani artib va isitib, to’liq osayishtalikni yaratish
lozim. Behush yotgan jabrlanuvchiga nashatir spirtini hidlatish, yuziga sovuq suv sepish kerak.
Jabralanuvchi qayd qila boshlasa, uni boshi va elkasini yon tarafga burib, tozalab artib
olish zarur.
Agar behush jabrlanuvchi hushiga kelsa, unga 15-20 tomchi valeriana damlamasi va issiq
choy ichirish kerak.
Jablanuvchiga har qanday holatda ham, xarakat qilish qat’iyan man qilinadi, ayniqsa
ishlash, chunki shikastlanishdan so’ng og’ir simptomlar yo’q bo’lsa ham, keyinchalik sog’lig’i
yomonlashishi mumkin. Faqatgina vrach jabrlanuvchining sog’lig’i masalasini hal qilishi
mumkin.
Agar jabrlanuvchi juda sekin va titrab-qaqshab nafas olayotgan, lekin unda puls

alomatlari sezilsa, unga tezlik bilan sun’iy nafas oldirish zarur.


Jabrlanuvchida nafas olish va puls to’xtagan, miyada qon aylanishi keskin
yomonlashishi natijasida, ko’z qorachig’i kengayib, teri va shilliq pardalar ko’kara boshlaydi.
Bunday vaziyatda birinchi yordamni insonning hayot faoliyatini tiklash uchun qaratish kerak,
ya’ni sun’iy nafas oldirib, yurakni tashqaridan (nepryamoy) uqalash (massaj) kerak.
Jabrlanuvchini boshqa joyga ko’chirish faqat unga yoki yordam ko’rsayotgan shahsga u
erda qolish xavfli bo’lsa yoki u joyda birinchi yordam ko’rsatish imkoni bo’lmasagina mumkin.
Vaqtni yo’qotmaslik uchun jabrlanuvchini echintirish kerak emas.
Uzluksiz sun’iy nafas oldirib, yurakni uqalash natijasida ya’ni 3-4 daqiqa, ba’zida 10-20
daqiqadan keyin elektr toki bilan zarar ko’rgan insonlar hayotga qaytgani haqidagi ko’pgina
voqealar bizga ma’lum. Jabrlanuvchini erga ko’mish umuman mumkin emas, chunki u faqat
zarar keltiradi. bu vaziyatda inson hayotini saqlab qolish uchun juda zarur bo’lgan vaqt
yo’qotiladi.
Cрaqmoq urish atijasida jabrlanganlarga ham, xuddi elektr toki urgandagidek yordam
ko’rsatiladi.
1.3. Sun’iy nafas oldirish va yurakni uqalash (massaj) yo’llari va usullarini o’rganish
a) Sun’iy nafas oldirish
Sun’iy nafas oldirish umuman nafas olmayotganda yoki yomon nafas olayotgan taqdirda
amalga oshiriladi (sekin, titrab qaqshab, yig’lamsiragandek), shuningdek jabrlanuvchining nafas
olishi faqat tok urish ta’sirida emas, balki zaharlanish, cho’kish va boshqa sabablarda
yomonlashishida ham sun’iy nafas oldiriladi.
Sun’iy nafas oldirishning keng tarqalgan usullari (Silvestr, SHefer bo’yicha)
jabralanuvchining o’pkasiga etarli darajada havo etkazib berish imkonini bermaydi. Hozirgi
vaqtda “og’izdan og’izga” yoki og’izdan burunga) usuli yordamida sun’iy nafas oldirish tavsiya
etiladi, chunki bu usulda nafas oldirganda, jabrlanuvchining o’pkasiga sezilarli darajada ko’proq
puflangan havo etib boradi.
“Og’izdan og’izga” yoki og’izdan burunga) usuli, nafas chiqarayotgan insonning nafasi,
jabrlanuvchiga nafas berish uchun fiziologik yaroqlgiga asoslangan. Nafas puflash marlya,
ro’molcha yoki shunga o’xshash matolar orqali amalga oshiriladi, shuningdek bu usul havo
puflangandan keyin, kengaygan ko’krak qafasi bo’yicha passiv nafas chiqarishda nafas
organlaridan tushishi natijasida havo etib borishini nazorat qilish imkonini beradi.
Sun’iy nafas oldirish uchun jabrlanuvchini chalqancha (tepaga qaratib) yotqizib, nafas
olishni qiyinlantiruvchi kiyimdan bo’shatish kerak (tugma, bo’yinbog’ va h.k.)


Sun’iy nafas oldirishni boshlashdan avval, birinchi navbatda og’iz bo’shlig’ida va nafas


yo’llarida havo o’tkazishni ta’minlash kerak ya’ni ular til yutilishi yoki boshqa narsalar bilan
berkilib qolgan bo’lishi mumkin.
Jabrlanuvchining boshini bir qo’l bilan bo’yin tagiga qo’yib, ikkinchi qo’lni peshanaga
bosib, iloji boricha orqaga tashlanadi, natijada til osti tomiri bo’g’izning orqa devoridan surilib,
nafas olish yo’li ochiladi. Gavdaning bunday vaziyatida og’iz odatda ochiq bo’ladi. Agar
jabrlanuvchi yotgan bo’lsa, bunda boshni kerakli holatga ko’tarish uchun, kiyimlarni o’rab,
bolish qilib kurak tagiga qo’yish kerak.
Agar og’izda boshqa biror chet narsa bo’lsa, unda jabrlanuvchining elka va boshini
chetga burib (o’zini tizzasini jabrlanuvchining elkasisi gagiga qo’yishi mumkin), og’iz bo’shlig’i
va tomoqni dastro’molcha yoki ko’rsatkich barmoqqa o’ralgan kiyim cheti bilan artib tozalab
olish kerak.
Jabrlanuvchining og’iz bo’shlig’ini tozala va boshini iloji boricha orqaga tashlab, yordam
berayotgan inson chuqur nafas oladi, undan so’ng o’z og’zini jabrlanuvchining og’ziga mahkam
bosib, unga nafas puflaydi. Bunda jabrlanuvchining burnini o’z yonoqlari yoki peshanaga bosib
turilgan qo’li yordamida berkitib turish zarur.
Sun’iy nafas oldirayotganda, yordam berayotgan inson, havo jabrlanuvchining
oshqozoniga emas, balki o’pkasiga etib borishini nazorat qilishi kerak.agar havo oshqozonga
tushgan bo’lsa, unda ko’krak qafasi kengaymaydi lekin oshqozon shisha boshlaydi, ana shu
simptomlar bilan havo upkaga bormaganini bilish mumkin. Havoni oshqozondan chiqarish
uchun, tezda qo’l bilan ko’krak qafasi bilan kindik o’rtasini oz muddat bosib turish kerak.
Bunday g’olatda jabrlanuvchi qayd qilishi mukin. Unda jabrlanuvchining og’iz bo’shlig’i va
xalqumni tozalab olish uchun boshni va elkani yon tarafga burish kekrak.
Nafas bergandan keyin ham ko’krak qafasi to’g’irlanmasa, jabrlanuvchining pastki
jag’ini oldinga surish kerak. Buning uchun ikkala qo’lning to’rtta barmog’ini pastki jag’ orqa
burchagiga qo’yish va katta barmoq bilan uni chetiga bosib turib, pastki jag’ni shunday surish
kerakki, bunda patki tishlar. YUqori tishlarga qaraganda oldinda bo’lishi kerak. Pastki jag’ni
osongina surish uchun, bosh barmoqni og’izga tiqib surish mumkin.
Agar jabrlanuvchining og’zi juda mahkam ya’ni jips berkilgan bo’lib, og’izni ochib
bo’lmasa, sun’iy nafas olishni“og’izdan burunga” usulidan foydalanish kerak bo’ladi.
Har bir nafas puflash keskin 5 sekundda qaytarlishi kerak, bu nafas olish chastotasining
tahminan minutiga 12 martasiga mos keladi.
Har bir havo puflanganidan so’ng jabrlanuvchining og’iz va burni o’pkadan erkin
(passiv) havo chiqarish uchun bo’shatiladi. CHuqur nafas chiqarish uchun, qo’lni ko’krak
qafasiga kuchsiz bosib, jabrlanuvchining o’pkasidan havo chiqarishga yordam beriladi.


Jabrlanuvchi birinchi kuchsiz nafas ola boshlaganda, sun’iy nafas olishni uning mustaqil


nafas olish paytiga to’g’irlash lozim.
Sun’iy nafas oldirish jabrlanuvchining chuqur va ritmik nafas olishi tiklanguncha davom
ettiriladi.
b) yurakni tashqi uqalash (massaj).
Jabrlanuvchining yurak urishi to’xtab qolsa yoki yurak fibrillyatsiyasida 9ko’z qorachig’i
kengayishi va uyqu arteriyasda puls yo’qolishi orqali bilish mumkin) uning qon aylanishini
saqlash uchun sun’iy nafas olish bilan birga yurakni tashqi tarafdan uqalash (massaj) zarur.
Tashqi uqalash (massaj), orqasida yurak joylashgan ko’krak qafasini old devorini bosish
bilan ko’krakni bir qadar xarakatchan qismida yurakni ritmik siqish usuli orqali amalga
oshiriladi. SHunda yurak umurtqaga siqiladi va uning bo’shlig’idan qon, qontomirlariga siqib
chiqadi.

Jabrlanuvchida mushak to’qimalari tonusi (kuchlanishi) jiddiy yo’qolishi oqibatida, yurak


ish faoliyati immitatsiyasi (yasamalik) yuzaga kelishi mumkin, ya’ni uning ko’krak qafasi
sog’lom kishiga qaraganda xarakatchanroq va muloyimroq bo’lishi mumkin.
Tashqi uqalashni amalga oshirish uchun, jabrlanuvchini qattiq yuzaga yoki taxtaga
chalqancha yotqazib, ko’kragini ochish kerak. YOrdam ko’rsatayotgan kishi jabrlanuvchining
ustiga engashish uchun qulay bo’lgan holatni tanlashi kerak (jabrlanuvchidan chap yoki o’ng
tomonda). Paypaslab bosish joyini topib ( bu joy ko’krak qafasining yumshoq joyi oxiridan
tahminan ikki barmoq yuqorida bo’lishi kerak), yordam ko’rsayotgan kishi u erga kaftini pastga
qilib qo’lini qo’yishi kerak. Ikkinchi qo’lning kaftini birinchisining ustiga to’g’ri burchak ostida
qo’yishi kerak. O’ziga barcha gavda korpusini engashtirish uchun yordam berib, salgina bosish
kerak. Bilak, elka suyagi va qo’l panjasi imkoni boricha to’g’irlangan bo’lishi kerak. Paltsi
obeix ruk doljni bit svedeni vmeste i ne kasatsya grudnoy kletki postradavshego. ikkala qo’lning
barmoqlari birlashgan bo’lishi kerak va jabrlanuvchining ko’krak qafasiga tegishi kerak emas.
Bosish tez zarb bilan amalga oshiriladi va ko’krakni pastki qismini ichiga 3-4 sm, to’la
insonlarda 5-6 sm kirgizib, 0.5 soniya ushbu holatda ushlab turiladi, undan so’ng tez qo’yib
yuborib, ko’krakdan qo’lni olmasdan bo’shashtiriladi. Bosishni xar soniyada yoki undan ham
tez amalga oshiri kerak, chunki minutiga 60 dan kam bosish kerakli qon oqimini yuzaga
keltirmaydi. shuningdek bosishni ko’krakni yuqori qismida, pastki qovurg’a oxirida amalga
oshirish mumkin emas, chunki bunda suyak sinishi mumkin. Ko’krak qafasi chetidan pastga
bosish ham mumkin emas (yumshoq to’qimalarni), bu holatda bu erda joylashgan organlarga,
birinchi navbatda jigarga zarar etkazish mumkin.
Agar jabrlanuvchiga yordam berayotgan kishi yordamchisiz bir o’zi sun’iy nafas olish va
yurakni uqalash (massaj) ishlarini bajarayotgan bo’lsa, unda bu jarayonlarni quyidagi tartibda
bajaradi: og’izga yoki burunga ikki marta chuqur nafas puflagandan so’ng, ko’krak qafasiga.
uqalash (massaj) maqsadida 15 marta bosadi, keyin bu jarayonlar navbati bilan takrorlanadi.
Minutiga tahminan 60-65 marta bosish kerak bo’ladi.sun’iy nafas oldirish va yurakni uqalash
(massaj) almashinuvida o’rtadagi pauza juda qisqa bo’lishi kerak. Ikkala manipulyatsiya bir
tomondan amalga oshiriladi.
Agar uni yordamchisi bo’lsa, biri sun’iy nafas yuboradi, ikkinchisi esa yurakni tashqi
uqalashni amalga oshiradi.
Sun’iy nafas oldirishni yurak uqalashga (massaj) nisbati 1:5 ga teng bo’lishi kerak, ya’ni
bitta chuqur puflashdan so’ng, ko’krakka bosish besh marta takrorlanadi. Agar bunday nisbatga
rioya qilish qiyin bo’lsa, unda 2:15 nisbatiga o’zgartirish mumkin, bunda ikkita chuqur puflash,
o’n beshta ko’krakka bosish bilan navtatma navbat bajariladi.
Puflash vaqtida yurakni uqalash (massaj) ishlari bajarilmaydi, chunki bunda havo
jabrlanuvchining o’pkasiga etib bormaydi.
Agar jabrlanuvchiga ikki kishi yordam berayotgan bo’lsa, sun’iy nafas oldirishni va
yurak uqalashni (massaj) bir birini 5-10 minutda almashtirib navbatma-navbat amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo’lar edi.


Bir kishi


Ikki kishi
3. Nazorat savollari
1.Siz sun’iy nafas oldirishni qanday usullarini bilasiz?
2
.

Yurakni tashqari tomondan uqalash (massaj) qanday amalga oshiriladi:?


3.Tok ta’siridan jabrlangan insonda hayot alomatlari borligini qanday aniqlash mumkin?


4.Sun’iy nafas oldirishni qanday amalga oshiriladi?
5.Inson organizmiga tok qanday ta’sir ko’rsatadi?

№ 9- labоratоriya ishi




Download 183,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish