Texnik sabablar. Stanoklar, ish qurollari, yordamchi vositalar xarakatlanuvchi va yuk
ko‘taruvchi qismlarining
konstruktiv kamchiliklari, mashina va mexanizmlar ayrim
qismlarining sinib yoki uzilib ketishi, texnologik jarayonlarning nomukammalligi, to‘siq
qurilmalari va saqlovchi vositalarning puxta ishlamasligi.
Sanitariya-gigienik sabablar. 0b-havo sharotining (havoning harorati, nisbiy namligi,
xarakat tezligi va bosimi, issiqlik ajralib chiqishi) qoniqarsiz bo‘lishi sanoat korxonalaridagi
havo muhitining changlanganligi, ish joylari, maydonlar va o‘tish joylarining oqilona
yoritilmaganligi, shovqin va titrashning mavjudligi, ishlab chiqarish xonalari va sanitariya-
maishiy xonalarning etarli emasligi va sanitariya-gigiena talablariga javob bermasligi, shaxsiy
gigiena talablariga rioya qilmaslik.
Psixo-fiziologik sabablar. Ishchi psixologik rejimining buzilishi natijasida vujudga
keladigan sabablar: oilaviy notinchlik, ishxonada, jamoa o‘rtasidagi kelishmovchilik va
xokazolar.
Bu sabablar aniqlangandan keyin ish sharoitida ularning kelib chiqmasligini
ta’minlovchi chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilishi zarur. Bu chora-tadbirlarni amalga
oshirish esa ishlab chiqarish sharoitida baxtsiz hodisalarning butunlay yo‘qolishiga yoki
kamayishiga olib kelishi kerak.
Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori
Ishlash qobilyati
t,vaqt
3,5
0,5
Fuqaro hayoti yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplovi O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi tomonidan tartibga solinadi.
Jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar:
1.
Ish haqi miqdorida yoki uning tegishli qismi-mehnatga layoqat yo‘qotilish
darajasiga qarab pul miqdori to‘lovlari;
2.
Qo‘shimcha xarajatlar kompensatsiyasi;
3.
Bir yo‘la to‘lanadigan to‘lov puli;
4.
Moddiy zarar qoplovidan iborat.
3. Nazorat savollari
1.
Baxtsiz hodisalarni oldini olish bo‘yicha qanday umumiy qoidalar mavjud?
2.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishlarini tekshirish va hisobga olishning tartibi nimalardan iborat?
3.
Qanday baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi?
4.
Maxsus tekshirish komissiyasining talabiga ko‘ra ish beruvchi nimalar qilishi kerak?
5.
Baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xisobot va ularning kelib chiqishi sabablari tahlilini aytib
bering.
6.
N1 shaklidagi dalolatnomani to‘ldirishdagi bandlarni mazmunini izohlab bering.
7.
Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori
nimalardan iborat?
8.
Mehnat sharoitlarini tashkil qiluvchi omillarni aytib bering.