asosida keyin ham shunday baxtsiz xodisa ruy bermasligi uchun umumiy chora-tadbirlar ishlab
qaytarilmasligini ta’minlovi chora-tadbirlar majmuasi tavsiya etiladi va uning bitta nusxasi
Respublika Sog‘liqni Saqlash Vazirligining yuqori tashkilotlariga yuboriladi.
Baxtsiz xodisaga uchragan kishi hisobga olinib, unga ma’lum davolanish kursi
belgilanadi. Agar zarur bo‘lsa, kasb kasalligiga uchragan kishini mehnat ekspert tibbiyot
xodimlari komissiyasi (VTEK)ga yuboriladi va unda xodimning kasb kasalligining oqibati
natijasida olgan nogironlik guruhi aniqlanadi va shunga yarasha ma’lum moddiy ta’minlanish
miqdori belgilanadi.
2 yoki undan ortiq ishchilar jabr ko‘radigan baxtsiz hodisalar, shuningdek, o‘limga olib
keluvchi yoki nogiron etuvchi baxtsiz hodisalarni alohida ta’kidlash zarur. Bunday hodisalar
to‘g‘risida ish beruvchi sutka davomida quyidagi tashkilotlarga ma’lum qilishi shart:
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi;
Ijrochi hokimiyatning tegishli organlariga;
Baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha prokuraturaga;
O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijrochi hokimiyat organlariga;
Davlat nazorat organlariga (agar baxtsiz hodisa shu organ nazoratidagi tashkilotda
yuz bergan bo‘lsa);
Tegishli kasaba uyushmalari organlariga.
Tergov tarkibida quyidagilar mavjud komissiya tomonidan olib boriladi:
Mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi;
O‘zbekiston Respublikasi sub’ektining ijroiya hokimiyat organlari vakili;
Kasaba uyushmalari organi vakili.
Tergov olib borishga ketadigan barcha xarajatlarni baxtsiz hodisa yuz bergan korxona
to‘laydi. Komissiya a’zolari tergov chog‘ida korxona va uning bo‘linmalari rahbarlari hamda
boshqa shaxslardan yozma tushuntirish xati olish huquqiga egalar. Mehnat muhofazasi bo‘yicha
davlat nazoratchisi agar baxtsiz hodisalarni tergov qilishni davom ettirishga ob’ektiv sabablarga
ko‘ra, imkoniyat bo‘lmasa yoki aksincha tergovda ishtirok eta olish imkoni bo‘lsa, u tergov
materiallari bilan tanishib chiqishi shart.
Komissiya xulosalaridan rozi bo‘lgan taqdirda baxtsiz hodisa qo‘shimcha tergov
qilinmaydi va bu haqda tergov aktida tegishli qaydnoma qilinadi. Baxtsiz hodisa tergov
natijalariga ko‘ra, mehnat muhofazasi bo‘yicha Davlat nazoratchisi P-15 shaklida xulosa tuzadi.
Guruhli baxtsiz hodisalar va nogironlik yoki o‘lim bilan tugaydigan baxtsiz hodisalar tergov
materiallari N-1 shaklidagi akt va ko‘rsatilgan baxtsiz hodisalar tergov akti bilan birga 3 kunlik
muddat ichida tuzilgandan so‘ng ish beruvchi tomonidan baxtsiz hodisa ro‘y bergan joy bo‘yicha
prokuraturaga junatilishi kerak:
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasiga;
(talab etilishiga ko‘ra) nazorat organlariga;
O‘zbekiston Respublikasi mehnat Vazirligi huzuridagi mehnat inspeksiyasiga;
Jabrlanuvchining vaqtincha mehnatga layoqatsizligi tugaganidan so‘ng ish beruvchi
O‘zbekiston Respublikasi sub’ekti bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasiga:
ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar;
bunday baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadlarida bajarilgan tadbirlar to‘g‘risida
prokuratura qarori.
2. Vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: