1. Iqtisodiyotning real sektori tushunchasi mazmuni va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi ahamiyati


Innovatsiya faoliyati - tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida



Download 0,73 Mb.
bet13/17
Sana27.06.2022
Hajmi0,73 Mb.
#711417
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
2 5213199216184138881

22. Innovatsiya faoliyati - tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida.

22. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya‘ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya‘ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta‘minlaydi. D.A.Shumpeterni fikriga ko‘ra, inovatorlikni amalga oshiruvchisi bo‘lib tadbirkor xizmat qiladi, moliyaviy mablag‘lar esa uni ta‘minotini tashkil etadi. Demak, tadbirkorlik o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikni tadbiq etmoqlik, tashabbuskorlik negizida tadbirkorlik, uddaburonlik, intiluvchanlik va doimiy rivojlanmoqlikni anglatadi. Ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati innovatsiya faoliyatidan boshqa narsa emasdir. Haqiqiy tadbirkorlik negizida novatorlik, yangilikni kiritish, hayotga tadbiq etish yo‘li bilan rivojlanishni ta‘minlash yotadi. Tadbirkorlik taraqqiyoti intiluvchanlikda, novatorlikda, yangiliklarni tadbiq etmoqlikda, tavakkal qilmoqlikda, qaltislika qo‘l urmoqlikda va o‘z qarorlaridan qaytmaslikda hamda ma‘suliyatni seza bilmoqlikdadir. Bularni jami innovatsiya faoliyatiga ham xos bo‘lgan belgilar bo‘lib, tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida xizmat qiladi.


Tadbirkorlikni innovatsion faoliyatsiz his qilib bo‘lmaydi, ushbu jihatdan tadbirkorlik faoliyati oddiy biznesdan farq qiladi. Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdan, erkin bozor talablarini bilmoqlikda, ularni istiqbolini his etmoqlikda, ularga mos tovar va xizmatlarni etkazmoqlikda va shu yo‘l bilan o‘z maqsadlariga erishmoqlikdadir. Faqat innovatsiyalarga tayangan holda tadbirkorlikni yuritish tadbirkorlik faoliyati maqsadiga xos bo‘lgan yutuqlarni va yuqori daromadni ta‘minlaydi. Bunda tadbirkorlik faoliyati erkin raqobat muhitida sinmaydi, u faol rivojlanadi, taraqqiyotga erishadi, yuksaladi.


23. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning innovatsiya faoliyati zaruriyati.

23. O‘zbekistonda mulkchilikning turli shakllari rivojlanishiga yo‘l ochilishi bilan tadbirkorlikni rivojlantirishning haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yaratildi:


- xususiy mulkchilikning iqtisodiyotda alohida mavqega ega bo‘lishi va mulk shakllari teng huquqliligining ta‘minlanishi;
- tadbirkorlik va tanlash erkinligi;
- foyda va daromad olishga intilish;
- raqobat va raqobatchilik muhiti;
- narx erkinligi;
- davlatning iqtisodiyotga, xususan tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvining cheklanganligi;
Tadbirkorlik faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari quyidagi sifatlarini belgilab
beradi:
- mustaqil xo‘jalik yuritish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, narx belgilash va tasarruf qilish erkinligi;
- ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga bo‘lgan mulkchilik huquqlarining ta‘minlanishi;
- erkin tadbirkorlikni ta‘minlaydigan muayyan umumiy qonunchilik, soliq imtiyozlari, tadbirkorlikni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjudligi;
- etarli moliyaviy mablag‘, moddiy texnika resurslari, yuqori malakaga ega bo‘lish, iqtisodiy xavf-xatarga qo‘l ura bilish va hokazolar.
Innovatsiya strategiyasi korxona, xo‘jalik yuritish subyektlari uchun aniq yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanib borish, erkin raqobat muhitida o‘z mavqesini mustahkamlab borish, moliyaviy holatni barqarorligini ta‘minlash, yuqori daromadlar olish va boshqa imkoniyatlarni kengaytirib borishni ta‘minlaydi.
Innovatsiya strategiyasi innovatsiya loyiha sifatida shakllantirilib, uning biznes-rejasi ishlab chiqiladi va istiqboli belgilanadi.
Innovatsiya strategiyasini mukamalligi avvalom bor xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki korxona salohiyatiga, bilimlar darajasiga, ijodiy yondoshuvga, yaratuvchanlikka, istiqbolni tasavvur qila olishga, axborotga ega bo‘lishga, o‘rnatilgan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, zamonaviy texnologiyalarni bilishga va qator boshqa omillarga bog‘liqdir. Korxona tadbirkorlik faoliyati salohiyati uning innovatsiya strategiyasini aniqlovchisi sifatida xizmat qiladi. Innovatsiya sirategiyasini shakllantirishda yana asosiy omillardan biri erkin bozor holatidan kelib chiqib, uni istiqbolini belgilash va faoliyat tanlovini aniq amalga oshirishdir.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish