2-mavzu: Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining ijtimoiy-madaniy masalalari. Reja



Download 38,26 Kb.
bet1/3
Sana08.04.2022
Hajmi38,26 Kb.
#537192
  1   2   3
Bog'liq
2-Ma\'ruza. Oʻqituvchi innovatsion faoliyatining ijtimoiy-madaniy masalalari.


2-MAVZU: OʻQITUVCHI INNOVATSION FAOLIYATINING IJTIMOIY-MADANIY MASALALARI.
Reja:

  1. Innovatsiya va uning tasniflanish tavsifi.

  2. Innovatsiyaning turlari.

  3. Pedagogik innovatsiyalar va ularning turlari.

“Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan boʻlib (in-ga, novus- yangi), yaʼni tarjimasi “yangilanish”, “oʻzlashtirish”, “kandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy kilish”, “yangilik kiritish”. Uz navbatida “yangi” soʻzi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi.
“Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil maʼnoda taʼriflanmaydi, koʻp hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Jumladan, S.Turgʻunovning fikricha, innovatsiya - maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar boʻlib, maʼlum bir ijtimoiy birlikka - muassasa, uyushma, jamoa va guruxlarga yangi, nisbatan barqaror boʻlgan elementlarni, umumiy holda halkning maʼnaviy-madaniy munosa- batlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻlik boʻlgan yangiliklarni kiritishdirʻ.
“Innovatsiya” tushunchasi keng va tor maʼnoda ishlatiladi. Birinchi maʼnoda innovatsiya - biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, yaʼni yangilik yaratish, tarkatish va koʻllashni oʻz tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi. “Innovatsiya”, ikkinchi maʼnoda, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya subyekti tomonidan yangilik deb kabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi.
M.Jumaniyozovaning taʼkidlashicha, innovatsiya - rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti koʻrinishida namoyon boʻladigan ijodiy mexnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim kismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yunaltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi, ayni vaktda u boshkariluvchi va nazorat qilinuvchi oʻzgarishlar mexanizmi boʻlib hisoblanadi1 2.
N.Mamadov oʻzining “Umumiy taʼlim maktablarini innovatsion boshkarish” deb nomlangan tadqikotida innovatsiya - bu boshqaruv obyektini oʻzgartirish xamda yukori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni kulga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbik kilishning ya kuniy natijasi ekanligini kayd etib oʻtadi3.
Respublikamiz olimlarining “innovatsiya” tushunchasiga bergan taʼriflaridagi xilma-xillik chet el olimlarining tadkikotlarida ham koʻzga yakkol tashlanadn. Mazkur taʼriflarning qiyosiy taxdili asosida tushunchaning kuyidagi mohiyatli jihatlarini ajratib koʻrsatish mumkin:

  1. innovatsiya - bu yangilik (A.M.Saranov, E.M.Rodjers);

Biroq shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, pedagogik innovatikaga oid adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasi bilan birgalikda “yangilik” tushunchasi ham koʻllaniladi.
Pedagogik innovatikaning asosiy koʻrsatkichi uning boshlangʻich rivojiga bogʻliq boʻlib, pedagogikadagi yangilik - bu fakatgina goya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki takdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa oʻzida oʻzgaruvchan sharoitlarda va holatlarda taʼlim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali xal etishni ifoda etadi.
Innovatsiya esa - bu maʼlum bir boskich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta maʼnodagi tushunchalarni beradi:

  1. Innovatsiya bu - taʼlimning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chikish.

  2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.

  3. Taʼlim muassasani boshkarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.

  4. Tajriba-sinov obyekta sifatida.

  5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.

  6. Yangiliklarning koʻllanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan oʻzgartirish boskichi.

M.Jumaniyozovaning fikricha, agar faoliyat qisqa muddatli boʻlsa, yaxlit tizim xususiyatiga ega boʻlmasa, uz oldiga muayyan tizimdagi baʼzi tarkibiy qismlarnigina oʻzgartirishni vazifa kilib koʻygan boʻlsa, u holda, biz “novatsiya” haqida fikr yuritayotgan boʻlamiz. Agar faoliyat muayyan konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan boʻlsa, uning natijasi oʻsha tizimning rivojlanishiga yoki uning prinsipial oʻzgarishiga olib kelsa, biz buni “innovatsiya” deya olamiz.
Faoliyat xususiyati jixatdan novatsiya koʻlami va vakti boʻyicha chegaralangan, innovatsiya esa yaxlit va davomli boʻladi, Novatsiya natijasida amaldagi tizimda alohida elementlar oʻzgartiriladi, innovatsiya natijasida esa amaliyot subyektlarining pozitsiyalari tula yangilanadi, tizimdagi aloqalar va tizim islox qilinadi1.
Pedagogik innovatikaga doyr qator tadkikotlarni taxdil etish asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: “Innovatsiya tushunchasi mazmunan «yangi”, “yangilik” tushunchalarining aynan uzi emas. Istalgan yangilik, qachonki, amaliy faoliyatda oʻzining keng qamrovli samarasini bersa va keng koʻlamli ehtiyoj obyektiga aylansagina, tom maʼnodagi innovatsiya deb atash mumkin boʻladi».
Pedagogik innovatsiyalar keng qamrovli koʻrinishga ega boʻlib, ularning umumtomonidan qabul kilingan anik tipologiyasi yoki tasnifi mavjud emas. Innovatsiyalarni guruxdashtirishga doyr yigirmadan ortiq tasnif mavjud, masalan: uzok muddatli innovatsiyalar va qisqa muddatli innovatsiyalar, radikal va reformatorli, avtoritar va liberal, initsiativ va administrativ va boshqalar.
Innovatsiyalar texnologiya, iktisodiyot, savdo-sotik, ijtimoiy tizim bilan aloqadorlikda xilma-xil koʻrinishlarda namoyon boʻladi.
Ana shu nuqtai nazardan pedagogika kollejlari boshkaruvida joriy etiladigan innovatsiyalarni quyidagicha tasnif etish mumkin:

  1. Pedagogik innovatsiyalar.

  2. Tashkiliy innovatsiyalar.

  3. Iqtisodiy innovatsiyalar.

  4. Texnologik innovatsiyalar.


  1. Download 38,26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish