-iste’molning ta’siri: firmalar xaridorlarni barcha tovar va xizmatlar bilan ta’minlashga harakar qiladi, natijada istemol sarflari oshadi, yangi xodimlar ishga yollanadi. Shunday qilib mahsulot ishlab chiqarish, bandlik, mahsulot sotish hajmlari oshadi, iqtisodiyot yuksalish bosqichiga o‘tadi. Iste’mol xarajatlari qisqargan paytda aks holat kuzatiladi.
- investitsiyalarning ta’siri: asosiy fondlarga kapital qo‘yilmalar yangi ish joylarini yaratadi, iste’molchilarning xarid etish qobiliyati oshadi, pirovard natijada bu yuksalishga sharoit yaratadi. Investitsiyalash darajasi pasayganda aks holat, ya’ni iqtisodiyotda tanazzul holatlari kuzatiladi.
- hukumat faoliyatining ta’siri - ushbu ta’sir ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: a) fiskal siyosat, ya’ni soliqlarni yig‘ish va taqsimlash; b) monetar siyosat, ya’ni pul muomalasini tartibga solish.
Do'stlaringiz bilan baham: |