Birinchi yondashuvga binoan sikllar tashqi (ekzogen) omillar ta’sirida vujudga keladi. Tashqi (ekzogen) omillar – bu iqtisodiy tizim tashqarisida yuz beradigan hodisalardir. Xususan, aholining dinamikasi, aholi migratsiyasi, fan va texnika kashfiyotlari, urushlar va boshqa siyosiy voqealar, neft narxining o‘zgarishi, oltin konlarining kashf etilishi, yangi yerlar va tabiiy resurslarning kashf etilishi va boshqalar.
Ikkinchi yondashuvga muvofiq iqtisodiyotni siklik rivojlanishi ichki (endogen) omillar, ya’ni iqtisodiy tizimning ichida yuz beradigan hodisalar ta’sirida ro‘y beradi. Bularga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |