Buyruqbozlik iqtisodiy tizimida mavjud iqtisodiy muammolar yechimlari bo‘yicha davlat qaror qabul qiladi. Barcha resurslar davlat mulki hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyat esa markazlashtirilgan rejalashtirish vositasida boshqariladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot deyiladi. U asosan resurslarga, turli xil mulkchilikka asoslanadi, iqtisodiy faoliyat esa qisman bozor, qisman davlat orqali tartibga solinadi. Bunday iqtisodiyot hozirda barcha rivojlangan mamlakatlarda mavjud. Xususan, Shvetsiya iqtisodiyoti modelini olsak, unda iqtisodiy barqarorlik va daromadlarni qayta taqsimlashda davlat faol qatnashadi. Ushbu tizimning asosini ijtimoiy siyosat tashkil etadi. Uni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida yuqori soliq stavkalari belgilangan. Soliqlar yalpi milliy mahsulotning 50 % ini tashkil etadi. Buning natijasida bu mamlakat aholisining yashash darajasi va iqtisodiy o‘sish sur’atlari ham yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |