Xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida O’zbekistonning o’rni Xalqaro siyosiy va iqtisodiy munosabatlar sohasida yagona davlat siyosati yuritilishi O’zbekistonning xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va moliyaviy institutlar, boshqa xalqaro huquq sub’ektlari bilan o’zaro manfaatli asosda iqtisodiy va moliyaviy hamkorligini yanada rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bois, mamlakatimizda o’tkazayotgan iqtisodiy islohotlar O’zbekistonni qisqa muddatlarda jahon xo’jaligi tizimida o’z o’rniga ega bo’lishini va dunyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli hamkorligini ta’minlashga qaratilgan. O‘zbekistonda investision muhitni shakllantirish, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotni vujudga keltirish bo‘yicha aloqalar rivojlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayoni izchillik bilan davom ettirilmoqda. Ayni paytda mamlakatni jahon bilan bog‘lovchi kommunikasion tizimlarni rivojlantirishga katta ahamiyat berilayapti. Chet ellardagi taniqli iqtisodchilar, xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari rahbarlari va mutaxassislari, yozuvchilar va jurnalistlar bu tadbirlar tufayli O‘zbekiston yaqin kelajakda mintaqadagi eng ilg‘or davlatlardan biriga aylanishini bashorat qilmoqdalar O‘zbekiston barcha xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro foydali munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan eng muhim sohalarga qaratgan. Natijada 2019-yilda mamlakatimizga bevosita xorijiy investitsiyalar oqimi o‘sdi. Ularning hajmi 4,2 mlrd. dollarni tashkil etdi, bu 2018-yildagiga nisbatan 3,7 baravar ko‘proqdir. Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, Covid-19 tarqalishini to‘xtatish bilan bog‘liq barcha murakkabliklar va cheklanishlarga qaramay, O‘zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar hajmi 4,8 mlrd. dollar, shu jumladan, bevosita xorijiy investitsiyalar – 3,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston 86 ta davlat fuqarolari uchun vizasiz rejimni va 57 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan vizali rejimni joriy qildi. O‘tgan yilda mamlakatga 6,7 mln. xorijiy turist keldi — bu 2016 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 4,7 mln. yoki 3,3 baravar ko‘proqdir. O‘zbekistonning bugungi kunda Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan teng huquqlilik, o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida barqaror va oldindan bashorat qilinadigan tarzda rivojlanib borayotgan strategik hamkorligi sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Taraflarning kelgusi harakatlari strategik hamkorlikning o‘zaro foydali yo‘nalishlarini topishga qaratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |