1. Turli iste’molchilarning iste’mol sarflaridagi o‘zgarishlar. Bu iste’molchi farovonligi darajasi, iste’molchining kutishidagi o‘zgarishlar, iste’molchining qarzlari va soliqlarning o‘zgarishi. Ushbu omillar ta’sirida iste’molchilar xaridi hajmida o‘zgarish ro‘y beradi.
2. Firmalarning investitsiyaviy sarflari. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsiyaviy tovarlarga investitsiyalarning ko‘payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi. Investitsiyaviy sarflarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillar sirasiga foiz stavkasi, subsidiyalar, investorlarga imtiyozli kreditlarning byerilishi, biznesga soliqlar miqdori kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |