1. iqtisodiyotga kirish


-rasm. Fillipis egri chizig‘i



Download 20,98 Mb.
bet209/239
Sana07.12.2022
Hajmi20,98 Mb.
#880563
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   239
Bog'liq
1. iqtisodiyotga kirish

19.1-rasm. Fillipis egri chizig‘i

imkoniyatiga ega. Biroq, uzoq muddatli davrda iqtisodiyot ish bilan bandlik darajasi va potensial ishlab chiqarishning tabiy darajasiga qaytadi, narxlar shunday o‘zgaradiki, ularning darajasi uzoq muddatli muvozanatni ta’minlaydi. Bunda asosiy rolni inflyatsiyaviy kutish o‘ynaydi. Inflyatsiyaviy kutish qanchalik yuqori bo‘lsa, bir xil ishlab chiqarishda narx darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Zamonaviy talqinda Fillips egri chizig‘i inflyatsiya darajasini uchta omilga bog‘liqligini ko‘rsatadi:

1) kutilayotgan inflyatsiya;

2) ishsizlik darajasi meyorining tabiiy darajadan og‘ishi;

3) taklifdagi shok o‘zgarishlari.


Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Ish bilan to‘la bandlik nima uchun nisbiy ma’noda tushuniladi? Qanday qilib ishchi kuchidan samarali foydalanishga erishiladi?

  2. Ishsizlikning asosiy turlariga tavsif bering.

  3. Ishsizlik darajasi qanday hisoblanadi?

  4. Ishsizlikning tabiiy darajasi nimani anglatadi va u qanday tartibda aniqlanadi?

  5. Ouken qonunining mohiyati nimada namoyon bo‘ladi?

  6. Ishsizlikning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini tushuntirib bering.

  7. Ishsizlik va inflyatsiyaning o‘rtasidagi bog‘liqlikni bilish nimani beradi?

  8. Ishsizlikning iqtisodiyotga ta’sirining ijtimoiy iqtisodiy oqibatlar

  9. .1 Pul muomalasi. Pul muomalasi qonunlari.

  10. Iqtisodiyotda pulning doimo harakatda bo‘lishi pulni o‘z vazifalarini uzluksiz bajarib turishiga pul muomalasi deyiladi. Dunyoda barcha mamlakatlar tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.

  11. tizimi - bu mamlakatda milliy valyutaning muomalasi bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar majmui; mamlakatda mavjud pul birligi muomalasini tashkil qilish tartibi, usullari va uni nazorat qiluvchi kredit muassasalari.

  12. Hozirgi davirda mamlakatlarda kredit va qog‘oz pullar muomalasi tizimi shakllangan. Pul tizimini ning asosiy elementlari quydagilardan iborat:

  13. pul birligi (dollar, marka, rubl, so‘m);

  14. pul turlari (bank biletlari, tanga, chaqalar);

  15. pul emissiyasi tarkibi (muomalaga pul chiqarishni qonuniy tasdiqlangan tartibi)

  16. muomalada pul massasini tartibga soluvchi muassasalar.

  17. muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Muomalada mavjud bo‘lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.

  18. muomalasini boshqarib turuvchi qonun borki u muomalada qancha pul zarur bo‘lishini aniqlab byerdi. Muomalani ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog‘liq:

  19. muayyan davr davomida sotilishi va xarid qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasiga, chunki tovarlar qanchalik ko‘p bo‘lsa ularni sotilishi uchun shunchalik pul zarur bo‘ladi va aksincha

  20. pul birligining aylanish tezligiga, chunki aylanish pul birligi qiymati ayriboshlashga ko‘proq yoki ozroq xizmat qilishi mumkin .

  21. kreditning rivojlanishiga, puldan to‘lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog‘liq.

  22. Ko‘p hollarda tovarlar shartnomaga muvofiq kreditga sotiladi, ularning haqi esa keyinroq to‘lanadi. Demak, bir tarafdan, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq ko‘proq bo‘ladi, ikkinchi tarafdan esa bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu albatta pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Undan tashqari hozirgi vaqtda ko‘pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o‘tkazish ya’ni o‘zaro hisob-kitoblar yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  23. Pul muomalasi qonunlari muomaladagi tovarlar massasi, narxlar darajasi va pul muomalasi tezligi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.

  24. muomalasi qonuniga binoan muomaladagi pul miqdori sotiladigan ne’matlarga narxining umumiy summasiga to‘g‘ri mutanosiblikga pul harakatining tezligiga teskari mutanosiblikda bo‘ladi. Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:


  25. yerda:

  26. m - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;

  27. b - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi);

  28. k - kreditga sotilgan tovarlar summasi;

  29. t - to‘lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to‘lovlar summasi;

  30. x-k - naqd pulsiz o‘zaro hisob-kitoblar;

  31. t - pulning aylanish tezligi.

  32. SHunday qilib, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga quyidagilar ta’sir qiladi.

  33. ishlab chiqarish sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan va muomaladagi tovarlar miqdoriga ta’sir qiluvchi omillar;

  34. tovarlar va xizmatlar narxlari darajasini belgilovchi omillar;

  35. pul muomalasi tezligiga ta’sir qiluvchi omillar;

  36. kreditning rivojlanish darajasiga ta’sir qiluvchi omillar;

  37. naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar.

  38. uomaladagi pul miqdori avtomatik ravishda pulni jamg‘arish vazifasidan foydalangan holda tartibga solindi, ya’ni pulga ehtiyoj kamaygan bo‘lsa, unda kyeraksiz pul massasi jamg‘ariladi, agar u ko‘paygan bo‘lsa, pulllar muomalaga qaytishi ro‘y byeradi. Binobarin, muomalada bo‘lgan pul miqdori doimo kyerakli darajada saqlanib turdi.

  39. tashqari, agar pul muomalasi oltin yoki qog‘oz pullarga almashtirib bo‘lmaydigan banknotalar tomonidan xizmat ko‘rsatilsa, chiqarilgan qog‘oz pullar miqdori muomalaga zarur bo‘lgan oltin pullarga teng bo‘ladi, bu holda ham salbiy hodisalar yuzaga kelmaydi, ya’ni. banknotlar oltin pul o‘rnini bosadilar.

  40. Muammo faqat pulning cheklanmagan chiqarilishi pul muomalasining buzilishiga, pul muomalasi kanallarining kyeraksiz kupyuralar bilan to‘ldirilishiga va natijada inflyatsiyaga olib kelganda paydo bo‘ladi. Iqtisodiyotda muomalaga zarur bo‘lgan pul miqdori muammosiga boshqa nuqtayi nazar mavjud. Amyerikalik iqtisodchi I. Fishyer quyidagi almashinuv tenglamasini taklif etgan:

  41. M * V = Q * P

  42. yerda: M - pul massasi;

  43. pulni aylanish tezligi;

  44. tovarlar miqdori;

  45. narx.

  46. ko‘rinib turibdiki, tovarlar miqdori to‘g‘ridan-to‘g‘ri narx darajasiga bog‘liq. Agar pul massasi katta bo‘lsa, unda narxlar yuqori bo‘ladi, demak inflyatsiya mavjud bo‘ladi. Muomaladagi pul miqdoriga quydagi omillar ta’sir etadi:

  47. Tovarlar massasining hajmi. Tovarlar miqdori va assortimenti qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik muomilada ko‘p pul massasi kyerak bo‘ladi.

  48. Narxlar darajasi. Narx qancha past bo‘lsa, iste’molilar tomonidan shuncha ko‘p tovarlar talab qilinadi va shunga muvofiq ko‘proq pul kyerak bo‘ladi.

  49. omillar mavjud bo‘lganda aksincha kamroq miqdorda pul talab qilinadi:

  50. kreditni rivojlanganlik darajasi .Kreditga qancha tovar ko‘p bo‘lsa, shuncha kam pul kyerak bo‘ladi;

  51. naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlanganligi;

  52. pulni to‘lash chastotasi. Pul qanchalik tez-tez to‘lansa, muomalaga kamroq pul kyerak bo‘ladi.

  53. Pul muomalasining tezligi (pul birligining ma’lum bir davrdagi aylanish soni).

  54. Fishyerning ayirboshlash tenglamasi narxlarning nima uchun o‘zgarib turishini va shunga mos ravishda pulning xarid qobiliyatini, real milliy mahsulot hajmini tushunishga imkon byeradi. Masalan, doimiy Q va V bilan M pul massasining o‘zgarishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri narxga ta’sir qiladi. Biroq, pul massasining oshishi tovarlarning ishlab chiqarilishi va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmining u yoki bu darajada oshishi bilan bir vaqtda sodir bo‘lsa, narxlarning o‘sishi sodir bo‘lmaydi.

  55. Ayirboshlash tenglamasidan muomalaga zarur bo‘lgan pul miqdorini chiqarish mumkin:

  56. = (R. * Q) / V

  57. yerda: M - muomaladagi pul massasi, pul massasi; V - pul muomalasining tezligi; R. * Q = YAMMning nominal hajmi.

  58. qilib, muomalaga shuncha pul kyerak bo‘ladiki , shunda milliy iqtisodiyot doirasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning butun hajmi amaldagi narxlarda sotilishi mumkin bo‘lsin.

  59. Rivojlangan mamlakatlarda pul birligi yiliga 2-3 marta aylanadi. Mamlakatdagi pul muomalasini tartibga solish pul islohoti va denominatsiya kabi opyeratsiyalar orqali amalga oshiriladi.

  60. Pul islohoti - bu pul aylanishini barqarorlashtirish va mustahkamlash maqsadida davlat tomonidan amalga oshirilgan pul tizimining to‘liq yoki qisman o‘zgartirish.

  61. Denominatsiya, pul islohotidan farqli o‘laroq, eski pullarni yangilariga almashtirishda, yangi belgilarda bitta valyutani eski belgilarda ko‘proq pul birligiga tenglashtirishda ifodalangan texnik opyeratsiya.

  62. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi pul tizimi «Markaziy bank to‘g‘risadagi» qonun asosida tartibga solinadi. Mamlakatimiz xududida banknot va tanga shaklidagi naqd pullar shuningdek tijorat banklar hisobidagi mablag‘lar ko‘rinishidagi naqd bo‘lmagan pullar muomalada xarkat qiladi. Pul massasini tavsiflanishi uchun pul agregagatlaridan foydalaniladi: va naqd pullar ( qog‘oz va tanga pullar )

  63. tor manodagi pullar bo‘lib,tovar aylanmasiga naqd va naqd bo‘lmagan shaklda xizmat qiladi. Naqd pullar va joriy hisobdagi pullardan iborat ya’ni bu pullar to‘lov vositasi sifatida ishlatiladigan pullar.

  64. bu pulni muomala va jamg‘arish vositasi sifatida asosan qisqa davrda tavsifaydigan pul agregati jamg‘arma hisoblari+qisqa muddatli qo‘yilmalar.

  65. joriy muomaladagi, qisqa muddatli xizmat ko‘rsatish, va uzoq muddatli investisiyalashni aks ettiruvchi pul agregati tijorat banklari uzoq muddati depozitlari.

  66. Pul bozorida talab va taklif. Pul agregatlari. Pul multiplekatori.

  67. Moxyatiga ko‘ra pul davlat banklar,jamg‘arma muassasalarni qarz majburyatlari hisoblanadi. Unga bozorda tovar va xizmatlar sotib olish mumkunligi sababli ular qiymatga ega. Binobarin, pul qadri deganda pulning tovar va xizmatlari xarid qilish, chet el valyutalariga almasha olish qobilyati tushuniladi.

  68. Hozirgi davirda pul massasida naqd pullarni ulushi 25% dan kam. Ayrim baholarga ko‘ra rivojlangan mamlakatlar bu ko‘rsatkich 10% rivojlanayotgan mamlakatlar 25-40% tashkil qiladi. Bitimlarni asosiy qismi naqd bo‘lmagan shakilda kredit pullardan foydalanib amalga oshiriladi. ( cheklar,kredit kartochkada )

  69. Pulga talab xo‘jalik faoalyati uchun zarur bo‘lgan extiyojdir. Uni shakillanishining ikki sababi mavjud. Birinchidan, insonlarga xar doim tovar va xizmatlarni, korxonalarga esa xom ashyo, yoqilg‘i enyergiya’ni sotib olishga, ish haqi to‘lash uchun pul zarur bo‘ladi. Bular uchun zarur bo‘lgan pul miqdori nominal YAMM hajmi bilan belgilanadi. Muomaladagi tovar va xizmatlarning pul qiymati qanchalik katta bo‘lsa, ularni sotib olish uchun shunchalik ko‘p pul kyerak bo‘ladi. Pulga talab bilan YAMM o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘liqlik mavjud. Ikkinchidan, insonlar o‘zlarining pullarini xar xil shakllarda ( aksiyalar,obligatsiyalar,qimmatboxo tovarlar holatida) saqlaydilar. Ishlab chiqarish jaryonini o‘sishi pulga bo‘lgan talabni oshiradi. Pulga bo‘lgan talabni o‘sishi undan foydalanish uchun to‘lanadigan foiz stavkasini oshiradi.

  70. Pul bozori – milliy bozorning tarkibiy qismi bo‘lib, mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.

  71. takiflarini muomaladagi barcha pullarning miqdori tashkil etadi. Pul taklif , pul agregatlaridan iborat. Iqtisodiyotda pul taklifi pul massasi ko‘rsatkichi bilan tafsiflanadi. Pul massasi bu iqtisodiyotdagi naqd va naqd bo‘lmagan xarid va to‘lov mablag‘lari yig‘indisidr. Pul massasi tashkil etuvchi pul shakillari likvidik darajasi bo‘yicha farqlanadi. Pulning likvidligi uning muomala vositasi sifatida barcha narsaga tez va xech bir to‘siqsiz ayriboshlanishidir. Naqd pullar, tijorat boshqa joriy hisobidagi mablag‘lar absolyut likvid hisoblandi. Jamg‘arma qo‘yilmalar esa likvidligi pastroq . Umuman olganda pul xech bir xarajatsiz xoxlagan paytda xoxlagan narsaga ayirboshlanishi mumkin. Bino, transport vositasi va shu kabilarni esa boshqa narsaga ayriboshlash uchun ularni sotish zarur,bu ma’lum darajada vaqt va xarajatni talab etadi.

  72. bozorida muvozanat – bu taklif qilingan pul mablag‘lari miqdori bilan, aholi va tadbirkorlar talab qiladigan pul miqdori teng bo‘lgan holat. Pul bozoridagi muvozanat pul taklifi va unga bo‘lgan talab o‘rtasidagi bog‘liqlikdir.

  73. bo‘lgan talab egri chizig‘i (Ms) aholi va firmalar hozirgi vaqtda


  74. rasm. Pul bozori modeli.

  75. qo‘llarida ushlab turishni hoxlagan pul miqdori bilan oddiy pul aktivlari bo‘yicha foiz stavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi.

  76. taklifi egri chizig‘i pul taklifining foiz stavkasiga bog‘liqligini aks ettiradi.

  77. bozorida muvozanat markaziy bank ta’sirida shakllanadi. Agarda markaziy bank pul taklifini nazorat qilsa, foiz stavkasini o‘zgarishidan qattiy nazar pul hajmini belgilangan miqdorda ushlab tursa unda taklif egri chizig‘i (Ms) vertikal ko‘rinishga ega bo‘ladi. (16.1- rasm). Pul bozorida muvozanat talab va taklif egri chizig‘i kesishgan A (r0M0 ) nuqtada kuzatiladi. Foiz stavkasi r1 gacha pasayishi, natijasida obligatsiyalar daromadliligi pasayadi, pulga bo‘lgan ehtiyoj esa oshadi. Bunday vaziyatda iqtisodiy sub’ektlar obligatsiyalarni sotadilar, natijada obligatsiyalarga talab va ularning bozor narxi pasayadi. Ularni sotish evaziga olingan daromadlar esa oshadi. Ushbu bitimlar natijasida pul mablag‘larini ko‘chishi sodir bo‘ladi va asta sekinlik bilan pul bozoridagi muvozanat tiklanadi.

  78. rasm. Pulga bo‘lgan talab egri chizig‘ini siljishi.

  79. darajasini oshishi pulga bo‘lgan talabni oshiradi natijada talab egri chizig‘i o‘nga siljiydi Bunda foiz stavkasi oshadi (r2) (16.2.- rasm.)

  80. - rasm. Pul taklifi chizig‘ini siljishi

  81. bank tomonidan pul taklifini kamaytirilishi pul taklifi egri chizig‘ini chapga siljishiga olib keladi foiz stavkasi oshadi. (r2)

  82. bozorida foiz stavkasi (nominal,real) pulni muqobil narxidir. Foiz kreditining bozor narxi bo‘lib, qarz pulidan vaqtincha foydalanganlik uchun to‘lanadigan xaq. Kreditning arzon yoki qimmatligini foiz darajasi belgilaydi. Uzoq davr mobaynida aniqlanadigan foiz stavkasi o‘rtacha foiz stavkasi, xar kuni shakillanadigan foiz stavkasini bozor foiz stavkasi deb yuritiladi.Unga kapital miqdori, kapitalni unumdorligi va kapitalga bo‘lgan talab va taklif nisbati ta’sir etadi. SHuningdik nominal va real foiz stavkasi farqlanadi. Nominal foiz stavkasi bank foizini aks ettiradi, reali esa inflyatsiyaga inobatga olingan holda o‘rnatilgan foiz stavkasidir.

  83. Pul taklifini oshirish bilan Markaziy bank ularni vaqtinchalik ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi natijada foiz stavkasi pasayadi, kapital quyilmalar va iqtisodiy faolik oshadi. Pul massasini kamaytirish esa aks holatni vujudga keltiradi – muomala uchun pul etishmaydi, foiz stavkasi ko‘tariladi, kapital qo‘yilmalar kamayadi, iqtisodiy faollik susayadi.

  84. Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlarini kredit sifatida mijozlariga byerish orqali yangi pullarni hosil qiliadilar. Markaziy bank tomonidan tijorat banklarni bu faoliyatlarini majburiy zaxira me’yorlarini o‘rnatish orqali cheklaydi. Nima uchun shunday qilinadi? Tijorat banklari o‘zlarining joriy harajatlarini qoplay olishlari va mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida qilinadi. Aktivlaring qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib,
    u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda majburiy zaxira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. Ushbu jarayon markaziy banklar tomonidan majburiy zaxira stavkalari yordamida pul-kredit siyosati doirasida tartibga solinadi. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi. Pul massasi o‘sishi pul multiplikatori qiymatiga ham bog‘liq, odatda bu ko‘rsatkich majburiy zaxiralar meyoriga proporsionaldir. Pul taklifi multiplikatori - bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zaxiralar
    qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikga ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga oshishini
    ko‘rsatadigan ko‘rsatkich.
    Pul taklifi multiplikatori quydagi ifoda yordamida hisoblanadi:


  85. bu yerda: m - pul multiplikatori koeffitsienti;

  86. bankdagi depozitlarni qo‘shimcha ravishda o‘sgan qismi;

  87. majburiy zaxirani qo‘shimcha hajmi;

  88. majburiy zaxirani foizdagi meyori

  89. zaxira normasi qancha past bo‘lsa, barcha tijorat banklari tomonidan byeriladigan kreditlarning umumiy hajmi shuncha ko‘p bo‘ladi.

  90. , hayotda barcha narsa shunchalik ravon o‘tmaydi. Qarz oluvchi kredit miqdorini to‘liq yoki qisman naqd pulda olishi mumkin va pul depozitlarga qaytmaydi. Mijozlari bankdagi pullarini qaytarib olishlari mumkin, bu ham kredit byerish imkoniyatini pasaytiradi. SHunday qilib, multiplikatsiyaviy samara sezilarli darajada kamayishi mumkin.

  91. Pul-kredit siyosatinining tamoillari va vositalari.

  92. Pul-kredit siyosati deganda to‘la bandlik sharoitida jami mahsulotni ishlab chiqarishda inflyatsiya’ning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf qilish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o‘zgartirish tushuniladi. Pul siyosatida pul massasi miqdori, foiz darajasi, va kreditlar boshqariladi. Foiz darajasi ustidan nazorat foizni hisob stavkasi darajasini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Foizni hisob stavkasi – bu markaziy bank tomonidan tijorat banklarga qisqa muddatga byeriladigan kreditlarning foiz meyori. Bu siyosat markaziy bank tomonidan olib boriladi.

  93. barcha mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq bozorda opyeratsiyalar (inglizcha – “Open market opyerations”), ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarni taklif qilish usulidan foydalinalida. Ushbu opyeratsiyalarni asosan markaziy bank amalga oshiradi. Bunda Markaziy bank xazina qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan pul taklifiga ta’sir etadi, ya’ni pul bozoridagi talab va taklif muvozanatini taminlaydi.

  94. bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi sharoitida Markaziy bank ortiqcha pul massasini bartaraf etishga harakat qiladi. Buning uchun u qimmatli qog‘ozlarni aholi va banklarga sotadi. Davlat qimmatli qog‘ozlarining taklifi oshib borgan sari ularni bozor narxi pasayadi, o‘z navbatida unga bo‘lgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli qog‘ozlarni ko‘proq xarid qila boshlaydilar, pirovard natijada banklarning rezyervlari qisqaradi. O‘z navbatida bu hol pul taklifini bank multilikatoriga teng nisbatda qisqarishiga olib keladi.

  95. pul bozorida pul miqdori kamayib ketgan holatni ko‘rib chiqamiz. Bu holatda Markaziy bank pul taklifini ko‘paytirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi. Banklar va aholidan qimmatli qog‘ozlarni sotib ola boshlaydi,bunda davlat ularga bo‘lgan talabni oshiradi. Natijada qimmatli qog‘ozlarni bozor narxi ko‘tariladi va avtomatik ravishda unga bo‘lgan foiz miqdori pasayadi. Bu esa aholi va banklarni ularni ko‘proq sotishga harakat qilishiga olib keladi. Bu bank rezyervlari va pul taklifini ortishiga olib keladi.

  96. Ochiq bozordagi opyeratsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Angliya, Gyermaniya, Kanada va boshqalar)da XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy dastagiga aylangan bo‘lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari  tomonidan ham pul mablag‘lariga bo‘lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim dastakka aylandi.

  97. Pul–kredit (monetar) siyosatini amalga oshirishning yana bir vositasi, bu hisob–kitob stavkasi siyosatidir. Hisob –kitob stavkasini Markaziy bank belgilaydi. Agarda ushbu stavka past bo‘lsa unda tijorat banklari ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar. Buning natijasida banklarning ortiqcha bank rezyervlari ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdori oshadi. Agar hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa unda banklar kamroq kredit olishga, olganlarini esa qaytarib byerishga harakat qiladilar. Pirovard natijada esa ortiqcha bank rezyervlari kamayadi, buning natijasida esa muomaladagi pul miqdori kamayadi.

  98. Amalyotda davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi opyeratsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.

  99. Pul kredit siyosatini vositalaridan yana biri – bu majburiy bank rezyervlarining meyorini o‘zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxira (rezyerv) talablari (inglizcha – “Resyerve requirements”) – pul-kredit siyosatining an’anaviy vositalaridan biri hisoblanib, AQSH Fedyeral Zaxira Tizimi (Fedyeral Resyerve System) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida 1863 yilda ishlab chiqilgan35. Bugungi kunda, dunyoning ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlari (AQSH, SHveysariya, Xitoy, Rossiya, Hindiston, Braziliya va boshqalar)da majburiy zaxira talablari qo‘llanib kelinmoqda. Majburiy bank rezyervlarining meyorini (MBRM) Markaziy bank belgilaydi.

















  100. bu yerda: M- pul taklifi

  101. pulning aylanish tezligi yoki oboroti soni

  102. tovar va xizmatlarning o‘rtacha narxi

  103. sotilgan tovarlarning soni

  104. monetaristlar V barqaror deb hisoblaydilar, keynschilar esa u barqaror emas deydilar.

  105. Hozirda mavjud bo‘lgan, monetaristik siyosatini modellari bu ikki yondashuvni sintez qilingan variantdir. YA’ni, bu yondashuvlarning ijobiy taraflarini qo‘shib o‘zida aks ettirgan monetaristik siyosatning variantlaridir.

  106. 16.4 O‘zbekistonda olib borilayotgan pul- kredit siyosati.

  107. Pul-kredit siyosatining pirovard maqsadi – mamlakatda barqaror past darajadagi inflyatsiya’ning ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga yerishish esa aholi turmush darajasining yaxshilanishiga va farovonligining oshishiga xizmat qiladi. SHu nuqtayi nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kyerak

  108. Mamlakatimizda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zamini hisoblanadi. Inflyatsiya’ning past va barqaror ko‘rsatkichlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholi farovonlik darajasini oshirishning muhim omili sanaladi.

  109. Respublikasida Markaziy banki pul-kredit siyosatining asosiy tamoyillari quydagilardan iborat:

  110. inflyatsiya’ning doimiy amal qiladigan maqsadini belgilash va uni keng jamoatchilikka etkazish;

  111. pul bozoridagi foiz stavkalarini tartibga solish va inflyatsiyaviy jarayonlarni boshqarish maqsadida pul-kredit siyosatining keng qamrovli dastaklarini qo‘llash;

  112. pul-kredit siyosati sohasida obektiv qarorlar qabul qilish maqsadida ichki va tashqi bozorlarda mavjud bo‘lgan ochiq ma’lumotlarni hisobga olgan holda batafsil makroiqtisodiy tahlil va prognozlarni amalga oshirish.

  113. Hozirgi davrda mamlakatimizda davlat tomonidan olib borilayotgan pul kredit siyosatida uning jahonda tan olingan vositalaridan foydalanib klinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ochiq bozor opyeratsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yildan davlat qimmatli qog‘ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Bunda, bozorning foiz stavkalari va bank tizimida (tijorat banklari)gi likvidlilik darajasiga ta’sir ko‘rsatish, shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi o‘zgarishini muvozanatlashtirish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda davlat qimmatli qog‘ozlarini, shuningdek, o‘zi chiqargan obligatsiyalarni hamda boshqaruv qaroriga ko‘ra boshqa qimmatli qog‘ozlarni (xorijiy davlatlar qimmatli qog‘ozlari (obligatsiya, veksel, depozit syertifikatlari va boshqalar) hamda mahalliy korporativ obligatsiyalar) sotib olishi va sotishi mumkin. SHuni alohida ta’kidlash joizki Markaziy bank faqat pul-kredit siyosatini amalga oshirish maqsadida obligatsiyalar emissiyasi (muomalaga chiqarish)ni amalga oshiradi. SHuningdek, obligatsiyalarning emissiyasi, joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi hamda muomaladan chiqarilishi tartibi va shartlari Markaziy bank tomonidan belgilanadi. Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog‘ozlarining doimiy muomalada bo‘lishi nafaqat davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo‘li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo‘lib hisoblanadi.36Mamlakatimizda 2020 yilning 11 sentyabrdan boshlab Markaziy bank asosiy stavka 14%ni tashkil etadi. Markaziy bank asosiy stavkasi - pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri hisoblanadi.

  114. pul bozoridagi foiz stavkalari, shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank tizimiga likvidlikni taqdim etish bevosita asosiy stavkaga bog‘liq.

  115. qilib, asosiy stavka iqtisodiyotdagi foiz stavkalari darajasiga, shuningdek, aholi va biznesning iste’mol va investitsiyaviy (sarmoya kiritish) qarorlariga ta’sir ko‘rsatgan holda ichki talab va inflyatsiya darajasi o‘zgarishida ahamiyat kasb etadi.

  116. stavka darajasi Markaziy bank boshqaruvi majlislarida pul-kredit siyosati sharoitlari, joriy va kutilayotgan inflyatsiya darajasi hamda makroiqtisodiy holatni inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda, agar inflyatsiya darajasi oshsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani oshiradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani pasaytiradi. Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirishga qaror qilsa, bozorni mumkin bo‘lgan o‘sish yoki pasayish haqida avvaldan xabardor qiladi.37 Respublikasi Markaziy banki tomonidan ham majburiy zaxira talablari pul massasini tartibga solish hamda mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etishning muhim va ta’sirchan vositasi sifatida amaliyotda qo‘llanilmoqda.

  117. rezyervlar tijorat banklari tomonidan jalb qilingan milliy va xorijiy valyutadagi depozit mablag‘larga nisbatan o‘rnatilgan me’rlardan kelib chiqib, Markaziy bankdagi o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini anglatadi. Xususan bu instrument Markazi bank tomonidan quydangi maqsadlar uchun qo‘llanadi:

  118. tijorat banklarining likvid mablag‘lari hajmini muvofiqlashtirgan holda, kreditlash faolligiga ta’sir ko‘rsatish;

  119. tijorat banki bankrot bo‘lgan sharoitda uning majburiyatlari yuzasidan hisoblashish;

  120. pul massasining o‘sish sur’atlarini tartibga solgan holda, pul massasining multiplikativ ko‘payishiga bevosita ta’sir ko‘rsatish. Bunda, Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 25 aprelda 3002-son bilan ro‘yxatga olingan “Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezyervlari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Markaziy bank tijorat banklari tomonidan Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezyervlar hajmi (normativ miqdori)ni hamda depozitga o‘tkazish tartibini belgilaydi. O‘z navbatida, majburiy rezyervlarning normativ miqdorini hisoblashda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining rezyerv shakllantiriladigan majburiyatlariga nisbatan majburiy zaxira me’yorlari belgilangan bo‘lib, 2019 yil 1 iyuldan: milliy valyutadagi depozitlar uchun - 4%; xorijiy valyutadagi depozitlar uchun - 14% etib belgilangan bo‘lib, majburiy zaxira rezyervlari har ikkala valyuta uchun ham milliy valyutada shakllantiriladi.38Mamlakatimizda pul-kredit siyosatini takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatilish bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazish maqsad qilib olingan.

  121. Pul-kredit siyosatining inflyasion targetlash rejimida markaziy bank tomonidan inflyatsiya’ning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiya’ning maqsadli ko‘rsatkichiga yerishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyasion targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inyersion davomiyligini kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va muvozanatli iqtisodiy o‘sishga yerishish uchun qulay sharoitlarni yaratadi.39
















  122. yoritib.



Download 20,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   239




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish