Pul - bu umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning: oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.
Qadimgi davrlarda ayirboshlash jarayoni, birinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti ruy bergan, ya’ni dexqonchilik chorvachilikdan ajralib chiqqan paytda vujudga kelgan. Ushbu ayirbrshlash shaklida bitta mahsulot boshqa mahsulotga ayirboshlangan. SHuning uchun qiymatning bu shakli oddiy, tasodifiy deb ataladi. CHunki, ayirboshlash doimiy emas balki, tartibsiz va tasodifiy tavsifga ega bo‘lgan. Masalan, 2ta bolta= 1ta qo‘y, ya’ni 2ta bolta 1ta qo‘yga ayirboshlangan.
Ijtimoiy mehnat taqsimotini chuqurlashuvi va tovar ishlab chiqarishini rivojlanishi natijasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni turi va soni oshib bordi va ayirboshlash doimiy xarakterga ega bo‘ldi. Endi bir tovar qiymati (2ta bolta ) bir necha tovar- ekvivalentlar (1 qop g‘alla, 2ta qo‘ya yoki 5 metr mato) qiymatida eks ettirilgan.Ushbu tovar- ekvivalentlar qiymati bo‘yicha birnchi tovarga (2ta boltaga) taxminan teng bo‘lgan, shuning uchun uni ayirboshlash mumkin bo‘lgan. Bunday qiymat shakli kengaytirilgan degan nom olgan.
Keyingi davrlarda insonlar yanada ko‘proq tur va xajmda tovarlarni ishlab chiqara boshlashi natijasida tovar muomalasi ko‘lamlarni kengaygan. Bevosita ayirboshlash murakkablashgan. Shuning uchun xar bir ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini, muomalada keng tarqalgan, talabga ega tovarga almashtirishga xarakat qilganlar. Ana shunday qilib qiymatning umumiy shakli vujudga kelgan unda barcha tovarlarni qiymati bitta ekvivalant tovarda aks ettirilgan. Bunday ekvivalent –tovar rolini turli mamlakatlarda turli tovarlar o‘ynagan.( choy, tuz, muyna, mol, baliq va x.k) . Bu rol biron bir mahsulotga yuklanmagan. Muayyan sharoitlarga qarab, u yoki boshqa mahsulot uni bajarishi mumkin edi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotining yanada chuqurlashuvi, hunarmandchilikning rivojlanishi, ayniqsa eritish texnologiyasining kashf etilishi natijasida, boshida oddiy, keyinchalik nodir metal universal ekvivalent vazifasini o‘ynay boshlagan va ular pulga aylangan. Qiymatning pul shakli vujudga kelgan. Nima uchun pulning vazifalari qimmatbaho metallarga - oltin va kumushga bog‘lab qo‘yilgan? Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:
- tabiatda nisbatan kamyobligi, sifat jihatdan bir xil o‘lchamga keltirish mumkinligi;
- bo‘linuvchanligi va bo‘lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi, bo‘linganda ham o‘z qiymatini saqlab qola olishi;
- ozgina miqdordagi va og‘irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.
- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;
Demak, birinchidan pul haqida fikr yuritilganda uning tarixiy jarayonlarda vujudga kelgan turlari haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi, ikkinchidan, pulning birinchi turi tovar pullari, ya’ni pulning rolini tovarlar (qoramol, tuz, tamaki, mo‘ynalar va boshqalar) o‘ynagan. Keyinchalik asta-sekin pulning rolini qimmatbaho metallar (oltin, kumush) bajara boshlagan. Dastlab metall pullar shaklga ega bo‘lmagan, metallni quyish texnologiyasi kashf qilingandan so‘ng pullar tanga ko‘rinishiga ega bo‘lgan.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda muomalaga chiqarilgan. O‘rta Osiyoda birinchi pullar Selikvidlar davrida eramizdan avvalgi 280-261 yillarda chiqarila boshlangan. Islom ramzi tushiurilgan dastlabki tangalar dinor (4,3 g. oltin tanga) va dirham (2.6 g. kumush tanga) 685-705 yillarda xalifa Abdu Malik tomonidan Suriya va Falastinda zarb ettirilib muomalaga kiritilgan. Tanga pullar XI - XII asrlarda O‘rta Osiyoda va Sharqiy Turkistonni birlashtirgan Qoroxoniylar davlatida ham, XIII - XVI asrlarda Amir Temur va temuriylar davrida ham, O‘rta Osiyoda uch xonlik-Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonlari davrida ham asosan oltin, kumush va misdan juda ko‘p zarb etilgan.
XVIII asrda Yevropada oltin va kumush tangalar bilan bir qatorda qog‘oz pullar muomalaga chiqarilgan.
Adabiyotlarda birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda ishlab chiqarilgan deb ko‘rsatiladi. Dastlab qog‘oz pullar qiymatga ega emas edilar, ular ushbu qiymatning tashuvchisi bo‘lganlar. Keyinchalik oltin va boshqa qimmatbaho metallarni qazib chiqarish qiyinlashuvi, ishlab chiqarishning rivojlanishi va to‘lov, muomala vositasiga bo‘lgan ehtiyojning oshishi natijasida, undan tashqari tangalarning uzoq vaqt muomalada bo‘lishi, qo‘ldan-qo‘lga o‘tish natijasida yemirilishi, tangadagi metall tarkibining buzilishi (davlat tomonidan ongli ravishda davlat xazinasiga tushumni oshirish maqsadida tangalarning metall (oltin, kumush) miqdorining kamaytirilishi) qog‘oz pullarini chiqarilishiga sabab bo‘lgan.
Xalqaro valyuta fondining (XVF) qaroriga binoan 1978 yil 1 apreldan boshlab oltin pul muomalasidan chiqarilib, uning asosida valyutalarning rasmiy bahosi bekor qilindi. Biroq shunga qaramasdan, oltin har qanday valyutaga osonlikcha ayirboshlanadigan maxsus tovar bo‘lib qolmoqda.
XX asrning 30-yillarining o‘rtalaridan boshlab kredit va qog‘oz pullar tizimi ishlay boshladi, oltin muomaladan chiqarildi. Kredit pullari deb nomlangan yangi pullar paydo bo‘ldi. Bularga veksel to‘lov topshiriqnomalari va cheklar kiradi.
Pulni rivojlantirishning zamonaviy bosqichi elektron pul tizimining paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi, uning yordamida bank hisob varag‘idan pul olish, omonat qo‘yish yoki to‘lovlarni amalga oshirish mumkin va hokazo. Zamonaviy pullar rivojlanishining yangi bosqichi - bu plastik kartalaridir. Plastik kartalar funksional va texnik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Debet va kredit plastik kartalar farqlanadi. Birinchisidan foydalanish karta egasi tomonidan depozit hajmiga qarab pulni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq. Kredit kartalar tovarlar va xizmatlarni sotib olishda bankdan kredit olish imkoniyatini beradi.
Shunday qilib, tarixiy rivojlanish jarayonida pul to‘liq va to‘liq bo‘lmagan bosqichlaridan o‘tib, o‘zgarib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |