Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab byeriladigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to‘g‘ri ishbay tizimi bo‘yicha haq to‘lanadi. Bunda ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’i nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot byerishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to‘lashda ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi byeriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi jamoa va ijara pudratida qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard mehnat natijalariga bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga byerilgan shaxsiy topshiriqlarnigina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Shunga alohida e’tibor byerish kyerakki, birinchidan odamlarning jismoniy va aqliy layoqati har xil, ikkinchidan esa mehnat jarayonida murakkabligi nuqtayi nazaridan turlicha, binobarin sarf etilanayotgan mehnat ham har xil bo‘ladi. Undan tashqari xodimlar malakasi bo‘yicha farqlanadi, qolavyersa insonlar bir xil bo‘lmagan ishlab chiqarish sharoitida ishlaydi.
Ishchi va xizmatchilarning ish haqini ularning bilimi, ish mahorati, ish turiga ko‘ra turli darajada tabaqalashtirilgan holda to‘lash tarif tizimi, ya’ni ishlab chiqarish turlari, ish sharoiti, ishchining malakasiga ko‘ra ish haqi belgilash uchun yaratilgan me’yoriy hujjatlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotnomalari tarif setkasi va tarif stavkalaridan iboratdir. Tarif-malaka spravochniklari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil tarifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari ta’rif koeffitsiyentlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng).
Do'stlaringiz bilan baham: |