11). Qadmgi rimdagi iqtisodiy qarashlari
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Porsiy Katon (m.av. 234–149 y.) o‘zining «Dehqonchilik to‘g‘risida» asarida qishloq xo‘jaligini xalq xo‘jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo‘llashga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo‘jalikda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritdi. Eng foydali mahsulot deb olif yog‘ini hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo‘rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo‘lgan. Atoqli Rim yozuvchisi va olim Mark Terensiy Varron (m.o. 116–27 y.) xalq xo‘jaligida dehqonchilik va chorvachilikni asosiy tarmoq hisobladi. Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan asarida o‘zining iqtisodiy qarashlarini bayon etdi. Chorvachilikka katta e’tibor berib, bozor sharoitida uni eng foydali tarmoq deb bildi. Rim yozuvchisi Yuniy Moderat Kolumella (m.o. I asr) «Qishloq xo‘jaligi to‘g‘risida» degan kitobida inqiroz va kolonatning (yirik yer egalari bilan bevosita ishlab chiqaruvchilar – kolonlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlari shakli) rivojlanishi davridagi Rim qishloq xo‘jaligiga tavsif beradi. Uning fikricha, qullar yerni yaxshi ishlatmaydilar, yerdan yuqori hosil olish uchun qayg‘urmaydilar. lar. Kolumella urug‘ni sepishdan boshlab to hosilni yig‘ib olishgacha bo‘lgan davrda qullar isrofgarchilik qilishini, yaxshi ishlamasligini, o‘g‘rilik qilishini va pirovard natijada donni qabul qilishda uning miqdorini hisob daftarida noto‘g‘ri ko‘rsatishini aytib berdi. U qullar mehnatidan ko‘ra erkin mayda ishlab chiqaruvchilar mehnatining afzalligini isbotlab berdi. Respublika davridagi Qadimgi Rimning jiddiy iqtisodiy muammolaridan biri yerga bo‘lgan mulkchilikning oqsuyak patritsiylar qo‘lida to‘planishi va italiyalik ko‘pchilik dehqonlarning yerdan mahrum bo‘lishi hisoblanadi. Xonavayron bo‘lgan mayda dehqonlarni aka-uka Tiberiy (m.o. 162-133 y.) va Gay (m.o. 153–121 y.) Grakxlar himoya qilib chiqishdi. Patritsiylarning yer mulkini cheklash va agrar masalalarni yechish maqsadida Tiberiy Grakx m.av. 133 yilda. qonun qabul qilishni taklif qilib chiqdi. Bu qonunga muvofiq, rimlik fuqarolarga davlatning haydaladigan yeridan 500 yuger (125 gektar)gacha ijaraga olish ruxsat etilgan. Tiberiy Grakxning agrar loyihasi qisman amalga oshirildi va natijada o‘n minglab dehqonlar yer olishga muvaffaq bo‘ldilar. Tiberiy Grakx ataylab o‘ldirilgandan keyin, uning ishini ukasi Gay Grakx davom ettirdi.Islohot ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi va hatto Gay Grakx o‘limidan keyin ham konservatorlar muhtojlarni yer bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunni bekor qila olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |