1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet6/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

1-jadval
2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari
(2019 yilga nisbatan foiz hisobida)

Ko‘rsatkichlar

O‘sish sur’atlari

YAlpi ichki mahsulot

107,8

Sanoat (qurilish bilan)

106,6

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

106,6

Jami xizmatlar

112,5

CHakana savdo aylanmasi

114,4

O‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi

109,6

Iqtisodiyotga 16,6 milliard AQSH dollaridan ko‘p investitsiya qilindi, yoki 2019-yilga nisbatan 9,6 foizga ko‘pdir. O‘zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi esa 11,3 foizga o‘sib, 3,7 milliard dollardan ko‘p bo‘ldi.
2020-yilda Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 5,2 milliard dollarlik 164 yirik ishlab chiqarish ob’ekti ishga tushirildi. Jumladan, Talimarjon IESda 450 MVt quvvatli ikkita bug‘-gaz turbinasi va Angren IESda ko‘mir kukunidan foydalanishga mo‘ljallangan 130-150 MVt quvvatli energiya bloki qurish, Jizzax viloyatidagi sement zavodi quvvatini kengaytirish, «Indorama Qo‘qon tekstil» xorijiy korxonasi va «Fanteks» MCHJda yigiruv ishlarini tashkil etish, «JM O‘zbekiston» aksiyadorlik jamiyatida «T-250» rusumidagi engil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil qilish», shu bilan birga «Sirdaryo viloyatidagi «Guliston Med Texnika» qo‘shma korxonasida steril shpritslar ishlab chiqarish" va boshqa loyihalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hududiy dasturlari doirasida 2016-yilda 28 mingdan ko‘p loyiha amalga oshirildi.
2017-2020-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalar tomonidan sanoat mahsulotlarining 80 dan ortiq yangi turi o‘zlashtirildi. 2016-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida qiymati 6145,8 milliard so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarildi va o‘sish 2015-yilning shu davriga nisbatan 1,5 barobarni, import o‘rnini bosish samaradorligi 2,1 milliard dollarni tashkil qildi.
2020-yilda mahalliy xomashyo resurslarini bosqichma-bosqich chuqur qayta ishlash va tayyor iste’mol mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish tarmoqlari evaziga sanoat mahsulotlarining yuqori o‘sish sur’atlariga erishildi. Xususan, to‘qimachilik buyumlari, kiyim va charm mahsulotlari ishlab chiqarish 111,7 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari 110,8 foiz, farmatsevtika mahsulot va preparatlari 123,9 foiz, kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlari 129,7 foiz, boshqa noruda meneral mahsulotlar 113,8 foizga oshdi.
Sanoatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash loyihalari, shuningdek, 2017-2020-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari dasturining hayotga samarali tatbiq etilishi natijasida respublika YAIMga energiya sarfini 7,4 foizga, hamda yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxini esa o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 10,6 foiz kamaytirishga erishildi.
Iqtisodiyot tarkibida sanoatning rivojlanishi dinamikasidagi muhim o‘zgarish sifatida korxonalar va ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilanish asosida sanoatda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va diversifikatsiyaning amalga oshirilgani hisoblanadi.
Sanoat siyosatidagi asosiy ustuvorlik institutsional islohotlarning sifatini oshirish va tadbirkorlik faoliyatiga keng yo‘l ochib berish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi doirasida 2008-2016 yillarda mamlakatlarimiz iqtisodiyotining real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, o‘rta va zoq muddatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2019 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2020 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakat strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2020 yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini belgilash taklifi berildi. Davlat rahbari tomonidan “Aynan ana shu eng muhim vazifalar iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish uchun poydevor bo‘lishi kerak.”-deb ta’kidlab o‘tildi1
Poydevor sifatida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoevtomonidan qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi2. Ushbu Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash maqsadida 2006 yildan boshlab, sanoatning eng muhim 14 tarmog‘ida, xususan elektroenergetika, qora va rangli metolurgiya, neftgaz, kimyo, avtomobil, paxta tozalash, engil sanoat, charm poyabzal, yog‘ moy va farmotsevtika hamda qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda modernizatsiya, texnik va texnologik yangilanish dasturlari qabul qilindi va amalga oshirildi.
O‘z vaqtida qabul qilingan chora-tadbirlar pirovardida jahon moliyaviy-iqtisodiyot ta’siri nafaqat oldi olindi, balki inqirozdan keyingi davrda barqaror sur’atlarda rivojlanish uchun zarur shart-sharoit yaratishga xizmat qildi. Bu esa, sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishining sifatini oshirish uchun ijobiy omil bo‘ldi.
Optimal iqtisodiyot tarkibida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish va yangi texnologik ishlab chiqarishning ulushi eksportga yo‘naltirilgan qazib chiqarish sanoatining ulushidan yuqori bo‘lishi lozim.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish