1. Industrial iqtisodiyot” fanining ob’ekti sanoatning ta’rifi va tavsifi



Download 0,51 Mb.
bet3/63
Sana01.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#876337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
Industirial iqtisodiyot SamDU 2022 yozma javoblar (1)

1-chizma. Iqtisodiy fanlar tizimi
Iqtisodiy fanlarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi- umumiqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodni yaxlit o‘rganuvchi fanlar. Ikkinchi - xususiy iqtisodiy fanlar, ya’ni iqtisodning u yoki bu sohasini, yoxud korxona iqtisodini o‘rganuvchi fanlar. Birinchi guruhga eng avvalo «Iqtisodiy nazariya» fani kiradi. Uning o‘zi o‘z nomi bilan boshqa fanlardan ajralib turadi va umum iqtisodga nazariy jihatdan yondashadi, unga xos qonun va qoidalarni o‘rganadi.
«Iqtisodiy nazariya» - insonlarning ishlab chiqarish munosabat- larini ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan o‘zaro aloqada o‘rganuvchi fandir. Bu fan kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilishni boshqarish qonunlarini, shuningdek, ulardan amaliy faoliyatda foydalanish yo‘llarini o‘rganadi. Lekin «Iqtisodiy nazariya» xalq xo‘jaligining ayrim tarmoqlari va tarmoqlararo komplekslarida iqtisodiy qonunlarning namoyon bo‘lish, ro‘y berish shakllari va xususiyatlarini o‘rganmaydi. Bu bilan aniq iqtisodiy fanlar shug‘ullanadi. Ana shunday fanlardan biri «Industrial iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Bu fan jamiyatning iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalari sanoat va uning tarmoqlari sohasida namoyon bo‘lishi, ro‘y berishi, tuzilmaviy o‘zgarishlarning «falsafasini», boshqarishning ilmiy asoslarini, rejalashtirish va bashoratlashning metodologiyasi va metodikasini, fan-texnika tarakqiyotining asosiy yo‘nalishlari, sanoat resurslarining mohiyati, ahamiyati va turlari hamda ulardan foydalanishni yaxshilash shart-sharoitlari va sanoatning boshqa qator muammolarini o‘rganadi.
«Industrial iqtisodiyot” fani bir qator iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bog‘langan. Ular jumlasiga «Ekonomiks», «Iqtisodiy nazariya», «Makroiqtisodiyot», «Mikroiqtisodiyot», «Sta­tistika», ayniqsa, «Iqtisodiy statistika», «Mehnat iqtisodiyoti», «Marketing», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya va kredit», «Iqtisodiy xavfsizlik», «Innovatsiya strategiyasi», «Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti» va boshqa bir qator fanlar kira­di.
«Industrial iqtisodiyot” fani «Korxona iqtisodiyoti» fani bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunday bog‘liqlik sanoat va uning alohida tarmoqlari moddiy-texnika va mehnat salohiyatidan to‘la-to‘kis foydalanish imkoniyatlarini qidirib topish uchun mehnat jamoasiga iqtisodiy ta’sir ko‘rsatishning yangidan-yangi usullarini topishda mahorat va ishning ko‘zini bilishga yordam beradi.
Iqtisodiy hayot jarayonlari va hodisalarini o‘rganish darajasi nuqtai nazaridan, odatga ko‘ra, makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyotni farqlaydilar.
«Makroiqtisodiyot» fani iqtisodiyotni bir butun sifatida qaraydi va umumiy (majmuiy) talab va taklifning, milliy daromad va yalpi milliy mahsulotning shakllanish jarayonlarini tadqiq etadi, byudjet siyosatining iqtisodiy o‘sishga, inflya­siya va ishsizlik darajasiga ta’sirini tahlil etadi. Boshqacha aytganda, bu fan makroiqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish muammolarini o‘rganadi va o‘rgatadi.
«Mikroiqtisodiyot» fani ishlab chiqarish tarmog‘i va korxona, tovar va moliya bozorlari, banklar, turli firmalar, uy xo‘jaligi kabi alohida sub’ektlar va tuzilmalarning fe’l - atvorini tadqiq etadi. U alohida tovarlarning ishlab chiqarish xajmi va ularga baho qanday belgilanishini, soliqlar va boshqa to‘lovlarning aholi jamg‘armalariga qanday ta’sir etishini o‘rganadi.
«Industrial iqtisodiyot” fani «Menejment» fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. CHunki sanoat boshqaruvining muhim muammolari menejment nazariyasi va amaliyoti asosida o‘z echimini topishi mumkin.
«Menejment» fani - boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirish va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat.
Bu fanning muhim muammolarini o‘rganishda xalq xo‘jaligida texnika va texnologiya taraqqiyotining yo‘llarini belgilab beradigan fanlarning xulosalaridan ham keng foydalanish g‘oyat zarurdir. Bilim va ilmning turli sohalari chegarasida tutashgan qator fanlar tadqiqot yoki bilish, anglash yo‘lini shakllantirish jarayonida «Industrial iqtisodiyot” fanining tajribasiga suyanadi va tarixiy nuqtai nazardan yondashadi.
Shunday qilib, «Industrial iqtisodiyot” fanining predmeti deganda jamiyatning ob’ektiv iqtisodiy qonunlari va zaruriy qoidalarining shu sohada namoyon bo‘lish shakllarini, sano­at mahsuloti ishlab chiqarish jarayonida jonli va buyumlashgan mehnatning eng optimal xarajatlari asosida eng yaxshi natijalarga erishishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar va omillarni o‘rganish tushuniladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish