1-mavzu: fan. Fanlar tizimi. Geografiya fanlar reja: Fan haqida tushuncha. Fanlar tizimi



Download 337,99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/17
Sana01.02.2022
Hajmi337,99 Kb.
#422360
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-maruza



1-MAVZU: FAN. FANLAR TIZIMI. GEOGRAFIYA FANLAR
Reja: 
1. Fan haqida tushuncha.
2. Fanlar tizimi.
3. Geografiya fanlar tizimi. 

Tayanch iboralar: 
Fan, fanlar tizimi, geografiya fanlar tizimi, iqtisodiy geografiya fanlar 
tizimi, maxsus geografiya
 
1. Fan haqida tushuncha. 
Fan insonning ongli faoliyati maxsuli sifatida qadimgi 
Yunonistonda VI-V asrlarda vujudga keldi. Juda ko’p olimlarning fikricha fan bu insonning 
ongli faoliyatidir. Fanning vazifasi esa borliq haqidagi bilimlarni ishlab chiqish va ularni nazariy 
jihatdan tartibga solishdir. Fanning asosiy maqsadi esa ob’ektiv borliqni boshqarishni usullari va 
yo’llarini ishlab chiqishdan iboratdir. 
Fan – dunyo haqidagi bilimlar tizimi (sistemasi), ijtimoiy ong shakllaridan biri. U katta va 
yuksak va ijodiy salohiyatni birlashtiradi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi va rivojlantiradi 
hamda raqobatbardosh kadr va barkamol shaxsni tarbiyalashning ilmiy asoslarini yaratadi. Fan 
mamlakatda qudratli ilmiy-intellektual jamoani yaratishga xizmat qiladi. U hayotning eng 
murakkab va yuksak aqliy mehnat talab qiladigan nufuzli sohasidir.
Tarixiy taraqqiyot, ayniqsa ilmiy-texnika taraqqiyoti davrida fan jamiyatning ishlab 
chiqaruvchi kuchiga aylanib bordi. Fan tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil 
qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bo’lgan faoliyatni o’z ichiga oladi. Fan taraqqiyot 
poydevori sifatida jamiyatga xizmat qiladi.
Inson atrof-muhit, bepoyon olam va unda sodir bo’ladigan hodisa va jarayonlar sirlari 
hamda rivojlanish mexanizmini o’z kuzatishlari va hayotiy tajribalari asosida o’rganib, ular 
haqida ma’lum darajada bilimga ega bo’ladilar. Bu bilimlar vaqt davomida tobora kengayib va 
takomillashib borishi natijasida borliq haqida odamlarda ilmiy tushuncha va dunyoqarash 
shakllanadi. Faylasuflar dunyoqarashni uch shaklga ajratadilar. Bular mifologik (afsonaviy), 
diniy va ilmiy-falsafiy.
Fan-yangi bilimlarni egallash bilan bog’liq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli-
olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham o’z ichiga oladi; inson
bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. Demak, hayotiy bilimlar to’planib ijtimoiy 
taraqqiyot tufayli ilmiy mazmunga ega bo’lib boradi. Inson ilmiy faoliyatning asosiy maqsadi 
voqelik to’g’risida bilim olishdan iborat.

Download 337,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish