Moddiy balansning taxminiy sxemasi
Resurslar
|
Resurslarning taqsimoti
|
Rejalashtirish davri boshiga qoldiq.
Ishlab chiqarish hajmi
Import
Davlat rezervlaridan kelib tushushi
Boshqa kelib tushishlar
|
Ishlab chiqarish – ekspluatatsiya iste’moli
Kapital qurilish ehtiyojlari
Bozor fondlari
Eksport
Davlat resurslarini to‘ldirish
Rejalashtirilayotgan davr oxiriga mahsulot qoldig‘i
|
JAMI
|
JAMI
|
5-chizma. Moddiy balansning taxminiy sxemasi
Balanslarning yana bir eng muhim turi – bu mehnat balanslaridir. Bunday balanslarda mavjud mehnat resurslari va ulardan foydalanish yo‘nalishlari aks ettiriladi. Mehnat balanslariga mehnat resurslarining yig‘ma balansi, tarmoqlar va hududlar bo‘yicha ishchi kuchi balansi va h.k.lar kiritiladi.
Korxona (firma)larda ishlab chiqarish quvvati balansi tuzilib, unda korxonaning ishlab chiqarish imkoniyati, uning tarkibidagi nomutanosibliklar mavjudligi, ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish uchun zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalar aniqlanadi.
Rejani texnik-iqtisodiy jihatdan asoslashning eng muhim asoslaridan biri bu normativ usuldir. Rejalashtirish jarayonida iqtisodiy normativlarning roli beqiyos. Ular yordamida rejalashtirilayotgan davr sharoitlarini (mahsulot berish topshiriqlari, narx, foydadan byudjetga ajratma, ish haqi fondlarini tashkil etish normativlarini) oldindan bilgan holda korxonalar jamoalari ishlab chiqarishni o‘stirishning yuksakroq sur’atlarini, uning samaradorligini ancha oshirishni ta’minlaydigan rejalarni ijodiy tarzda, barcha imkoniyatlarni oshkora qilishdan cho‘chimasdan tuza oladilar.
Normativ usulning mohiyati shundan iboratki, unda reja ko‘rsatkichlari rejali norma asosida aniqlanadi. Bu usul yordami bilan ishlab chiqarishdagi ilg‘or tajribalarni umumlashtirishning barcha bo‘g‘inlaridagi balanslari (mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, ishchi kuchi, moddiy va moliyaviy balanslari)dan keng foydalanishni nazarda tutadi.
Rejalashtirishda norma va normativlarning uch guruhi: iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik guruhlaridan foydalaniladi.
Iqtisodiy normativlar resurslardan foydalanish samaradorligini eng past mumkin bo‘lgan miqdorini ifodalaydi. Masalan, rejalashtirish va prognozlashda kapital mablag‘lardan foydalanishning normativ koeffitsienti (En) ko‘rsatkichidan keng foydalaniladi. Faraz qilaylik, rejalashtirishda uning miqdori en q 0,15 kesimida belgilanadi. Bu milliy iqtisod rivojiga sarflangan mablag‘larning har bir so‘mi 15 tiyin bilan qaytishi kerak. SHunday bo‘lsa, sarflangan kapital mablag‘ taxminan 7 yilda o‘zini to‘la qoplaydi. Agarda u har yili 15 tiyindan kam tejam keltirsa, kapital qo‘yilmalar (investitsiyalar) samarasiz foydalanilganligini anglatadi.
Ijtimoiy normativlar jamiyat va uning a’zolari ehtiyojlari muayyan davrga qondirilishining mumkin bo‘lgan darajasini, insonning tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro aloqasi xarakterini belgilaydi. Ayrim mahsulot turlarining bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi normasi ijtimoiy normativlar namunasidir. Masalan, bir kishining bir yilda oyoq kiyimiga bo‘lgan iste’mol normasi 3,3 juft hajmida belgilangan.
Texnologik normativlar chiqarilayotgan mahsulot birligiga resurslarining solishtirma sarfi miqdorini ifodalaydi. Masalan, 1kVt soat elektroenergiya ishlab chiqarishga sarflanayotgan yonilg‘i normasi, xom paxtadan paxta tolasini chiqarish normasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |