MAVZULAR BO‘YICHA GLOSSARIY
Annotatsiya (sharh) – ilmiy maqolada qanday muammolar yoki o‘quv-uslubiy asarda qaysi mavzular yoritilgani, kimlarga tavsiya qilinishi haqida yozilgan qisqa ma’lumot bo‘lib, u bir necha tillarda berilishi mumkin.
Avtoreferat – talab qilingan shakl asosida dissertatsiya asosiy mazmuni, uning maqsad-vazifalari, ilmiy yangiligi, xulosalari qisqa bayon etiladigan ilmiy asar.
Bosma o‘quv adabiyoti – bosma qog‘oz shaklida chop etilgan o‘quv adabiyotlari.
Darslik – DTS, o‘quv dasturi asosida muayyan o‘quv fani mavzulari to‘liq yoritilgan, muayyan fan asoslarini mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan bosma nashr.
Davlat ta’lim standartlari (DTS) – ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur darajasini hamda muayyan ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini belgilab beruvchi me’yoriy hujjat.
Dayjest – ilmiy-uslubiy, o‘quv, davriy adabiyotlar, hukumat va turli tashkilotlar faoliyatiga tegishli qonunlar, qarorlar, Nizomlar mazmunining qisqacha bayoni va sharhi keltirilgan, sohalarga oid ma’lumotlar to‘plami.
Dissertatsiya – muayyan fan yo‘nalishida aniq bir mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi mazmuni va natijalari bayon etilgan qo‘lyozma asar.
Elektron darslik – kompg‘yuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar.
Elektron o‘quv adabiyotlari – Ta’lim oluvchilar tasavvurini kengaytirish, dastlabki bilimlarini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan tizimlashtirilgan o‘quv materiali.
Esse – (fr. essai — tajriba, mashq; xomaki narsa) adabiy, falsafiy, ijtimoiy, publitsistik va boshqa mavzularda yozilgan, muammolar sistematik ilmiy tarzda emas, balki erkin shaklda talqin qilinadigan nasriy asar.
Ilmiy ma’ruza – tadqiqotchi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida asoslangan ilmiy-nazariy xulosalar, kashf etilgan ilmiy yangiliklar, tajriba-sinov natijalari konferentsiya, simpozium, seminarlarda slayd shaklida namoyish etiladigan va og‘zaki bayon etiladigan ilmiy asar bo‘lib, maxsus to‘plamlarda qisqa tezis shaklida chop etiladi.
Ilmiy maqola – ilmiy yoki ilmiy-metodik jurnallarda chop etiladigan, olib borilayotgan tadqiqot ishlari natijalari ilmiy dalillar bilan isbotlangan shaklda ilm ahliga ma’lum qilinadigan eng kichik ilmiy asar. Har bir ilmiy maqolada muayyan muammo o‘rtaga tashlangan bo‘lishi va uni bartaraf qilish yo‘llari, foydalanilgan manbalar aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |