Umuman olganda qishloq xo‘jaligining asosiy soxalaridan biri hisoblangan pillachilikni rivojlantirishda ipak qurtining ozuqasi bo‘lgan tut darxtida ham turli xildagi kemiruvchi va suruvchi zararkunandalarni uchratishimiz mumkin.
Tut daraxti turli hildagi zararkunandalar ta’sirida shikastlanib uning barg yaprog‘ini hosildorligiga katta zarar keltiradi. Tutning zararkunandalarini ko‘pchiligi bo‘g‘imoyoqli lar tipining turli tuman vakillari hisoblanadi. Ayniqsa hasharotlar sinfining vakillari madaniy va begona o‘tlarga, mevali va manzarali daraxtlarga ko‘plab zarar keltirib ular o‘simlik barglari, mevalari, tanasi va ildizlar bilan oziqlanadi. Hasharotlarning oziqlanishiga qarab ularning og‘iz apparatlari turlicha tuzilgan bo‘ladi.
Ko‘pchilik hasharotlarning og‘iz apparatlari kemiruvchi va so‘ruvchi bo‘lib, kemiruchilari o‘simlik mevasi, bargi, tanasi, po‘slog‘i va boshqa organlarini kemirib oziqlansa, so‘ruvchi xashoratlar o‘simlik sharbatini so‘rib oziqlanadi. Shuning uchun tut daraxitining zararkunandalari uning organlarini zararlashiga qarab ikki xilga bo‘linadi:
So‘ruvchi zararkunandalar,
Kemiruvchi zararkunandalar.
3.SO‘RUVChI ZARARKUNANDALAR So‘ruvchi zararkunandalar
So‘ruvchi zararkunandalar asosiy o‘simlik barglarini, yosh navdalarini shirasini so‘rib oziqlanadi. So‘ruvchi zarakunandalarga komstok qurti, o‘rgimchak kana, tripslar, tut qalqondori kabilar kiradi.
Komstok qurti – Pseudococcus comstoki Kuw.
Bu zararkunanda Mumsimonlar yoki soxtatukchalilar (Coccidae) oilasining vakillaridan biridir .
Komstok qurti eng hafli hasharotlardan biri xisoblanib buni Amerikalik entomolog Dj. G. Komstok degan olim aniqlagan bo‘lib, qurtning nomi shuning nomiga qo‘yilgan. Bu hasharot tut daraxitidan tashыari 300 dan ortiq turdagi mevali daxtlarni, sabzovot o‘simliklarini tanasini , bargini, mevalarini, gullarini, yosh navdalarini va ildiz shiralarini so‘rib o‘simlik organlarida to‘da to‘da komstok qurtining mumsimon oq chiqindilarini hosil qiladi.
Ular teng qanotlilar otryadi, mumsimon qurtlar – Pseudococcidae oilasiga mansub. Komstok qurti tut daraxtidan tashqari, shaftoli, katalpa, anor shuningdek makkajo‘xori, kartoshka, sabzi, lavlagi, karam, pomidor, qovoq, qovun, tarvuzga va bir qancha boshqa ko‘pgina daraxtsimon va o‘tsimon o‘simliklarga zarar yetkazadi. Komstok qurti anchagina ko‘payganda barcha o‘simlik larning o‘sishini sekinlashtiradi, daraxt va butalarning shoxlarini qing‘ir – qiyshiq qilib qo‘yadi, mevali ekinlar, ildizmevalar va tuganak mevalilarning hosilini kamaytiradi hamda sifatini pasaytiradi.
4–rasm. Komstok qurti– Pseudococcus comstocki Kuw: 1–urg‘ochisi; 2–urg‘ochisining oyog‘i; 3–erkagi; 4–urg‘ochisi; 5–9– serariy;
Kostok qurtini vatani Yaponiya bo‘lsada u Janubiy Qozog‘iston, Tojikiston, markaziy Gruziyada, Xitoy, Tayvan, Hindiston, Yangi Zelandiya, Keniya, AQSh, Kanada, Angliya, Rossiya, Ukrainada, Moldaviyada,
O‘zbekistonda tarqalgan.
Erkagi 3 – 4 mm uzunlikda bo‘lib,tanasining usti oq mumsimon tezak bilan qoplangan, chetlarida 17 juft mumsimon o‘siq, shu jumladan tana uzunligining yarmigacha boradigan ikkita uzun dum ipi bor. Erkagini qanoti
1,0 – 1,5 mm uzunlikda, qizg‘ish – jigar rangli, ko‘zlari qora bo‘lib, qizil doiralar bilan o‘ralgan. Boshdagi mo‘ylovlari 10 bo‘g‘imli, tuxumi ovalsimon, bir tomoni uchqur, och sariq, keyinchalik sarg‘ish pushti rangli, tiniq bo‘ladi.
Birinchi yoshdagi lichinka 0,3 – 0,6 mm uzunlikda, och sariq, ikkinchi yoshdagi 1,2 mm to‘q sariq rangli, 17 juft o‘simtalik, uchinchi yoshdagi ikkinchi yoshdagilaridan kattaroq va dum o‘simtasi anchagina uzun bo‘lib tanasidan 2 – 3 marta uzunligiga keladi .
Komstok qurti po‘stloq tangachalari daraxtlarning po‘stlog‘ining kovagida, o‘simlik ildizlarida, xazonlar orasida, devor yoriqlarida tuxumlik stadiyasida qishlaydi. Urg‘ochi hasharot tuxum qo‘yish paytida mo‘msimon oq par, ya’ni ovisak chiqaradi. Tuxumlar shu ovisakning ichida to‘p–to‘p bo‘lib turadi. Lichinkalar tut daraxtining kurtaklari bo‘rta boshlaganda, martning ikkinchi yarmi aprel boshlarida tuxumdan chiqa boshlaydi.
Komstok qurti o‘simlikning hamma qismlarini, tanasini, novdalarini, barglarini, mevalarini so‘radi. Bu zararkunanda rivojlanish davrida uchta lichinkalik yoshini o‘tadi, ikkinchi yoshdagi lichinka po‘st tashlagandan keyin urg‘ochisi tinchlik davriga kiradi.
Komstok qurti taxminan bir yarim oyda bir marta nasl beradi. Yoz davomida uchta nasl beradi. Urg‘ochisi so‘nggi po‘st tashlashdan 10 – 30 kun keyin tuxum qo‘ya boshlaydi. Hasharotning birinchi nasli odatda 200 – 250 ta, ikkinchi nasli 250 ta, uchinchi nasli 200 ta tuxum qo‘yadi. Birinchi yoshdagi lichinkalar chiqqan joyidan har tomonga o‘rmalab ketsa ham, qurt daraxtining bir novdasini yoki bir necha novdalarini doirasidagi yaqin masofadagina aktiv harakatlana oladi xolos. Yangi o‘simliklarga asosan passiv yo‘l bilan ,ya’ni tut ko‘chati vositasida, barglari, transport vositalari, kiyim – kechak, sabzavot hamda mevalar bilan ham tarqalishi mumkin.
Zararlangan tut barglari uning ahlati bilan ifloslanib barglarning sifatini yomonlashtiradi bundan tashqari barg sarg‘ayib, qurib to‘kiladi. Zaralangan barglarni istimol qilgan ipak qurtlarining ichi ketadi va ichketar kasalligi bilan kasallanadi, tut daraxti bargining hosiliga pillaning hosili va sifatiga katta zarar keltiradi.Komstok qurti kasallangan tut daraxti bargining hosili 35 – 36% gacha kamayadi (Sonina va bosh., 1968)
Komstok qurt uncha katta bo‘lmagan hasharot bo‘lib, uni urg‘ochisi 5mm uzunlikda cho‘zinchoq oval shaklda, qanotlari bo‘lmaydi. Urg‘ochi qurtning gir atrofida 17 juft o‘siqchasi shundan ostki bir jufti uzunroq. bo‘ladi.
Erkaklarini tanasi urg‘ochisi nikiga nisbatan ancha kichik, kattaligi 1 – 1,5mm uzunlikda, rangi esa jigarrang yoki qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, bir juft qanotlari bo‘ladi.
Zarakunanda daraxtlarning ildiz va po‘stloqlari oralarida, tanasining kavak joylarida tuxumlik davrida qishlaydi. Qurtlarining tuxumdan chiqishi mart oyining oxiri aprel oyning boshlariga to‘g‘ri keladi. Tuximdan chiqqan qurtlar 2 – 3 kun mumsimon xaltachalarda bo‘lib keyin o‘rmalab chiqib barglarning pastki, yosh novda va shoxlarini qo‘ltiqlarini zararlaydi. Qurtlar novdalarda to‘planib ularning shirasini so‘ra boshlaydi.
O‘zbekiston sharoitida komstok qurti uch marta avlod beradi. Birinchi avlod urg‘ochilari otalangandan keyin 400 – 600 tagacha, ikkinchi avlod urg‘ochilari 250 – 340 tagacha, uchinchi avlod urg‘ochisi esa 220 – 260 tagacha tuxum qo‘yadi. Uchinchi avlodning qo‘ygan tuxumlari qishlab qoladi. Qishlab qolgan tuxumlarning 95 – 98% qishning sovug‘idan hamda turli xildagi parazitlarning salbiy ta’siri natijasida kam qoladi. Komstok qurtining kapalagi serpusht bo‘lganligi tufayli yoz davomida yana ko‘payib ketadi. Ko‘pchilik qurtlar turli xildagi yo‘llar bilan ya’ni: suvlarda oqib, qush va hasharotlar orqali tut ko‘chatlari, qalamchalari va boshqa daraxtlarga tarqalib ularni zararlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |