Evklid e.a. 306-283 yillarda hukmronlik qilgan shoh Ptolomey I ning zamondoshi bo‘lgan.
Har bir fanning rivojlanish davri fandagi yangiliklarning ketma ket paydo bo‘lish va yig‘ilgan ma’lumotlarni mantiqan ishlab chiqib ularni o‘zaro bog‘lash kerak bo‘ladi. Geometriya fani qonun-qoidalarini bir tizimga keltirishga Aleksandriyalik olim Evklid (III e.a.) tomonidan yozilgan mashhur asar «Negizlar» ning ahamiyati katta bo‘ldi. Evklid boshlang‘ich ma’lumotini Platon maktabida olgan. U Platonning fikriga muvofiq har bir kishi falsafa bilan shug‘ullanishidan oldin bilishi lozim bo‘lgan to‘rt fan – arifmetika, geometriya, garmoniya nazariyasi, astronomiyani o‘qigan bo‘lishi kerak. «Negizlar»-dan tashqari Evklidning garmoniya va astronomiyaga bag‘ishlangan kitoblari ham bizgacha etib kelgan. Evklidning fanda tutgan o‘rni esa uning o‘z ilmiy tekshirishlari bilan emas balki pedagogik xizmatlari bilan belgilanadi. Evklid bir necha teorema va uning isbotini kashf etgan. Evklid elementar geometriyani yaratuvchisi hisoblanadi. Evklidgacha ham grek olimlari geometriya to‘g‘risida yozganlar. Tarixchi olim Proklning yozishicha «Evklid geometriya to‘g‘risida barcha ma’lumotlarni yig‘ib, Evdoks kashfiyotlarini tartibga keltiradi, Fetes tadqiqot ishlarini to‘ldiradi va o‘zigacha bo‘lgan geometrik ma’lumotlarni to‘ldiradi va tartibga soladi».
Arximed (287-212) geometriyaning egri chiziqli shakllarni rivojlantirishdagi buyuk xizmatlari bebahodir. U aylananing uzunligi va yuzasini, parabola va spiral segmentlarini hisoblash, shar sirti va segmenti, aylanish sirtlari hajmini hisoblash haqida parabolik segment, yarim aylana, yarim sfera va boshqa aylanma jismlarni og‘irlik markazlarini aniqlashlarning o‘lchash metodlarini yaratdi. Arximedning bu kashfiyotlari geometriya fanini rivojlantirishga va Evklidning «Negizlar» kitobiga asosiy qo‘shimchalar hisoblanadi.
SHohning oltin chambaragi tarkibining sofligini Arximed o‘zi kashf qilgan itaruvchi kuchlar qonuni yordamida tekshiradi. SHunda u ishlatgan xitob «Evrika!», ya’ni «Topdim!» so‘zi ham mashhur bo‘lib qolgan. Boshqa bir afsonada Arximed qurgan bloklar sistemasi yordamida bir kishining yakka o‘zi «Sirakosiya» deb ataluvchi ulkan kemani suvga tushira olishi haqida hikoya qilinadi. O‘sha vaqtda Arximed tomonidan aytilgan: «Menga erning tayanch nuqtasini bering va men erni aylantirib yuboraman» degan so‘zlar matalga aylanib ketgan.
Arximedning injenerlik faoliyati Sitsiliya orolidagi boy savdo shaxri Sirakuzaning qamal qilinishi vaqtida alohida namoyon bo‘ldi.
3. O‘rta Osiyo allomalari, Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalarning geodeziya, astronomiya va boshqa fanlar to‘g‘risida yozgan asarlaridan geometriya bo‘limiga tegishli ma`lumotlarni tahlil qilish.
Jahonda ilm fan sohasidagi mashhur allomalarimizning matematika, astronomiya, geodeziya, minerologiya, ximiya, tibbiyot, falsafa, musiqa, tilshunoslik, dinshunoslik kabi fanlari sohasidagi tadqiqot ishlari X-XII asrlarga to‘g‘ri keladi va ularning natijalari to‘g‘risida ancha ma’lumotlar bor.
Mamlakatimizning mustaqillik davrida nashr etilgan ko‘pgina risolalarida va O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi tomlarida etarli ma’lumotlar berilgan va bundan keyin yana ilmiy izlanishlar olib boriladi. Ammo buyuk allomalarimizning har-birini geometriya yoki tasviriy geometriya sohasidagi ishlari bizning fikrimizcha etarli darajada aniq misollar yoki dalillar bilan olib borish va allomalarimizning geometriya sohasidagi ishlari to‘g‘risida alohida kitoblar yaratish zarur deb hisoblaymiz. Turli fanlarni rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan Markaziy Osiyoning jahonga mashhur qo‘yidagi olimlarning ijodi va faoliyatini keltiramiz. Abu Rayxon Beruniy kubning ichiga joylashtirilgan narsa yoki hayvonni olddan, ustdan, chapdan, o‘ngdan, orqasidan va tagidan ko‘rinishlari haqida fikr yuritgan. Uning narsa va hayvonlarni tasvirlashga shu usul bilan yondoshishi 1968 yilda ESKD (Konstruktorlik xujjatlarini yagona tizimi) tasdiqlagan buyumlar tasvirlarini hosil qilishdagi 6 ta asosiy ko‘rinishga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |