Pifagor Samosskiy (580-500 e.a.) Falesning shogirdi hisoblanadi. Pifagor geometriya fani bilan bog‘liq bo‘lgan birinchi tarixiy shaxslardan biri bo‘lgan grek olimidir.
Pifagor uzoq vaqt davomida Misrda tahlil olgan. Zardo‘shtlik diniga juda qiziqgan. U Misrda ilm sirlarini o‘rganish uchun hatto xatna qildirishga ham rozi bo‘lgan. Aks holda uni kitoblarga yaqinlashtirmasdi. U Misr va Hindiston safaridan so‘ng Italiyaga kelib o‘zining mashhur maktabiga asos soladi. Pifagor va uning o‘quvchilariga geometriya fanidagi ko‘pchilik kashfiyotlar tegishlidir.
Pifagorning quyidagi asarlari mavjud: «Tabiyot haqida», «Davlat haqida», «Tarbiya haqida», «Jon haqida», «Olam haqida», «Ilohiy kalom».
Pifagor Samosskiy Egey dengizi sohilidagi o‘zi tug‘ilgan Samos orolini hukmdori zulmiga norozilik alomati sifatida tark etadi va etuk 40 yoshlarida Italiya janubidagi Kroton shahriga borib qoladi.
Pifagor har narsani bilishga urinadigan fikrli olim va birinchi kashfiyotchilardan hisoblanadi.
Pifagor ta’limotiga SHarq falsafasi va dini katta ta’sir ko‘rsatadi. U SHarq mamlakatlari bo‘ylab ko‘p sayohatda bo‘ldi: Misr va Vavilonda bo‘ladi. U erda Pifagor SHarq matematikasi bilan tanishadi.
Pifagor yasashga doir masalalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan Pifagor va uning o‘quvchilari o‘sha zamonda intuitiv qoidalarni to‘plashga asoslangan geometrik ma’lumotlar o‘rniga aqlga to‘g‘ri keladigan isbotlar asosida mantiqan to‘g‘ri tuzilgan haqiqiy geometriyaga katta hissa qo‘shdilar. Pifagor nomi bilan to‘g‘ri burchakli uchburchakda uning gipotenuzasining kvadrati katetlar kvadratlarining yig‘indisiga tengligi isbotlangan. Pifagor va uning o‘quvchilari bu teoremani shakllarining o‘zaro tengligiga doir geometrik yasashlar asosida isbotlaganlar. Bundan tashqari Pifagor birqancha boshqa yangiliklar ham yaratgan ulardan quyidagilarni keltirish mumkin.
Platon (427-347 e.a.) Pifagorning shogirdi hisoblanadi. Platon o‘zidan oldingi ustozlari kabi Misr matematikasini o‘rganib so‘ngra Italiyaga Pifagorchilar maktabiga keladi. U Afinaga kelib yangi ilmiy maktabni boshqardi. Bu maktabda u geometriya faniga analitik usulni qo‘llaydi. Geometrik usullar bilan konus kesimlarini kiritadi. Platon shogirdlarining bu kashfiyotlari shu paytgacha ma’lum bo‘lgan elementar geometriya deb nomlanuvchi fan o‘rniga yangi geometriya fani paydo bo‘ldi.
Geometrik yasashlarga doir masalalarni hal qilishda Platonning xizmatlari katta u Afinadagi «Akademiya»ning asoschisi hisoblanib, bu akademiyada filosofiyadan 20 yildan ortiq dars bergan. Afina shaharining ko‘rkam bog‘laridan biriga joylashgan «Akademiya» binosining kirish qismiga Platon «Kim geometriyani bilmasa bu binoga kirishi mumkin emas» deb yozib qo‘ydirgan.
O‘sha davrning ko‘pgina matematik-tarixchilar Platonga geometr sifatida unga yuqori baho berilgan deb hisoblaydilar. Tarixchi olimlar Diogen va Laeruiy (III-IV e.a.) hamda Prokl (412-485 e.a.)lar Platonning geometriya sohasidagi ajoyib ishlari mavjudligini keltiradilar. Ular quyidagilardir: