Intronlar – bular DNKning ma’lum bir uchastkasida joylashgan, ekspressiyani buzadi, kodirlanmaydi. Bir genda bir qancha intronlar joylashadi. Masalan, tovuqning tuxum albumini genida 8 ta intron borligi aniqlangan. Ko‘p hollarda intronlarning soni ko‘p bo‘ladi. Masalan, kollagenning b2- zanjirida intronlar soni 50 tagacha boradi.Ekzonlar – bular DNKning ma’lum bir uchastkasida joylashgan kodirlanuvchi qism.Transkripsiya protsessida RNK-polimeraza gendagi yozilgan xamma ma’lumot ko‘chirib olinadi. Keyin mahsus splaysing – fermentlar yordamida olingan ma’lumot «montaj» (splaysing) qilinadi. Bunda genning kodirlanmaydigan intron qismlari qirqib tashlanib, kodirlanuvchi ekzon qismlar bir-biri bilan ulanadi. Intronlarning biologik funksiyasi hozirgacha ma’lum emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |